Jinoyatchi shaxsi tushunchasi


Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi



Download 79 Kb.
bet2/6
Sana06.07.2022
Hajmi79 Kb.
#748846
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KRIMINALISTIK PSIXOLOGIYA FANIDAN JINOYATCHI SHAXSNI O`RGANISH

Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi:

  1. biologik omil (shaxsning individual faoliyati bilan bog‘liq hodisalar: ovqatlanish, jinsiy aloqalarga kirishish, bola tug‘ilishi va h.k.);

  2. tabiiy muhit (shaxsning shakllanishiga tabiiy aloqador buyum va aloqalar olami);

  3. madaniy muhit;

  4. ijtimoiy tajriba;

  5. odamlar bilan munosabat.

Ushbu omillar shaxs hayoti va faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy hayot tajribasini o‘zlashtirgan, o‘z ijtimoiy pozitsiyasini ishlab chiqqan, ijtimoiy munosabatlar tashuvchisi va bunyodkori bo‘lgan odamni shaxs deb hisoblashimiz mumkin.
Shu bois, quyidagi odamlarga nisbatan shaxs tushunchasini qo‘llash bahslidir:

  1. hayvonlar galasida yashab katta bo‘lgan va so‘ngra odamlar jamiyatiga qo‘shilgan, lekin unga moslasha olmagan odamlar;

  2. har qanday ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy o‘zgarishlarga befarq bo‘lgan ruhiy kasallar;

  3. emizikli yoshdagi bolalar.

Inson o‘zidan boshqa jamiyat a’zolari bilan aloqada, muloqotda, munosabatda, muomilada bo‘lishi, jamoa orasida va shu jamiyatda yashaganligi tufayli shaxs sifatida shakllanadi, o‘zini o‘rab turgan atrof-muhitni, o‘zo‘zini, o‘zining insoniy mohiyatini anglay boshlaydi. Insonning shaxs sifatida o‘z-o‘zini anglashi subyektiv ravishda o‘zini «men» deb his qilishda ifodalanadi va u ijtimoiy hayotda, boshqa kishilar bilan munosabatda, muloqotda, muomalada bo‘lish asosida vujudga keladi va rivojlanadi.
Shaxs jamiyat a’zosi, uning bir qismi bo‘lganligi uchun ham o‘zi yashayotgan, mansub bo‘lgan jamiyat bilan uzviy bog‘lanishdadir. Shaxsning barcha xislat va xususiyatlari, ongi, dunyoqarashi, g‘oyalari va yo‘nalishi o‘sha shaxs atrofidagi ijtimoiy muhitning, haqiqiy voqelikning in’ikosidir. Inson shaxs sifatida ijtimoiy munosabatlar asosida shakllanib, rivojlanib borar ekan, demak uning xatti-harakatlari, xulqi, his-tuyg‘ulari va tushunchalarini ham uni qurshab olgan ijtimoiy muhit, iqtisodiy hayot belgilab beradi.
Inson o‘z amaliy faoliyatida ijtimoiy taraqqiyot qonunlarigagina emas, balki tabiat qonunlariga, biologik qonuniyatlarga ham bo‘ysunadi. Shuning uchun ham bir jamiyatning a’zolari bo‘lgan bir xil ijtimoiy muhitda yashab, faoliyat ko‘rsatib shaxs sifatida shakllangan odamlar bir xil emas. Jamiyatdagi har bir shaxs bir-biridan ehtiyoji, faolligi, malakasi, qobiliyati, ko‘nikmalari, muomalasi, tafakkuri, idroki, ongi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi, bir-biriga hech qachon to‘liq o‘xshamaydi, ya’ni har bir shaxs o‘z individualligiga ega.
Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topadi. Individuallik – kishining o‘ziga xosligi, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasi. Individuallik temperament va xarakterda, xususiyat, odat, qiziqishlar, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyat, faoliyatning shaxsga xos uslubi va hokazolarda namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham jamiyat a’zolarining bir qismi ijtimoiy taraqqiyot uchun faol harakat qiladi, yangi-yangi ijobiy g‘oyalarni ishlab chiqadi, ya’ni o‘z faoliyati bilan ijtimoiy taraqqiyotni jadallashtiruvchi taraqqiyparvar shaxslar hisoblanadi. Aksincha, jamiyat a’zolarining ikkinchi qismi ijtimoiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi, ijtimoiy foydali mehnatdan bo‘yin tovlaydi, o‘zining kasbiy va fuqarolik burchini bajarishga sovuqqonlik bilan qaraydi, g‘ayriijtimoiy turmush tarzi yuritadi, huquqqa, axloqqa xilof va ijtimoiy xavfli qilmishlarni sodir etadi, jamoat tartibini buzadi, ya’ni ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida to‘g‘onoq bo‘luvchi, faqat o‘zining tuban ehtiyojlarini qondirish bilangina kifoyalanuvchi shaxslar hisoblanadi. Jamiyat a’zolarining uchinchi qismi esa, o‘z huquqlaridan foydalanishga va majburiyatlarini bajarishga sustkashlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Inson shaxsi odam paydo bo‘lgandan to hozirgi davrgacha bo‘lgan insoniyat taraqqiyotining natijasidir. Shu bilan birga, inson shaxsi doimo harakatda va u ijtimoiy muhit ta’sirida o‘zgarib boradi. Jamiyat rivojining har bir bosqichida o‘sha davrdagi ijtimoiy muhit ta’sirida shakllangan ijtimoiy toifadagi shaxslar yashaydilar. Masalan, quldorlik yoki feodalizm jamiyatidagi inson shaxsi bilan hozirgi davrdagi inson shaxsi o‘rtasida katta farq mavjud.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u rivojlanish (hayot kechirish) jarayonida ijtimoiy muhitga kirib boradi, uni o‘rab turgan voqelikni o‘rganib, shu jamiyatga, o‘zi mansub bo‘lgan katta va kichik guruhlarga xos bo‘lgan g‘oyalar, qarashlar, axloq normalari va ijtimoiy yashash tajribalarini o‘zlashtirib boradi. Bu ijtimoiylashish jarayoni bo‘lib, uning barcha davrida, bosqichlarida inson shaxsi taraqqiy etib va o‘zgarib boradi, muayyan ijtimoiy qiyofaga kiradi.
Shaxsning qanday rivojlanishi shu jamiyatga, jamiyatning rivojlanishi esa unda yashayotgan, faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslarga bog‘liqdir.
Jamiyatda ijtimoiy hayotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy, mafkuraviy va boshqa sohalarda yuz berayotgan hodisa, voqea, jarayonlar qanchalik ijobiy, insonparvar xususiyatga ega bo‘lsa, shu jamiyatda yashayotgan, faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyat a’zolarining aksariyat ko‘pchiligi ijobiy xislatlarga ega shaxs bo‘lib shakllanadi. Agar jamiyat ijtimoiy hayotining turli sohalarida, ayniqsa, iqtisodiy, ma’naviy, g‘oyaviy va siyosiy sohalarda mavjud bo‘lgan hodisa, voqea va yuz berayotgan jarayonlar salbiy xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilsa, jamiyat a’zolari turmush tarzining yomonlashuviga, osoyishta hayot kechirishining buzilishiga olib kelsa, bunday jamiyatda yashovchi, faoliyat ko‘rsatuvchi odamlarning ko‘pchiligi g‘ayriijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan shaxs sifatida shakllanadi.
Jamiyatda ijobiy xususiyatga ega shaxslar qanchalik ko‘p bo‘lsa, bunday jamiyat doimo taraqqiy etadi, rivojlanadi. Agar jamiyatda yashayotgan, faoliyat ko‘rsatayotgan shaxslar qanchalik salbiy xususiyatlarga ega bo‘lib, g‘ayriijtimoiy yo‘nalishda bo‘lsa bunday jamiyat doimo inqirozga yuz tutadi, unda yashaydigan insonlarning turmush tarzi yomonlashadi.
Har qanday harakat, shuningdek, jinoiy qilmish ham muhit, shaxs va muayyan hayotiy vaziyat aloqasining natijasidir. Shuning uchun ham jinoyatchi shaxsini tushuntirishda uni bir tomonlama ijtimoiylashtirish, ya’ni uning qilmishlari ijtimoiy muhit ta’sirining oqibati deb qarab, shaxsning psixologik dunyosini hisobga olmaslik noto‘g‘ridir. Shu bilan birga, jinoyatchi shaxsini juda ham psixologiyalashtirib, ya’ni uni faqatgina psixologik xususiyatlar, holatlar, jarayonlar majmuasi deb qarab, shaxsning ijtimoiy xususiyat va belgilarini, ularning manbalarini hisobga olmaslik ham noto‘g‘ridir. Shu bois, jinoyatchi shaxsini tushunish, o‘rganish, tadqiq qilishda unda ijtimoiy va psixologik jihatlar doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda deb yondashish zarur.

Download 79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish