Jismoniy madaniyat darslari ularni tashkil etishning nazariy-amaliy asoslari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Download 60,85 Kb.
bet3/8
Sana14.04.2022
Hajmi60,85 Kb.
#550674
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Jismoniy madaniyat darslari ularni tashkil etishning nazariy-amaliy asoslari

Amaliy ahamiyati. Jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish
jarayonida o'quvchilarni sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llarining o'rni aniqlandi. Tadqiqot natijasida umumta'lim maktablari jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarni sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llariga oid ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan samarali foydalanish mumkin.
Kurs ishining metodologik asosi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Buyuk mutafakkirlarimiz, Sharq va G`arb mutaffakkirlarining ta'lim-tarbiya haqidagi fikrlari, mavzuga doir ilmiy- pedagogik, psixologik, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi sohasidagi ilg`or tajribalar, “Ta'lim to'g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning asosiy yo'nalishlari tashkil etildi.
Kurs ishining metodlari. Kuzatish, taqqoslash, o'lchash, testlash, pedagogik eksperiment, pedagogik tashxis, matematik statistika.
Kurs ishining hajmi.


II. Asosiy qism
2.1. Jismoniy madaniyat darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy asoslari
Mashg’ulot jarayonining tuzilishi
Sportning har bir turida o'ziga xos maxsus yuqori darajada rivojlangan sifat va mahoratni kamolotga etkazmoq aniq yo'naltirilgan pedagogik va biologik tarbiya vositasida bosqichmabosqich amalga oshadi. Bosqichlarni mensimaslik, yetarli malakalar yig`indisi hosil bo'lmay turib, yuqori bosqichga ko'tarilishga zo'r berish maqsadga erishish muddatini uzoqlashtiradi, tanani jarohatlantirishga olib keladi.
Dasturni qayta ishlab chiqishda ko'pchilik xatolarga yo'l qo'yilishi mumkin. Bu xatolar maktab jismoniy tarbiya mazmunini chuqur bilmaslikdan yuzaga keladi. Masalan, aksariyat o'qituvchilar kichik maktab yoshidagi o'quvchilar salomatligining zaiflashib borishidan xavotirlanib, jismoniy tarbiya maqsadi shu yoshdagi bolalar salomatligini saqlashdangina iborat deb hisoblaydilar.
Yana bir toifadagi o'qituvchilarimiz jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasi o'quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishdan iborat deb nazariy mashg`ulotni jismoniy mashqlarga aylantirib yuboradilar. Hatto shunday muallimlar borki, butun o'quv yili davomidagi darslarni alohida sport turiga bag`ishlashadi. O'z mutaxassisligi bo'yicha bokschi bo'lsa, maktabdagi bolalarning hammasi bokschi bo'lishini istab, darslarni shu tomonga yo'naltiradi.
Uchinchi yo'nalish tarafdorlari esa jismoniy tarbiya darslarini o'quvchilar uchun zarur bilim beradigan harakat ko'nikmalar va malakalarni shakllantiradigan qilib tashkil etishni kifoya deb tushunadilar.
Ilmiy tadqiqotlar va kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, agar jismoniy mashqlar sportning alohida turiga taalluqli bo'lsa va bu mashqlar ketma-ket takrorlanib turilsa, bu holat bolalarning bir tomonlama o'sishi, rivojlanishiga olib keladi. Masalan, muntazam tosh ko'tarish yoki shtanga bilan shug`ullanish bola gavdasi va bo'yini o'stirmay qo'yishi mumkin. Sport turlarining murakkab texnik bazasi mavjud bo'lganda ham, xususan, sport o'yinlari, gamnastika, yakka kurashlar- bular bola organizmiga, ularning garmonik o'sib ulg`ayishiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. Bola organizmi jismoniy mashqlarning bir necha turlar yoki majmua (turkum) mashqlar yordamidagina har tomonlama rivojlanishi mumkin.
Ayrim o'qituvchilar, uslubchilar chet davlatlarda jismoniy tarbiyaning umumiy dasturi barcha uchun majburiyat degan bahonani ro'kach qilib, sportning ayrim turlari bo'yicha mashg`ulot olib borishni afzal ko'rishadi. Aslida xorijiy davlatlarning jismoniy tarbiya bo'yicha har birining dasturida sportning barcha turlari bo'yicha mashg`ulotlarning o'tkazilishi majburiyligi aniq ko'rsatilgan.
-Sport tayyorgarligi tomonlarining nisbati (umumiy va mahsus
jismoniy, tehnik va psihologik h.k) bir biriga bog’liqligi bilan ;
-Mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlarining nisbati
(yuklamaning hajmi va shiddati h.k.) ;
-Mashg’ulot jarayonining har hil zvenolari o’rtasidagi ketma-ketlik va bog’liqlik (trenirovka mashg’uloti, mikro va mezotsikllar, davrlar, bosqichlar va h.k.);
-Mashq bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar jarayonida uch bosqichdagi tuzilish farqlanadi;
-Mikro tuzilish – ayrim mashg’ulotlarini tuzilishi va mikrotsikllar ;
-Mikro tuzilish o’rta sikllarni tuzilishi va mashg’ulotlarning bosqichlari;
-Mikro tuzilish – katta sikllarning tuzilishi.
Sport mashg’ulotlari hamma bo’laklarining mazmuni, vositalari, metodlari va boshqa tarkibiy qismi bir butun bo’lib bog’langandir.
Mashg’ulot mikrotsiklini tuzilishi. Shu bosqichdagi tayyorgarlik vazifalarini kompleks ravishda yechishni ta’minlaydigan, bir necha kunlar ichida o’tkaziladigan mashg’ulotlar seriyasidir, mikrotsikllarni davom etishi 3-4 kundan 10-14 kungacha.
Ko’pincha hayotda bir haftalik (7 kunlik) mikrotsikl haftalik kalendari bilan mos kelib shug’ullanuvchilarining umumiy rejimiga qo’shilib ketadi.
7 kun davom etadigan mikrotsikllarni ko’pincha haftalik sikl deyiladi.
Boshqacha ko’p yoki kam kun davom etadigan mikrotsikllarni har hil variantlarda, shu jumladan shahsiy musobaqa davrining alohida kerakli joylarida, o’tkaziladigan musobaqani davom etishiga qarab tuzilishi modellashtiriladi. Masalan: agar qilichbozlik va sport gimnastikasidan quyidagi shema bo’yicha musobaqa o’tkazilganda qilichbozlik 1- kun, shahsiy musobaqa 2-kun komandalar musobaqasi, 3- kun final.
Sport gimnastikasi 1 kun majburiy dastur.
kun erkin dastur.
kun ko’p kurash finali.
kun ko’p kurashning ayrim turlari finali.
Bu ko’rinishda esa mikrotsikl shu sxemani o’zgartirmasdan takrorlashi shart. Mikrotsikllar kamida ikki: kumilatsion (yig’uvchi), (u yoki bu darajadagi charchash bilan bog’liq) hamda qayta tiklovchi, mashg’ulotlar harakterida tuzilgan fazodan iborat bo’ladi. Mikrotsikllarning minimal davom etish vaqti 2 kun. Yuklama olish kuni va qayta tiklash kuni bo’ladi. Ko’pincha bu fazalar mikrotsikl ichida takrorlanib, har bir mikrotsikl qayta tiklash fazasi bilan tugallanadi. Қayta tiklash fazasi hamma vaqt ham mikrotsiklni tugallamasligi uning ichida qaytarilishi ham mumkin.
Mashg’ulotlar mazmuning ketma – ketligi esa tayyorgarlik davriga, vazifasiga va qanday mikrotsikl bo’lishiga bog’liq. Katta bo’lmagan shiddatda bajariladigan, katta hajmdagi ish tez-tez qayta tiklashni talab qilmaydi, balki yuqori shiddatda katta hajmli ish bajarish mashg’ulotga qayta tiklashni tez – tez kiritishni talab qiladi.
Mikrotsiklni tuzishda oldingi va keyingi mashg’ulotlarni qaysi
tomonga yo’naltirilganligi hisobga olinishi kerak
Mikrotsikl, tezkorlik va tezkorlik - kuchlilik sifatlarini optimal ish qobilyati oshgan kunlardagina qo’yib tuzishni prinsipial ravishda talab qiladi. Shuning uchun chidamlilikka quyidagidan katta talab, tezkorlikdan keyin qo’yiladi. Katta yuklamadan keyin, ko’pincha organizmni qayta tiklash uchun 24 soat vaqt talab qiladi. Aniqroq qilib aytganda, organizmda tezkorlik va chaqqonlik va tezkor kuchlilik sifatlarini tarbiyalash, hamda mashqlar tehnikasini takomillashtirgandan keyin o’rtacha 2-3 kundan keyin:
Aerob imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotdan keyin o’rtacha 5-7 kundan keyin tiklanadi. Masalan: tezkor kuchlilikni tarbiyalashga qaratilgan mashg’ulotni katta yuklamali mashg’ulotlar oldida o’tkazish shart.
Sport formasiga kirgan yuqori malakali sportchilarda 1-2 razryadli sportchilarga qaraganda 1,5 -2 marta tez tiklanishi mumkin. Individual qobilyatiga qarab tezkor-kuchlilik mashqlaridan keyin 24-72 soatda, chidamlilikdan keyin 48-120 soatda tiklanadi. Shuning uchun shahsiy musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklama shunday taqsimlanishi kerakki musobaqa ish faoliyatini yuqori fazasiga to’g’ri kelsin. Bu esa optimal yuklama orqali 2-3 kun oldin hosil qilinadi. Mikrotsikllar tuzilishini aniqlovchi shart va sharoitlarga quyidagilar kiradi.
Sportchilar hayotidagi umumiy rejim (o’qish va mehnat qilish faoliyati) va unga bog’liq bo’lgan ishchanlik dinamikasi.
Mikrotsikldagi yuklamani umumiy kattaligi mashg’ulotlar soni va mazmuni. Bu omillarni ta’sir ko’rsatishi sport mutahassisligi hamda tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Masalan : mashg’ulotlarning mazmuni, ularning mikrotsikldagi soni, yuklamaning hajmi, har bir sport turidan yengil atletikachilarda, gimnastlarda, suzuvchilarda, kurashchilarda, bokschilar va h.kada har hil bo’ladi. Bundan tashqari boshlovchi sportchilar va yuqori razryadli sportchilar mashg’uloti jarayonida ham shunday farqni ko’rish mumkin.
Mashg’ulot yuklamasi va bioritmik faktorlarga nisbatan javob berish reaksiyasining individual hususiyatlari. Shug’ullanuvchilar organizmi bir hil hajm va shiddatdagi yuklamaga bir hil javob beradi. Bu esa ularning organizmini bir hil hususiyatlariga bog’liq.
Shunga nisbatan, mashg’ulot yuklamasiga ham har hil sportchini organizmi individual moslashish (adaptatsiya) beradi. N.S.Kucherev va boshqalarni ko’rsatishiga qaraganda mikrotsikl fazalarini haftalik bioritmik fazalari bilan kelishtirish maqsadga muvofiqdir.
Mikrotsikllar yuklamasining tuzilishi, siklning ichida o’zgarishi mumkin, % yuklama hajmi siklning yuqori ahamiyatiga qarab chang’ida balandlikdan sarovchilarning musobaqa davridagi mikrotsikldagi yuklamaning dinamikasi.
Mikrotsikllarning tuzilishi, mashg’ulot davrlari va bosqichlarini tuzilishiga qarab, uni qaysi (joyiga qo’yish rejalashtiriladi) jarayoniga bog’liq. O’zini shakli va mazmuniga qarab tayyorgarlik davrining umumtayyorgarlik bosqichidagi mikrotsikl hech qachon shahsiy musobaqa davridagi mikrotsiklga o’hshamaydi. Hamma davrlar uchun ishlatiladigan universal mikrotsikl ham bo’lishi mumkin emas. Mashqlar kompleksining asosiy va qo’shimcha mashg’ulotlarining tartibini almashtirish, yuklama va dam oligni o’zgartirish bilan murabbiy mashg’ulot jarayonining o’sib borishini va sportchi organizmining yuqori natija ko’rsatishi uchun tayyorlab boradi. Mikrotsikllarning turlari va ularning alohida hususiyatlari. Sport mashg’ulot jarayonida quyidagi mikrotsikl turi aniqlanadi;
tortuvchi
zarbdor
yaqinlashtiruvchi
musobaqa
qayta tiklovchi
a) tortuvchi mikrotsikllar: katta bo’lmagan hajmdagi yuklamalardan tuzilib, sportchi organizmini shiddatli mashg’ulotlarga kiritilishiga qaratiladi. Bular fundamental davrni 1- (umumtayyorgarlik) bosqichida ishlatiladi.
b)zarbali mikrotsikllar : katta hajmdagi yuklamani shiddatli bajarishga qaratiladi. Bularning asosiy vazifasi sportchilarning organizmi moslashish jarayonini asosiy tehnik va taktik, jismoniy ahloqiy irodaviy mahsus psihologik va integral vazifalarni yechishda yordamlashishdan iboratdir. Bularni asosiy o’rni fundamental davrni 2- mahsus tayyorgarlik bosqichi va shahsiy musobaqa davrlarida ishlatiladi.
v)yaqinlashtiruvchi (modelli) mikrotsikllar – asosiy vazifasi musobaqaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Bularni ichki qismida kelguvchi musobaqalarni rejimi takrorlanadi. Murabbiy asosan sportchini mehnat rejimiga, uning organizmini tiklanishiga, dam olishiga asosiy diqqatini jalb qilib charchatmasdan musobaqaga olib chiqishi zarur.
g) qayta tiklovchi mikrotsikllar – bular bilan ko’pincha zarbali mikrotsikllar seriyasi tugallanadi. Shuningdek shiddatli musobaqa faoliyatidan keyin ham (rejalashtiriladi) rivojlantiriladi.
d) musobaqa mikrotsikllari- musobaqada qatnashish. Bu yoki u sport turining dasturiga binoan tuziladi. Mashg’ulot mikrotsikllarini tuzish uchun quyidagilarni bilish shart.
sportchini rhorganizmiga, har hil hajmdagiva yo’nilishdagi yuklama qanday ta’sir ko’rsatishini;
yuklamalardan keyin organizmni qayta tiklanish dinamikasi va davom etish vaqtini.
katta jismoniy yuklamadan keyin qayta tiklanish jarayonni tezlashtirish maqsadida va o’rta darajadagi yuklamalarni ishlatish imkoniyati.
Mikrotsikllarni yuklama va dam olishni almashtirish organizmni quyidagi 3 hil tipdagi reaksiyaga olib kelishi mumkin.
mashq bilan chiniqqanlikni maksimal rivojlanishiga,
mashg’ulotnini ham samaradorligiga yoki uni butunligcha yo’qligiga.
v) sportchini holdan toyishi yoki madori qurishiga.
Birinchi tipidagi reaksiya – mikrotsiklda katta va anchagina yuklamali, optimal mashg’ulot soni kiritib ular o’zaro ratsional holda hamda kichik yuklamali mashg’ulotlar bilan almashtirilgan taqdirda organizmni reaksiya orqali javob berishga olib keladi.
Ikkinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar soni va ularning yuklamasi mashq bilan chiniqqanlik darajasiga kam ta’sir ko’rsatsa, uchinchi tipdagi reaksiya – mikrotsiklga kiritilgan mashg’ulotlar ratsional almashtirilmagan taqdirda organizmni tez reaksiya berishiga olib keladi.

Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni


Pedagogik jarayonni individuallashtirishning ikki sohasi mavjud: birinchidan tarbiyaning har bir talabaga yetib borishi zarur, ikkinchidan o'rgatish va tarbiyalash jarayonida har bir talabaning individual xususiyatlarini hamda uni hayotdagi shartsharoitlarini bilgan holda individual yondoshish zarurligini talab qiladi. Individual yondoshish kerakli vaqtda shaxsiy yondoshishni ham o'z ichiga oladi.Bunda o'quvchilarning shaxsidagi sportga dinamik kommunikativ bilish va psixofiziologik xusisiyatlari tushuniladi.
Dinamik xususiyatlar ish faoliyatiga nisbatan qo`zg`atuvchi funktsiyasini bajaradi, uning ichida yo'naltirilgan ijodiy yo'nalish beradigan shaxs faoliyati yotadi. Bularga ehtiyoj, sabab, xohish, qiziqish, maqsad, moyillik, o'zini shu ishga boshlashga kirisha olish, orzu-ishonish, dunyoqarashi, temperamenti kiradi.
Jismoniy tarbiyada o'quv materialini individual sur'atda o'zlashtirish dasturi va algoritmik shakldagi ko'rsatmalar uslubiyatlarini o'rgatishda foydalanganda har bir talaba o'quv materialini o'zi mustqil ravishda bajarib, keyingi topshiriqqa o'tishi mumkin. Yuklamalarni nazorat qilishni tashkil etish uchun M.A.Godik ishlariga tayanish mumkin. Ular asosan uslubiy jihatdan yordam beradi. U trenirovka vositalarini quyidagicha tasniflashni taklif etadi. 1) ixtisoslashganligi, u berilgan trenirovka vositasining musobaqa mashqi bilan o'xshashlik darajasini tavsiyalaydi. 2) yo'nalish, ya'ni trenirovka mashqlarining u yoki bu harakat sifatiga bo'lgan ta'siri. 3) koordinatsion murakkabligi- bu tavsif trenirovka samarasi o'lchamlariga ta'sir ko'rsatadi. 4) o'lchami, ya'ni bu tavsif mashqning sportchi organizmiga ta'siri darajasini aniqlab beradi.
Kundalik nazorat davomida ixtisoslashganligi yo'nalishi va koordinatsion murakkabligi turlicha bo'lgan yuklamalar tarkibi hamda mazmuni o'lchami bo'yicha nazorat qilinadi, kundalik nazoart doirasida, yuklamalarni nazorat qilishi bilan bir qatorda, kurashchilar tayyorgarligining alohida tomonlari, ya'ni texnik, taktik, tezkor kuch funktsional hamda ruhiy tayyorgarlik dinamikasi baholanadi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarning ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’zining faoliyatini rejalashtirishga mas’uliyat bilan yondashadigan pedagoglar hammasidan ko’ra yuqori natijalarga erishadilar. Rejalar o’zoqni ko’zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo’yilgan vazifalarni hal qilishda eng samarali vosita va yo’llarini nazarda tutadi.
Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini mensimaslik, samarali ish manbaiga yo’zaki yondashish hollari ham uchrab turadi.
Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi yoki o’quv dasturini o’ylamasdan to’g’ridan to’g’ri ko’chirish, qayta yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko’rinishlari mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir.
Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to’g’ri xulosalar chiqarib bilishni o’z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil qilish o’qituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, o’quv materiallarining optimal porsiyalarini va pedagogik faoliyat sur’atlarini kursatib beradi.
Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni tizimini shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni to’zish demakdir
Rejalashtirish jarayonini o’qituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini tashkil kiluvchi, qator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni hal qilishga prinsipal yondashishda ishning asosiy yunalishlari g’oyalari paydo bo’lishidan boshlanadi. Bunday dastlabki g’oya, odatda, talabalik davrida boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy uslubiyotini o’rganishda, pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilar ishini ko’zatishda, talaba o’zlashtirayotgan bilim va malakalarini o’zining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi o’quv yilida bo’ladigan ishlar g’oyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshka pedagoglarning faoliyatini ko’zatish, mustakil bilim orttirish jarayonida oladigan ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat hamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar o’qituvchilari tajribasidan ham foydalanish kerak.
Keyin g’oya anik ish sharoitlari, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma’lum o’zgartishlar kirtilishi tabiiy. Faqat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning asosida o’quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik tayyorgarliklari xolati darajasi loyihalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o’quv dasturida nazarda tutilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish, jismoniy mashqlarni o’rganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo’yicha bir qator anik vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning anik vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin.
Quyilgan vazifalarni hal qilish uchun o’qituvchi o’quvchilarga pedagogik ta’sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish sharoitlarini o’z ichiga oladi. Bu operatsiya, xuddi oldingidek, o’quvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil qilishga halakit beruvchi yo’z berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish lozim.
Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat o’tkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida olingan natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha operatsiyalarning tug’ri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo’ladi. Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy farq qilsa, demak rejalashtirish texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta zvenodan qidirish kerak bo’ladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki olinmaganligini tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir tizimi taftish qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa pedagogik vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular natijalarning bajarilmasligiga sabab bo’lganligiga o’qituvchi qat’iy ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi. Odatda o’qituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan ko’zga tashlanib turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta’sir kursatadi. Shuning uchun yosh o’qituvchilar o’zining barcha faoliyatini doimiy tahlil qilishlari. O’zlari uchun talabchan ko’zli bo’lishlari kerak. Bu kelajakda muvaffaqqiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga olish natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, o’quv choragi, o’quv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.
Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar
O’qituvchi muayyan rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda va to’zishda qator talablarga rioya qilishi zarur.
Rejalar umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti, jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi va
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining me’yoriy hujjatlari va qarorlariga mos bo’lishi kerak. Ular jismoniy tarbiya bo’yicha davlat o’quv dasturi asosida ishlab chikiladi va to’ziladi. Barcha rejalar O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning umumiy maksadlariga buysindirilishi va O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining uslubiy tavsiyalariga mos bo’lishi lozim.
Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy prinsiplariga amal qilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik prinsiplarini hal qilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga har tomonlama ta’sir kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan vositalarga e’tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim.
Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi muhim talab xisoblanadi. Ma’lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, o’quv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi kerak. Shunday qilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular ma’lum bir tizimga birlashtiriladi.
Rejalashtirish amalga oshiriladigan bo’lishi kerak. Bu talabni bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya o’qituvchisi bulmaganida hamda jismoniy tarbiya bo’yicha moddiy-texnik ta’minot darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda o’qituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda bajarib bo’ladigan materialni rejalashtirishi lozim.
Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Ko’p sonli mashklardan maksimal pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak.
Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni bo’zmaslik va kuchli ta’sir kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak.
Rejalashtirishning ko’rgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni tadbik qilish usuli bilan hal qilinadi.
Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, o’qituvchi zarur ma’lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim. Bu ma’lumotlar o’quv materiallarini utish tartibini, vositalar va ish shakllarini aniklab beradi:
1.Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturini batafsil o’rganib chiqish. Bu esa o’qituvchiga sinfdan-sinfga o’tishda o’quv dasturining izchilligini aniqlashga yordam beradi.
2.Shug’ullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarliklarini o’rganib chikish. Bu ma’lumotlarni o’zidan oldin o’qituvchi to’zgan xujjatlarini, yoki o’zining yozuvlarini hamda tibbiy kurik natijalarini o’rganish yuli bilan olish mumkin. O’quvchilar bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni o’tkazish ham boy material beradi.
3.Maktabning jismoniy tarbiya bo’yicha moddiy bazasining holati va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini aniklash lozim.
4.Maktab direksiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishib chiqish.
5.Viloyat va tuman ob-havo sharoitini o’rganish. Ko’pincha ular xududlarda jiddiy fark kiladi.
6.Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi bilan tanishib chikish. Bu ma’lumot o’qituvchiga dastur bulimlarini utish tartibini aniklash uchun juda muxim.
7.Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash maksadida o’qituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va sport an’analarini urganadi va shu bilan o’quv-tarbiyaviy jarayonining samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi.
Jismoniy tarbiya darslari ishlarini rejalashtirish.Barcha rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari va shaxsan jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan davlat xujjatlari asosida ishlab chikilgan hujjatlar.
Rejalashtirishning davlat hujjatlari. Bu guruhlarga quyidagilar kiradi:
umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti (UO’ТJТDТS);
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya bo’yicha tayanch o’quv rejasi;
v) jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi;
g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.
Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti (UO’ТJТDS) ta’lim jarayenining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni, o’quvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada hamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy hamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va mexanizmlarni belgilab beradi.
UO’ТJТDТS umumiy o’rta ta’limda ta’lim jarayonining tashkil etilishi va mazmunini, ta’lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy ta’lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlarni (o’quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish uchun asos sanaladi.
UO’ТJТDТS qaysi idoraga bo’ysinishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy o’rta ta’limning barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining tayanch o’quv rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy tarbiya bo’yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o’quv dasturining asosi hisoblanadi.
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O’zbekiston Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o’qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo’lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Тestlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi “Jismoniy tarbiya” predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur nazariy ma’lumotlar o’rganilishi lozim bo’lgan jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun materiallar ro’yxati beriladi hamda predmetlararo aloqalar bo’yicha talablar ifodalanadi.
Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo’lgan talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarida o’z aksini topgan.
Dastur bo’limlarining barchasi to’laqonli bajarilishi majburiyligi shu bilan ta’kidlanadiki, o’quv materiallarining hammasi birgalikda o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga ko’maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o’tishda dasturning barcha bo’limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor.
O’qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari
O’qituvchilarning ko’p yillik ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo’yilgan vazifalarni samarali hal yetish uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim jismoniy jarayonini maqsadga muvofik to’zish uchun imkon yaratib beruvchi qator rejalarning o’zaro mantiqiy bog’laganligini va tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o’quv tarbiyaviy ishlarning bir yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni o’z ichiga oladi.
O’quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali
Bu xujjat har bir parallel sinflar uchun bir yilga to’ziladi.Uning asosiy funksiyasi – o’quv yilidagi o’quv materialini bir maromda, maqsadga muvofik taqsimlash va tartibga solishdir.
Yillik reja jadvalni to’zish, o’quvchilar o’zlashtirishlari zarur bo’lgan tayanch mashqlarni va ularni o’zlashtirishda sarflanadigan vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni ko’rsatadiki bunday mashqlar har bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni xisoblashda mashqlarning murakabligini o’quvchilarning bu mashqlarni o’zlashtirishlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday o’rganiladigan harakatlarni nazarda tutish kerak
Har bir mashq uchun o’qitish dasturi to’ziladi Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari va vositalari; bir yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan darslar soni; har bir darsning ta’lim, tarbiya va sog’lomlashtiruvchi muayan vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta’limning optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg’ulotlarning vazifalari vositalarini ko’rsatish xisobidan kengayadi.
Dastur, o’quv materalini o’zlashtirish jarayenida o’quvchining faolligini va mustakilligini oshirishga, o’quv faoliyatini samarali boshqarishga, o’quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta’limni jamoat ishi bilan qo’shilgan xolda diffensiallashga, trenajerlardan foydalanishga imkon beradi.
O’qitish dasturini to’zish bosqichlarini ko’rib chiqamiz.
Birinchi bosqich o’z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlashni oladi. O’qituvchi, har bir mashqni bajarish uchun muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun ularni oldindan o’rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim
Ikkinchi bosqich ta’limning ko’p yillik vazifalarini aniqlashni o’z ichiga oladi. Ko’p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi o’quv materialning o’zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi zarur. Тrenirovka va ta’lim jarayenini spiral shaklida to’zish kerak chunki kelgusi o’quv yilida o’quv materialini o’zlashtirish harakat tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda muxim ahamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o’zlashtirishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Uchinchi bosqichda o’qituvchi sinf uchun mo’ljallangan bir yillik ta’limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir necha sinflarda o’zlashtirilishi ko’rsatilgan bo’lsa, shu sinf o’quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma’lumotlar, predmetlararo aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi.
Тo’rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar soni hisoblanadi
Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo’lib, shuningdek, to’liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi.
Oltinchi bosqich dastur bo’yicha o’qitishda yil davomida darslarda va mustaqil ishlar jarayonida o’rganiladigan materiallarni takrorlashning optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat o’tkazish muddatini va o’zlashtirish natijalari yakunlarini o’z ichiga oladi.
Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o’qituvchi o’quv materialini o’tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir necha o’qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o’quv materialini bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi ( xususan musobaqalarni). Dastur materialini o’tishni aniqlagandan keyin o’qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi.
Maktab o’quv dasturi bo’limlarini o’tishni rejalashtirishning uchta usuli ma’lum: parallel, ketma-ket, aralash.
Dastur bo’limi materiallarini parallel o’tishda darslarga bir vaqtning o’zida har xil bo’limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks darslar). Bo’lim materiallarini ketma-ket o’tish amalda katta sinflarda qo’llaniladi va yengil atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni navbatma – navbat o’zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar).
O’quv materialini o’tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya’ni ba’zi bo’limlar parallel o’rganiladi, boshqalari – aolohida.
O’quv- tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga taalluqlidir. U o’qituvchiga bir vaqtning o’zida yil davomidagi o’quv jarayonini butunligicha ko’rishga va uslubiy prinsiplarni aniq qo’llashga imkon yaratadi. “O’quv materialining mazmuni” ustunida o’qituvchi jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo’yicha dastur mashqlarini o’yinlar va nazorat sinovlvrini ko’rstadi. Bu ustunda yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig’ishi lozim.
“Nazariy ma’lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni ko’rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar, gigiyenik talablar, mukstaqil mashg’ulotlarning uslubiyoti haqida axborot.
Тarbiyaviy vazifalar mashqlar guruhiga yoki alohida har biriga rejalashtirilishi mumkin. Masalan, yengil atletika bo’limidagi mashqlar mashg’ulotlarga ijobiy yondashishni tarbiyalashga ko’maklashadi, sport o’yinlari bo’limidagi mashqlarni o’rganishda jamoatchilik fazilatlarini tarbiyalashga qulay sharoit yaratiladi.
Keyingi ustunlar darslar nomerini ko’rsatadi. Тayanch o’quv rejasiga asosan har bir sinfda 68 ta dars o’tiladi. Biroq, bayram kunlari va boshqa nazarda tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda 65 tadan ziyod bo’lmagan darslarni rejalashtirish tavsiya qilinadi. Rejalashtirish asosida darslar seriyasi yotadi, shuning uchun ular choraklar doirasida bo’lsa maqsadga muvofiq bo’lar edi deb o’ylaymiz.
Bu ishlar bajarilgandan keyin o’quv materialini darslar bo’yicha bevosita joylashtirish boshlanadi. Bu esa muayyan mashq yoki darsga mos ravishda kataklarga shartli belgilarni qo’yish bilan erishiladi.
O’rgatish bosqichlariga rioya qilgan holda quyidagi belgilardan foydalanish mumkin: yeng muhim mashqlarni o’rganishga tayyorlanish va bevosita o’rganish (O’); dastlab o’rganish (Do’); chuqur o’rganish (Cho’); mustahkamlash (M); takomillashtirish (Т); nazorat (N); uyga vazifa (Uv).
Agar material darsda asosiy hisoblansa bosh harf, yordamchi bo’lsa kichik harf qo’yiladi. Shunday qilib, yillik reja jadvalning mohiyati va asosiy talablarini ifodalashda, bizlar faqat uning shaklini misol keltirdik. Materiallarni darslar bo’icha taqsimlash – bu o’qituvchining alohida ahamiyatli individual ishi.
Ish jarayonining keyingi yillarida o’qituvchi rejaga o’zgartirishlar kiritadi, uni takomillashtiradi, real sharoitlarga moslashtiradi.



Download 60,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish