60.
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni
jazodan ozod qilish asoslari qanday
Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit o‘zgardi yoki shaxs
namunali hulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan o‘zini ko‘rsatib,
ijtimoiy
xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod qilishi mumkin.
Shaxsning
ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishiga ikkita omil sabab bo‘ladi:
- sharoit (vaziyat)ning o‘zgarishi – ob’ektiv omil;
- namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga bo‘lgan halol munosabati – sub’ektiv omil. Ushbu
qoida bo‘yicha mahkumni jazodan ozod qilishning yagona asosi –
shaxsning ishi sudda
ko‘rilayotgan
vaqtgacha namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga
halol munosabati bilan
o‘zining ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotganligidir. Ushbu qoida bo‘yicha
mahkumni
jazodan ozod qilishda u sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavflilik
darajasi ahamiyat kasb
etmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: