Interpol organlari
Bosh Assambleya
Ijroiya qo‘mita
Bosh kotibiyat
Milliy markaziy byuro
Maslahatchilar
Arxiv ustidan nazorat etuvchi komissiya
Bosh Assambleya tarkibiga barcha a’zo mamlakatlarning vakillari kiradi. Delegatsiyaning miqdor tarkibi hech qayerda belgilanmagan. Biroq ustav bu yerga yuqori darajada turuvchi milliy miqyosdagi Interpol faoliyati bilan bog‘liq jinoyat politsiyasi amaldorlarini, shuningdek, Bosh Assambleyaning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan savollar bo‘yicha mutaxassislarni kiritishni talab etadi.
Bosh Assambleya sessiyalari har yili kuzda turli mamlakatlar va kontinentlarda o‘tkaziladi. Har bir delegatsiya ovoz berishda bitta ovozga ega.
Bosh Assambleya quyidagi ustav vakolatlariga ega:
1.Interpol doirasida turli mamlakatlar politsiyasining asosiy hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash.
2. Bunday hamkorlikni osonlashtiruvchi tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazish.
3.Yangi a’zolarni qabul qilish.
4. Keyingi yil uchun ish rejasi va budjetni ko‘rib chiqish va tasdiqlash.
5.Tashkilot mansabdor shaxslarini saylash.
6.Moliyaviy masalalar yuzasidan qaror qabul qilish.
Bu yerda voyaga etmaganlar, giyohvandlik vositalarini tarqatish va boshqa jinoyatchilikka qarshi kurash alohida masalalarni maxsus o‘rganish bo‘yicha doimiy va vaqtincha komissiyalar tuziladi. Bosh Assambleya ichki tashkiliy va protseduraviy masalalar yuzasidan rezolyutsiyalarini ijro etish majburiy bo‘lib, politsiya organlari va hukumatlarga yo‘naltirilgan rezolyutsiyalar tavsiyaviy mazmunga ega.
Aytib o‘tilgan sessiyalardan tashqari tashkilot a’zo mamlakatlar vakillari muntazam ravishda Bosh Assambleya sessiyasiga chiqarish maqsadga nomuvofiq bo‘lgan muammolar yuzasidan Mintaqaviy konferensiyalar o‘tkazadi. Qator muammolar mazkur mintaqa mamlakatlarida dastlabki muhokama etilishni talab etadi. Odatda, bu yerda mazkur masala yuzasidan qator davlatlarning yagona fikri, uni hal qilishga yagona yondashuv shakllanadi, mazkur mintaqada keng tarqalgan alohida xalqaro jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha amaliy kuchlar o‘zaro muvofiqlashtiriladi.
Ijroiya qo‘mitasi Bosh Assambleya sessiyalarining oralig‘ida faoliyat ko‘rsatadi. U Bosh Assambleya tavsiyalarini hayotga joriy etilishini kuzatadi, Bosh kotib faoliyatini nazorat qiladi va navbatdagi sessiya kun tartibini tayyorlaydi. Ijroiya qo‘mitasi saylib qo‘yiladigan Bosh Assambleya turli mamlakatlar va kontinentlar (Osiyo, Amerika,
Afrika, Avstraliya va Yevropa) dan prezidenti (4 yil muddatga) 3 ta vitse- prezidentlar (3 yil muddatga) va 9 nafar delegatdan iborat. Interpol Ijroiya qo‘mitasi Prezidenti amalda butun tashkilot rahbari hisoblanadi Bosh Assambleya sessiyalari oralig‘ida uning faoliyatiga rahbarlik qiladi. Butun rahbarlik Ijroiya qo‘mitasi orqali shuningdek, bevosita joriy ishlar Yuzasidan yakka tartibdagi qarorlar qabul qilish orqali amalga oshiriladi. 1988-yilda fransuz Ivan Barbo – rahbarligi ostida fransuz politsiyasining barcha departamentlari va 125 ming xodim miqdorida shaxsiy tarkib bo‘lgan Fransiya ichki ishlar vazirligi milliy politsiyasi bosh direktori prezident etib saylangan.
Ijroiya qo‘mitasi majlislar yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Barcha qarorlar ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Biroq ovozlar teng bo‘lgan holatda prezident ovoz berish huquqidan foydalanadi. O‘z faoliyatini amalga oshirishda ijroiya qo‘mitasining barcha a’zolari o‘z mamlakatlarining vakillari sifatida emas, balki Interpol vakillari sifatida harakat qiladi.
Bosh Kotibiyat butun tashkilotning doimiy faoliyat uyurituvchi xizmati bo‘lib o‘z ichiga Bosh kotib, mutaxassislar va ma’muriy personalni qamrab oladi. U Bosh Assambleya va Ijroiya qo‘mitasining qarorlarini hayotga joriy etadi, jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha
xalqaro markaz, shuningdek ixtisoslashtirilgan va axborot markazlari sifatida harakat qiladi, Interpolning samarali ma’muriy rahbarligini ta‘minlaydi, MMBlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarga
ko‘maklashadi, zaruriy nashrlarni tayyorlaydi, Bosh Assambleya sessiyalari va Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishlarida Ishchi kotibiyat vazifalarini bajaradi, prezident bilan aloqaga ko‘maklashadi va bir qator boshqa funksiyalarni bajaradi.
Kotibiyatni Bosh Assambleya tomonidan 65 yoshdan katta bo‘lmagan shaxslar ichidan 5 yil muddatga tayinlanuvchi Bosh kotib boshqaradi. Bu Interpolning jinoyatchilikka qarshi kurashni tashkil etish ishida asosiy figura hisoblanadi. U o‘z ixtiyoriga ko‘ra Bosh kotibiyat personalini shakllantiradi va uning barcha xizmatlariga rahbarlik qiladi.
Kotibiyat shtatida 300 xodimli ish o‘rni mavjud bo‘lib, shulardan qariyb 20 tasi kontrakt asosida ishlaydi. Boshqalar bu yerga a’zomamlakatlar politsiya xizmatlari tomonidan ishga yuborilgan. Mazkur barcha xodimlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida biror hukumat yoki Interpoldan tashqari boshqa tashkilot funksiyalaridan kelib chiqib yondashishi yoki instruksiyasiga amal qilishi taqiqlanadi. Ular ularning xalqaro missiyasiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishi lozim.
1987-yildan Bosh kotibiyat tarkibida o‘z kontinentidagi
giyohvandlik vositalari savdosi va boshqa jinoyatchilikka qarshi kurash
bo‘yicha mintaqaviy muammolarni hal etish hamda Yevropadagi
davlatlar politsiya hamkorligini rivojlantirish maqsadida Yevropa kotibiyati faoliyat yuritadi. Bosh kotibiyatning boshqa organlaridan Bosh kotibiyat xizmatini, umumiy tavsifdagi ishlarni amalga oshirish va tashkilot xavfsizligini ta‘minlash maxsus bo‘limini alohida ajratib ko‘rsatish taqozo etiladi. Bugungi kunda kotibiyat tarkibida 4 Mustaqil bo‘lim: ma’muriy, politsiya, ilmiy-tadqiqot va texnik ta‘minot bo‘limi faoliyat ko‘rsatadi. A’zo davlatlar politsiya organlari jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorligini muvofiqlashtiruvchi politsiya bo‘limining faoliyati katta qiziqish tug‘diradi. Uning tuzilmasida noqonuniy qurol oldi-sotdisi, xalqaro terrorizmga qarshi kurash bo‘linmalari mavjud. Boshqa bir bo‘linmada qalbaki qog‘oz va metall pullarni, yo‘l chiptalarini, obligatsiyalar, aksiyalarni tayyorlash va sotish, shuningdek pulni qalbakilashtirish bo‘yicha boshqa ma‘lumotlar to‘planadi. Bu erda qalbakilashtirilgan qimmatli qog‘ozlarni tadqiqi etish uchun ekspert laboratoriyasi mavjud bo‘lib, maxsus “Sohtalashtirish va qalbakilashtirish” byulleteni tayyorlanadi va nashr etiladi, butun dunyo bo‘ylab 15 mingdan ortiq banklar va emissiya muassasalari uning obunachilari hisoblanadi.
Politsiya bo‘limining maxsus bo‘linmasi giyohvand vositalarining noqonuniy tarqatilishi yuzasidan axborotlarni to‘plash va tahlil etish bilan shug‘ullanadi. Bangkokda (Tailand) joylashgan aloqalar va hamkorlik maxsus bo‘lishmasiga ega bo‘linma rahbari xizmati, operatsiyalarni o‘tkazish guruhi hamda razvedka guruhlari uning tarkibiga kiradi. Mazkur jinoyatlarga qarshi kurashuvchi mintaqaviy organlar faoliyatda katta yordam ko‘rsatadilar. AQSH adliya vazirligining giyohvandlik vositalar ishlari Boshqarmasining yuqori amaldori bo‘linma ishiga rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |