Jismoniy madaniyat” kafedrasi samisi o‘quv uslubiy kengashida muhokama etilgan O‘uk raisi Mirzayev Q. J. Bayonnoma №1 avgust 2019 yil. «Boshqaruv psixologiyasi»


Tadqiqot ob’ektining taxminiy, sistemali tahlili



Download 8,05 Mb.
bet23/313
Sana28.02.2022
Hajmi8,05 Mb.
#473974
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   313
Bog'liq
Jismoniy madaniyat

Tadqiqot ob’ektining taxminiy, sistemali tahlili:

O‘rganilayotgan ob’ekt sistemali tahlil qilinadi. Bu ob’ektni, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy bog`liqlikda o‘rganishdir. Sistemali tahlil natijasida faqat ob’ektdagi mavjudlik mexanizimiga emas, balki institutsional, oilaviy-maishiy, shaxsiy tuzilmalar ham aniqlanadi. Ob’ektning sistemali tahlili asosida gipoteza shakllanadi.

    1. Tushunchalarni nazariy va empirik interpritatsiyasi:

Dasto‘rni tuzishdagi keyingi sadam, bu interpritatsiyadir. Intrepritatsiya - sharxlash, izohlash, tushuntirib berish, talqin qilish natijasida olingan tushunchalar elementidir.
Dasto‘rni tuzishda tushunchalar nazariy va empirik interpritatsiya talqinqilinadi:
a) nazariy interpritatsiya (izohlash) - bu tushunchalar mazmuni muammoning nazariy aspekti nuqtai-nazardan tushuntirishi («e’tiqod» va «qadriyat» tipi belgilanadi).
b) empirik (eksperiment) interpritatsiya tushunchalarni empirik faktlar bilan tatskoslash, o‘rganilayotgan soha bilan mosligini aniqlash, operatsional tushuncha to‘plash.
Kuzatish metodi. Umumiy psixologiyada bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o‘zini o‘zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o‘zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: kuzatishning maqsadi va vazifasini sat’iy belgilash; kuzatish ob’ektini tanlash, ya’ni kimni va nimani kuzatish; kuzatiluvchining yoshi va jinsini aniqlash; tadqiqot o‘tkazish va rejasini tuzish; kuzatish qancha muddat davom etishini sat’iylashtirish; kuzatishni shaxsni saysi faoliyatlarida (uyin, mehnat, utsish, sport) amalga oshirishini belgilash; kuzatish o‘tkazishning shaklini (yakka, guruhiy, jamoaviy) qayd etish; kuzatilganlarni qayd silib borish vositalarini tanlash, saralash (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varatsasi, video magnetofon, fotoapparat, video kamera va boshsalar).8
Suhbat uyushtirishdan avval tadqiqotchi beriladigan taxminiy savollarni tayyorlab quyadi. Bunda sinaluvchilarning yoshi, jinsi, qiziqish doirasi, imkoniyati hisobga olinadi, shuningdek, ularni toliqtirib qo’ymaslikning diqat markazda turishi ijobiy natijalar berishi mumkin.
Ushbu metodning qiymati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiriluvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning xolisligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog`liqdir.9
Eksperimental psixologiyavapraktikumning metod va metodologiya haqida ma’lumotlar ba’zasini yaratish.
Psixologiyada test metodi 1905 yildan boshlab franso‘z psixologlari Bine va Simon insonning akliy o’sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a so‘rganidan keyin qo‘llana boshlandi. Ko‘pchilik jahon psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildiradi. Biroq ular tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. AQSH,Lngiliya, Fransiya, Shvesariya testologlar tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida qatnashchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Lekin rus psixologlari K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha tamoyil asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkuri ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va bu borada muayyan yutuqlarga erishganlar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, inson qobiliyatining mohiyatini yoritib bo’lmaydi, degan qoidaga, an’anaga amal qilgan holda testlardan foydalanilmoqda.
Eksperiment metodi bu metodida turli yoshdagi inson, odamlar psixologiyaning nozik ichki bog’lanishlari, qonuniyatlari, xossalari, murakkab mexanizimlari: sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqining o’sishi, tafakko‘rining rivojlanishi, favqo‘lotdagi holatidan chiqish, muammoli vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o‘rganiladi.
Buning uchun eksperiment materialini sinchkovlik bilan tanlash, ob’ektiv tarzda har xil holat va vaziyatlar yaratish, sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xarakter xususiyati his-tuyg`usi, qiziqish va saviyasiga, turmush tajribasiga, ko‘nikma va malakalariga alohida e’tibor qaratish shart. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya metodlaridan iborat bo‘lib, psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda tabiiy ekspiriment metodi qo‘llaniladi.Rus psixologi L.F.Lazurskiy tomonidan 1910 yilda ilmiy asoslangan mazkur metod odamlarning psixologik o‘zgarishlari, o‘zaro munosabatlari, qobiliyatlari, is’tedodlari, diqqati, xotirasining mahsuldorligi, irodaviy sifatlari kabi muammolar hal qilinadi.
Tabiiy eksperiment sharoitida sinaluvchilar tekshirilayotganligidan bexabar bo‘lishlari, ta’lim-tarbiya jarayonida berilayotgan bilimlar, shakllantirilayotgan fazilatlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim.Odatda sinaluvchilar uchun qiyinlashtirilgan vaziyatlar, murakkabroq muammolarni qo‘yish orqali ularning ichki imkoniyatlari, tarbiyalanganlik darajalari oldinroq ruyobga chiqishini ta’minlash tadqiqotning asosiy vazifasidir.
Laboratoriya metodi yordamida shaxs diqqatining sifatlari, sezgisi, idroki, xotirasi va tafakko‘rining xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va akliy zurikish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Asboblarning ko‘rsatilishi bo‘yicha o‘zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va akliy tolikish, his-tuyg’u shijoati, asabiy zurikish, jiddiylik,tanglik qanday sodir bulayotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Eksperiment metodi aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat qismlarga bo’linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon va holat uyin, mehnat, o‘qish, sport kabi faoliyatlarda tadbiq qilinadi.Bunda tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ktiv, ya’ni o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Shu davrda sinalivchiga hatto yullovchi savollar bilan ham yordam bermaslik tajribaning bosh tamoyili hisoblanadi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi.Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to‘g‘risidagi ogzaki va yozma ma’lumotlar odamlarining tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari muhim ahamiyatiga ega.
Tarjimai hol metodi inson psixikasining suhbat va tajriba metodlari vositasida o‘rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi.
Mazkur metod orqali, masalan, ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: she’riyat, musiqa, nafosat, tasviriy san’at, texnik ijodiyotning nozik turlari va shaxsning ma’naviyat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, istedod, salohiyat kabi fazilatlari kuzatiladi.Inson ongining namoyon bo‘lishi rivojlanishi, o‘ziga xos individual va ijdtimoiy xususiyatlari atoqli shaxslar bildirilgan muloxazalarida asarlarida o‘z ifodasini topadi.Allomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta’rifu tavsiflari orqali avloddan- avlodga o’tadi. Xuddi shu ijtimoiy uzluksizlik natijasida ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasida vorislik hodisasi ijtimoiy psixologik voqeylik vujudga keladi vau ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotining uyg`unligini ta’minlaydi.
Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, o‘zining shaxsiy uslubini yaratishi, kamolat cho’qqisiga erishishi jarayoninida ibrat -namuna , aniq mezon harkatlantiruvchi to‘rt vazifasini o’taydi.
Xuddi shu boisdan mazkur ma’lumotlar insonning ichki reguliatsiyasi funksiyasini bajaradi ideal tanlash uchun imkon yaratadi, avval taqlid, so‘ng unga tenglashish uchun intilish (identifikatsiya) omilini barpo qilinadi.
Tadqiqot usullarini tavsiflash xulosalarida shuni ta’kidlash kerakki, ayrim usullarni boshqalariga qarama-qarshi qo‘yish yoki qaysilarinidir imkoniyatlarini absolyutlashtirib bo’lmaydi. U yoki bu usulni tanlash tadqiqot predmeti va vazifalari bilan belgilanadi. har qaysi psixologik tadqiqotlarda o‘zaro bir-birini tuldiruvchi va haqqoniy xulosalar chiqarish imkonini beruvchi usullar kompleksi qo‘llaniladi.


Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish