Kremniydan tayyorlangan quyosh elementining umumiy ko`rinishi
Quyosh elementida pastki metal kontakti va turli o`tkazuvchanlikka ega bo`lgan ikkita kremniy qatlamdan iborat. Yuqori qatlamda metal kontaktlar panjarasi va aks etuvchi yaltirashga qarshi qoplama mavjud. Bu qoplama quyosh elementini ko`k rangda bo`lishini ta`minlaydi.
Quyosh elementining turlari
Quyosh elementining turlari hozirgi kunda juda ko`payib ketgan. Eng ko`p tarqalganlari kremniy asosida yaratilgan elementlar ekanligini yuqorida aytib o`tdik. Kremniy asosida yaratilgan elementlarning eng mashxurlari: monokristalli, polikristalli va amorfli.
Monokristal, polikristal va amorf quyosh elementlari
Ushbu shakllar bir-biridan farqi Kristal panjarada kremniy atomlarining qanday joylashganligidadir. Quyosh elementlarini yorug`lik nurini qayta ishlashdagi foydali ish koeffisenti(FIK) har xil. Monokristalli va polikristalli elementlarning foydali ish koeffisenti bir-biridan uncha farq qilmaydi. Amorf quyosh elementi foydali ish koeffisenti yuqoridagi elementlardan kamroq.
Quyosh elementlarining o`lchamlari va elektr parametrlari
So`nggi yillarda quyosh elementlari uchun yangi turdagi materiallar ishlab chiqildi. Masalan: mis-indiyum-diselenide va CdTe (kadmiy tellur) yupqa-qatlamli quyosh elementlari. Ushbu quyosh elementlari tijorat maqsadida ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishi hisobiga so`nggi o`n yil ichida yupqa qatlamli elementlarning samaradorligi qariyb ikki barobar o`sdi.
Jahonning eng kuchli labaratoriyalarida ilngan quyosh elementlarining eng yuqori FIK lari grafigi
Eng yangi texnologiyalar gibrid metodlardan foydalanilmoqda. Bunday gibrid elementlardan foydalanish quyosh energiyasi samaradorligini oshirmoqda. Quyida so`nggi o`n yillikdagi quyosh elementlarining samaradorligi o`zgarishining grafigi keltirilgan. 4-rasm Ko`rib turganimizdek, laboratoriyalarning natijalari allaqachon 45 foizga yaqinlashgan. Albatta, ommaviy tijorat maqsadlarida foydalanishdan oldin, bunday texnologiyalar tezlik bilan rivojlanmaydi, ammo quyosh batareyalari ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo`yicha ishlar butun dunyoda doimiy ravishda olib borilmoqda. Ko`rib turganimizdek, maksimal rentabellik juda o`tkazuvchan elementlarda va konsentrlangan yoritishda olinadi.
Biz bilamizki, quyosh elementlari yorug`lik bo`lsa elektr energiya ishlab chiqaradi. Quyosh elementining ko`p yoki oz elektr energiya ishlab chiqarish quyosh radiatsiyasiga bog`liq. Quyosh elementlari yoki modullari asosan nominal quvvatiga qarab baholanadi. Nominal quvvat fotoelektrik modulning optimal sharoitda qancha elektr toki ishlab chiqarishining o`lchov birligi hisoblanadi.
Quyosh elementlari va panellarining nominal quvvatini aniqlash yoki solishtirish uchun standart sinov shartlari mavjud. Bular quyidagilar:
Quyosh radiatsiyasi 1000 Vt/m2
Quyosh spektri AM 1.5 (u yorug`lik turi va rangini aniqlaydi)