Ammo sud amaliyotida bitta moddaning turli
qismlarida nazarda tutilgan turli vaqtlarda sodir etilgan bir-biridan tamoman
alohida-alohida bo’lgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda sodir qilingan
jinoyatlarning eng og’iri bilan jazo tayinlashdek jiddiy xatolar juda kam bo’lsa-da
uchrab turadi.
Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatlarning ideal jami va jinoyatlarning real
jami tushunchalari mavjud. Yuqorida nomi qayd qilingan Oliy sud Plenumi
qarorida ham bu tushunchalarga to’xtalib o’tilgan bo’lib, jinoyatlar real majmui
ikki va undan ortiq, har qaysisi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida
(moddasi turli qismlarida) nazarda tutilgan muayyan jinoyat tarkibini tashkil
etuvchi, jinoiy qilmish sodir etilganda mavjud bo’ladi.
Jinoyatlar ideal majmuida esa, aybdorning bitta xatti-harakatida Jinoyat
kodeksi Maxsus qismi turli moddalarida (moddasi turli qismlarida) nazarda
tutilgan kamida ikkita jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo’lib, qilmish ushbu
normalardan birortasi bilan ham to’liq qamrab olinmaydi.
V.P. Malkov jinoyatlarning ideal jami sun’iy ravishda tuzilgan yuridik
konstruksiya bo’lmasdan shaxsning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat
sodir etish natijasidir - deb yozadi. M.M. Isayev, N.D. Durmanovlar jinoyatlarning
ideal jami aybdorning bir harakati bilan ikki yoki undan ortiq jinoyat tarkiblarini
bajarishidir, desa, Krasikov Y.А. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli
moddalari bilan qo’riqlanadigan turli obyektlariga zarar yetkazish yoki har xil
yoxud bir qancha oqibatlarni kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan yagona jinoiy
qilmishdir
1
, deb yozadi.
Bu borada mamlakatimiz olimlaridan M.H. Jiyanov salmoqli ish olib borgan
va u jinoyatlar ideal jami hamda jinoyatlar real jami tushunchalarini Jinoyat
kodeksida norma darajasida belgilab qo’yishni taklif qilgan: “Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida
nazarda tutilgan javobgarlikka tortilladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni
1
Usmonaliyev M. Jazo tayinlash. O’quv qo’llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2003. – 37-b.
19
turli vaqtlarda sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs hali sudlangan
bo’lmasa, jinoyatlar real majmui deb topiladi.
Bir harakat bilan Jinoyat kodeksi Maxsus qismining turli moddalarida
nazarda tutilgan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish jinoyatlar ideal
majmui deb topiladi”
1
.
M.H. Jiyanov jinoyatlar ideal jami va jinoyatlar real jami tushunchalarini
huquqiy norma sifatida belgilab qo’yish orqali ushbu qoidalarni jazo tayinlashga
ham tadbiq etishni taklif etgan. Chunki, uning fikricha jinoyatlar ideal jamining
ijtimoiy xavflilik darajasi jinoyatlar real jamining ijtimoiy xavfliligidan kamroq.
Jinoyatlar real jami va ideal jamining bir necha jinoyatlar uchun jazo
tayinlashdagi o’ziga xos xususiyatlarini keyingi paragraflarda ko’rib chiqamiz.
1
Batafsil qarang: Jiyanov M.H. Bir qancha jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik muammolari: 12.00.08-Jinoyat
huquqi va kriminologiya; yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya / Ilmiy
maslahatchi: M.H.Rustamboyev. – T., 2012. 157-bet
20
Do'stlaringiz bilan baham: |