Jinoyat ishtirokchilarining turlari Jinoyat kodeksinipg 28-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra, bajaruyechi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.
Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan, jinoyatni to‘liq yoki qisman sodir etgan yoxud javobgorlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxch bajaruvchi deb topiladi (Jkning 28-moddasi, 2-qismi). Bajaruvchi ikki turga bo‘linadi: beyeosita jinoyat sodir qilgan va kodeksga muvofiq bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs. Ba’zi hollarda jinoyatning obyektiv tomonini bir nechta jinoyatchilar birgalikda amalga oshiriladi va ularning barchasi bajaruvchi hisoblanadi.
Bajaruvchilar aqli raso va qonunda belgilangan yoshga (14 yoshga) to‘lgan bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda shaxsning o‘zi jinoyatni bevosita sodir qilmasdan, jinoyatning subyekti bo‘la olmaydigan shaxslardan foydalanadi. Toshkent viloyati sudida ko‘rilgan bir jinoyat ishi bunga misol bo‘la oladi. 2001 yil mart oyida Tolipov Dilmurod, 14 yoshga tulmagai Rahimov Obid mahallalarida yashaydigan aqli noraso Sherzod ismli shaxs bilan birga «O‘tkir» kichik korxonasiga kirib, u yerdan 500.000 sumlik tiqilgan yangi kastyum va materiallarni o‘g‘irlashadi. O‘g‘irlikni uchalasi ham bajaradi, ya’ni bajaruvchi shaxslarning biri jinoyat yoshiga yetgan, ikkinchisi hali 14 yoshga to‘lmagan, uchinchisi aqli noraso shaxs. Sud ushbu ishni atroflicha o‘rganib, Dilmurodga nisbatan 127-moddaning 3-qismi, ya’ni voyaga yetmagan shaxsni jinoyat qilishga jalb etish va 169-moddaning 2-qismi «b» bandi bilan jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rilgani hukmda qayd qilinadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi. Tashkilotchi ishtirokchilar orasida eng xavflisi bo‘lib, u jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni sodir etishga rahbarlik kiladi. Tashkilotchi ko‘pincha jinoyatda bevosita qatnashmagani sababli uni ushlash, aybini isbotlash va javobgarlikka tortish qiyin kechadi. Tashkilotchi jinoyatni qaysi yo‘l, usul bilan sodir etish rejasini ishlab chiqadi, boshqa ishtirokchilarni tanlaydi, ularni tayyorlaydi, yo‘riqlar beradi, zarur anjomlarni yig‘adi. Ko‘p hollarda tashkilotchi o‘z harakatlarini himoya qilish va zarur ma’lumotlarni olish uchun huquqni muhofaza qilish idoralaridan birorta mansabdor shaxsni jalb etishga o‘rinadi. Qoidaga ko‘ra, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushmaga tajribali jinoyatchilar rahbarlik qiladi va jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, uni amalga oshirishni tashkillashtiradi.
Jinoyat sodir etishga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi. U har qanday shaklda, ya’ni majburlash va ishontirish orqali dalolat qiladi. Majburlash jinoiy va ruhiy bo‘lishi mumkin. Ruhiy majburlash ko‘pincha dalolatchi tomonidan qo‘rqitish orqali sodir qilinadi. Biror kishini ishontirish orqali jinoyatga tortish uchun bir necha marta xabar yetkazgan shaxsni dalolatchi sifatida javobgarlikka tortish mumkin. Lekin bir necha marta xabar yetkazgan shaxsda bajaruvchining jinoyat sodir etishi uchun moyillik to‘g‘dirish maqsadi bo‘lishi kerak. Ishontirishda dalolatchi, tashqi tomondan, jinoyatga aloqasi yo‘g‘dek ko‘rinsa-da, uning manfaatlari ma’lum darajada jinoyatni sodir etgan bajaruvchining manfaatlariga mos tushadi.
Dalolatchining harakati vosita sifatida iltimos qilishdan iborat bo‘lishi mumkin va bu dalolatchi manfaatining asosini tashkil etadi. Shubhasiz, faqat o‘zining tanishlari, dustlari va xizmatdoshlariga iltimos qilishi mumkin. Bunday holda, jinoyat sodir etishni faqat ko‘ndirish orqali amalga oshiradi. Dalolatchi shaxsni jinoyat sodir etishga rozi qilish uchun o‘zining bor imkoniyatini ishga soladi. Ko‘ndirish bir necha marta iltimos qilish shaklida bo‘lishi mumkin.
Sud-tergov amaliyotida dalolatchilikning boshqa, masalan, jinoyat sodir qilish uchun mukofot va’da qilish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsni sotib olish yoki aldash turlari ham uchraydi.
Sud amaliyotidan ma’lumki, yordamchilik ishtirokchilikning ko‘p uchraydigan turidir. Yordamchilik ikki kurinishda bo‘lishi mumkin:
Jismoniy yordamchilik va ruhiy yordamchilik. Jismoniy yordamchilik deganda, jinoyat sodir qilinayotganda tusiqlarni olib tashlash uchun vosita va qurollar bilan yordam berish, ya’ni jinoyatning obyektiv tomonini amalga oshirishda bajaruvchiga ko‘maklashish tushuniladi. Yordamchining harakatlari jinoyatning obyektiv belgilari bilan mos kelsa, u jinoyatning bajaruvchisiga aylanib qoladi.
Ruhiy yordamchilik jinoyat sodir qilishda maslahat, ko‘rsatmalar, jinoiy yo‘l bilan topilgan buyumlarni olish yoki sotishga oldindan va’da berish shakllarida bo‘lishi mumkin.
Jinoyatni yashirishga oldindan va’da berilmagan bo‘lsa, bu yordamchilikka kirmay-di, faqat jinoyatga daxldorlik, deyiladi. Biz jinoyatga daxldorlikni ishtirokchilikdan farqlashimiz lozim. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilayotgani, jinoyat sodir etilayotgani yoki sodir etilgani haqida aniq bila turib, oldiidan va’da bermagan holda hokimiyat idoralariga xabar qilmaslik jinoyatga daxldorlik, deb hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat haqida xabar bermaslik 16 yoshga yetgan har qanday aqli raso shaxsga muayyan majburiyatlar yuklaydi. Ular shaxsning davlat, jamiyat, boshqa shaxslar oldidagi insoniylik majburiyatidir, ushbu majburiyatni bajarmaslik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jinoyat
Do'stlaringiz bilan baham: |