1. Tashkiliy qism
2. Ish haqida tushuncha berish
3. Ishning borishi:
1-tajriba. Gorizontal stol ustida juda oz ishqalanish bilan harakatlanadigan m massali aravacha olaylik. Aravachaga D dinamometr mahkamlangan bo'lib, dinamometrning ikkinchi uchiga G g'altakdan otkazilgan ipr.ing bir uchi bogiangan. Ipning g altakdan oshib tushgan ikkinchi uchiga esa pallacha osilgan. Aravachaga ta'sir etayotgan Fkuchni dinamometrning ko'rsatishlariga qarab aniqlash mumkin . Aravachani s masofadan qo'yib yuborsak, u tezlanish bilan harakat qiladi. Aravachaning s yo'lni bosib o'tishiga ketgan / vaqtni sekundomer yordamida o'lchaymiz.
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda a tezlanish bilan harakatlanayotgan jismning t vaqt davomida bosib o'tgan yo'li qanday ifodalanadi?
1. Pallachaga shunday yuk qo'yaylikki, aravachani ushlab turilganda dinamometrning ko'rsatishi, masalan, Fx = 0,1 N bo'lsin. Aravachani s = 1 m masofadan qo'yib yuborsak, u bu yo'lni = 4,5 s da bosib o'tgan bo'lsin. Bu holda aravachaning olgan tezlanishi: ax=2 s/t{2= 2 - 1 m/4,52 s2 = 0,1 m/s2ga teng.
Aravachaning olgan tezlanishi unga ta'sir qilayotgan kuchga to'g'ri proporsional va aravachaning
massasiga teskari proporsional bo'ladi.
Pallachadagi yukning massasini oshirish bilan aravachaga ta'sir etayotgan kuchni F2 = 0,2 N qilib olaylik. Bu holda 5 = 1 m yo'lni aravacha U = 3 s da bosib o'tganligini aniqlash mumkin. Bunda aravachaning olgan tezlanishi: a2 = 2 s/t22 =2-1 m/32 s2 = = 0,2 m/s2 ga teng.
Kuch F~y = 0,3 N ga teng qilib olinganda, 5 = 1 m yo'lni aravacha = 2,5 s da bosib o'tadi. Uning olgan tezlanishi: ay = 2 s/ty2= 2 • 1 m/2.52 s2 = 0,3 m/s2 ga teng.
Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaga ta'sir etayotgan Fkuch qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi ham shuncha marta ortadi.
1-xulosa:
O'zgarmas massali jismning tezlanishi ta'sir qiluvchi kuchga to'g'ri proporsional, ya'ni:
a~ F.
2-tajriba. Bu tajribada aravachaga ta'sir etuvchi kuchni o'zgarmas (Fx = 0,1 N) qoldirib, aravachaning massasini o'zgartirib boraylik.
Aravachaning massasini shaynli tarozida tortib o'lchab olamiz. Masalan, uning massasi /«, = 1 kg bo'lsin. Bu holda aravacha j=lm yo'lni 1-tajribadagidek = 4,5 s da bosib o'tadi. Aravachaning tezlanishi <7, = 0,1 m/s2 ga tengligini hisoblab topish mumkin.
Aravachaning ustiga xuddi shunday aravachani to'nkarib qo'yaylik. Bu bilan aravachaning massasi m2 — 2 kg bo'ladi. Aravacha s = 1 m yo'lni t2 = 6,5 s da bosib o'tadi. Tezlanish: a2 — 2 s/t22= 2 ■ 1 m/6,52 s2 ~ 0,05 m/s2 ga teng bo'ladi.
3. Aravachaning ustiga xuddi shunday ikkita aravachani qo'yib, uning massasini m} = 3 kg ga yetkazamiz. Bu holda aravacha 5 = 1 m yo'lni t} = 7,8 s da bosib o'tadi. Tezlanish = 2 s/r31 = 2 • lm/7,82 s2 = 0,033 m/s2 ga teng bo'ladi.
Tajriba natijalaridan ko'rinadiki. aravachaning massasi m qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi ham shuncha marta kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |