Olamga yaxshi ko‘z bilan nazar solish.
Izchil idrok etish.
|
1.O‘tib borayotgan vaqt.
2.Aniq fazo.
3.Obrazlarni aniq voqea-xodisalarni esda qoldirish.
4.Emotsional holatni idrok etish.
5.Olamni yomon kayfiyatda ko‘rish.
6.Yaxlit obrazli idrok etish.
|
Inson u yoki bu yangi sharoit bilan to’qnash kelar ekan, yangi vaziyatga moslashish va unumli faoliyatni ta’minlash psixikaning asosiy vazifalaridan biridir.
Psixologiya fanida bunday moslashish adaptatsiya deb atalib, bu ibora yangi sharoitga xos bo’lgan shartlarni inson tomonidan o’zlashtirilishini nazarda to’tadi. Fanda qabul qilingan adaptatsiya atamasidan foydalangan holda ushbu mavzuimizni bayon etamiz.
8.5-rasm. Xodimlar adaptatsiyasi muammosi.
Moslashuvning asosiy mohiyati insonning o’z atrofidagi shart-sharoit, ijtimoiy muhit talablarini qabul qilishi va o’zlashtirishida namoyon bo’ladi. Mazkur ta’rif tashkilot miqyosida tahlil etilganda xodimning o’zi bajarishi lozim bo’lgan faoliyat bilan tanishishi hamda yangi muhit talabiga mos ravishda o’z xulqini o’zgartirib borishini nazarda tutamiz. Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasi ishga yangi kelgan yoki o’zgargan mehnat sharoitlariga ko’nikishi lozim bo’lgan mutaxassisga tegishli deb qaraladi. Xususan, xodimning yangi mehnat jamoasiga qanchalik tez moslashishi uning samarali mehnat faoliyatini erta boshlab yuborishidagi asosiy omildir. Hozirga kelib tashkilot yangi xodimning moslashuvi uchun juda qat’iy shartlar qo’yyapti. Chunki ushbu sohadagi qiyinchilik quyidagi sabablar orqali belgilangan:
a)adaptatsiya davri ancha qisqa vaqtni talab etadi;
b)tashkilotga yangi texnologiyalarning joriy etilishi ularni o’zlashtirishda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi;
c)ustoz-shogird tizimining shakllanmaganligi;
d)hatto bir mehnat bo’limi, guruh ichidagi raqobatning mavjudligi.
Sanab o’tilgan va shu kabi muammolar adaptatsiya jarayoni o’tishidagi asosiy qiyinchilikdir. Bundan tashqari qator tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy omillar ham borki, ular yangi xodimning ishga moslashuvini qiyinlashtiradi va ular o’z mohiyatiga ko’ra ob’yektiv omillar toifasiga kiradi. Bular qatoriga noqulay ish sharoitini, mehnatning og’irligi, xodimlar o’rtasida majburiyat va huquqning noaniq taqsimlanganligi, xodim malakasining kasb talablariga mos kelmasligi, bajariladigan mehnatni ta’minlovchi resurslar yetishmasligi, rag’batlantirish va haq to’lash tizimidagi xatolar, adolat tamoyilining buzilishi va boshqa sabablar kiradi.
Tashkilotda xodimlar adaptatsiyasiga yetarli e’tibor bermaslik korxona uchun nafaqat tashkiliy qiyinchiliklar, balki moddiy zarar ham olib keladi. Aniqlanishicha, ish paytidagi baxtsiz hodisalar yangi kelgan ishchilarda tajribalilariga nisbatan ko’p sodir bo’ladi. Ishdan bo’shayotganlar orasida ishga joylashganiga olti oydan kam vaqt bo’lgan xodimlar ko’pchilikni tashkil qiladi.
Mehnat sotsiologiyasi va psixologiyasida mehnat adaptatsiyasining uchta o’zaro bog’liq tomoni farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |