Jins hosil qiluvchi minerallar


Minerallarning qattiqligi –



Download 0,86 Mb.
bet2/5
Sana01.07.2022
Hajmi0,86 Mb.
#725717
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jins hosil qiluvchi minerallar va ularning xususiyatlari

Minerallarning qattiqligi – deb, shu mineralning biron tashqi mexanik ta’sirga, jumladan tirnalishga qarshilik ko’rsatish qobilyati darajasiga aytiladi.Minerallarni aniqlashda oson usullardan biri bo`lib, muhim diagnostik belgi. Qattiqlikni aniqlashda nemis olimi F. Moosning nisbiy qattiqlik shkalasidan (1811 yilda yaratilgan) foydalaniladi.(1.1-jadval). Bu shkala 10 ta mineraldan iborat bo`lib, ularning qattiqligi biridan ikkinchisiga tomon ortib boradi. Shunga ko`ra, har bir oldingi mineralni keyingi mineral chiza oladi (iz qoldiradi). Ayrim hollarda asboblar bo`lmaganida, minerallarning qattiqligini qo`l ostidagi mavjud narsalar yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiki 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig`iniki 5-6, po`lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya.
Hozirgi vaqtda 5000 dona mineralning nomi ma’lum. Ulardan taxminan 2500 tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa ularning boshqa ko‘rinishlariga yoki sun'iy usul bilan olingan kimyoviy birikmalarga kiradi. Bu minerallarning ko‘pgina qismi yer po‘stida kamdan-kam uchraydi va faqat 50ga yaqini keng tarqalgan va tog‘ jinslarini hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi. Tabiatdagi minerallar, asosan qattiq holatda uchraydi, lekin simob, suv va neft kabi suyuq minerallar ham bor. Gazsimon minerallardan esa karbonat angidridi, vodorod sulfidi, sulfid angidrid gazi va boshqalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Qattiq minerallarning aksariyat ko‘pchiligi kristall holatida, ozgina qismi esa amorf holatda uchraydi. Kristall va amorf holatlarining farqi shundan iboratki, kristallik minerallardagi ionlar shu jism uchun ma'lum aniq bir tartibda joylashadi va struktura panjarasini hosil qiladi. Amorf minerallarda esa ionlarning joylashishida qonuniy tartib bo‘lmaydi. Kristallik va amorf jismlarning ichki tuzilishidagi bunday farq ularning fizik xossalariga (issiqlik o‘tkazuvchanligi, ulanishi, qattiqligi va boshqalarga) ta'sir o‘tkazadi. Shuning uchun ularni anizotrop minerallar deyiladi. Amorf minerallarda esa ularning fizik xossalari hamma yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Bu minerallar izotrop deyiladi.
Minerallar uch, to‘rt, olti qirrali prizmalar yoki piramidalar, boshqalari kublar, oktaedrlar ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Kristallning chegaralanish yuzasi uning yonlari, yonlar kesishgan chiziqni uning qirrasi, qirralar kesishgan nuqtani uning uchi (cho‘qqisi) deyiladi.
Minerallarning muhim fizik xossalarini aniqlashda kimyoviy, termik va boshqa analizlar natijalaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Morfologik xossalari - kristalli shakllari, ularning tabiiy o‘simtalari, agregatlarining tuzilishi, konkretsiyalar, jeodalar, oolitlar.
Optik xossalari - mineral bo‘lagining rangi, izining rangi, tiniqligi, yaltiroqligi.
Mexanik xossalari - mineralning qattiqligi (Moos shkalasi), ulanish tekisligi, sinishi va mo‘rtligi.
Kimyoviy xossalari - xlorid kislota bilan o‘zaro reaksiyasi, erishi, mazasi va hidi.
Boshqa xossalari - solishtirma og‘irligi va magnitlik xususiyati.
Kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga bog‘liq ravishda, bunday xususiyatlar har xil minerallarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har qanday mineral o‘ziga xos biron bir aloxida xususiyati bilan xarakterlanadiki, ana shu xususiyatga qarab uni doimo boshqa minerallardan ajratib olish mumkin. Quyida biz muhim diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlar, minerallarning qiyofasi, shaffofligi, rangi, chizig‘ining rangi (kukunining rangi), yaltiroqligi, ulanish tekisligi, sinishi, qattiqligi, pachoqlanuvchanligi, qayishqoqligi, solishtirma og‘irligi, magnit tortishi, radiofaolligi va boshqa xususiyatlari to‘grisida to‘xtalib o‘tamiz.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish