Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida



Download 28,21 Kb.
bet1/4
Sana23.03.2022
Hajmi28,21 Kb.
#506277
  1   2   3   4
Bog'liq
jismoniy madaniyat tushunchasi maqsadi


  1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.
  2. Jismoniy madaniyatning shakli va funksiyasiga xarakteristika.


  3. Jismoniy madaniyat fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.


  4. Jismoniy tarbiyaning maqsadi va vazifalari.


  5. Jismoniy mashqlar tavifi.






  1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan sifatida.


Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) fan sifatida
jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislami
tayyorlashda hamda maxsus bilim olishda asosiy fan hisoblanadi.
Pedagogika institut va Universitetlarida jismoniy tarbiya fakultetlarining
o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat
va sport haqida bilimlaming to‘la tizimida o‘tish kursini ta’minlaydi.
Uning mazmunini jismoniy madaniyat nazariyasining asoslari,
jismoniy tarbiya, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlarda, katta va
keksa yoshdagi kishilami jismoniy tarbiyasi hamda sport mashg^lotlari
tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taalluqlidir.
Bu hodisalarni tavsiflash uchun talablar: jismoniy tarbiyaning
kelib chiqish sabablari; uning jamiyat hayotida tutgan o‘mi; jismoniy
tarbiyaning tarixiyligi mavjud.
Prezidentimiz o‘zining f,0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda»
nomli kitobida; «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men, awalo,
insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki
olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli kuchni tasawur qilaman» degan.
Bu esa keng qamrovli, chuqur ilmiy gcoya yangicha fikr, ta’limtarbiyaning yangicha metodik asosini boshlab beruvchi yo‘nalishlardan
biridir. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mehnat faoliyatining
mazmuni va xarakteri, fan yutuqlari va boshqa omillaming ahamiyati
kabilami anglab olishlari shart. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, bu
omillar jismoniy tarbiyaga alohida-alohida emas, balki murakkab
bogMangan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning mohiyatini
tushunish uchun, eng awalo, uning maxsus mazmunini aniqlash lozim.
Jismoniy tarbiya har xil, ya’ni ijtimoiy va tabiiy fanlar tomonidan
o‘rganiladi: jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport
psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining
nazariyasi, uning metodikasi va h.k.
Jismoniy madaniyat nazariyasi - pedagogik fandir. U inson
barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek, bu
qonuniyatlar asosida 0 ‘zbekiston fuqarolarining jismoniy tarbiyasi
vazifalarini, metodlarini va ish maqsadlarini aniqlaydi; Jismoniy tarbiya nazariyasining mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan
mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘gcrisidagi bilimlami tashkil qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotidagi
hamma turlarni hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi.
Buni o‘rganish hamma sport-pedagogik mutaxassislariga umumnazariy
asos boMadi. Chunki tarbiyani, awalo, insonning o‘ziga qaratilganligi
Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqib amalga oshirilayotgan "0‘zbek
modelida" aniq ko‘rsatilgan - o‘zligini anglash birinchidan, uning ozod,
erkin, nodir, ulug4 siymoligini anglash va o‘zida unga amal qilish
sifatlarini shakllantirib borish bo‘lsa, ikkinchidan, uning o‘ziga xos
milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy - insoniy
asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining boMimlarida jismoniy
madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarligidagi va
kundalik turmushdagi xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, sport
jismoniy tarbiyaning asosiy unsurlaridan biri hamda sport faoliyatining
maxsus shakli sifatida tahlil qilinadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kursi
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda maxsus
kasb-hunar ta’limining ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan
bilimlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar
qiymati bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy
madaniyatning butun sohalarida kasbiy-faoliyat mazmunini toMiq
tushunishiga imkoniyat beradi, uning dunyoqarashini o‘zgartiradi,
jamiyat sohasidagi boshqa ishchilarning umumiy ishlari bilan bog‘laydi
va shu yangi tipdagi bilim, metodlami egallashni, zarur boMgan kasbga
nisbatan dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy
madaniyat nazariyasi va metodikasi - bu inson jismoniy kamolotini
boshqarishning umumiy qonuniyatlari haqidagi fandir. Bu fanni egallash
jismoniy tarbiyaning barcha bo‘g‘inlariga tegishli masalalami hal
qilishga to‘g‘ri yondashish imkonini beradi.



Download 28,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish