Jinoyat huquqi tushunchasi va predmeti Jinoyat huquqi tushunchasi


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi



Download 57,2 Kb.
bet11/15
Sana08.02.2023
Hajmi57,2 Kb.
#909256
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
jinoyat huquqi tushunchasi va predme (1)

Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi O‘zbekiston Res-publikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar.
Ushbu normaning asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-sining 18-moddasida belgilangan bo‘lib, unda: “O‘zbekiston Respub-likasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.”,- deb ko‘rsatib o‘tilgan. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipida:
birinchidan, Jinoyat kodeksi 5-moddasida ko‘rsatilgan belgilar va holatlardan qat’i nazar, fuqarolarning tengligi, ularning bir xil huquq va majburiyatlarga ega ekanligi ifodalanadi;
ikkinchidan, Jinoyat qonunining bir xilda qo‘llanilishini ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 5-moddasining nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir etgan shaxslarning qonun oldida tengligi haqida gapirilgan. Le-kin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jabranuvchi, jinoyat qonunini qo‘l-lovchi shaxslar ham fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga amal qilishlari shart.
Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsipiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy deb topish masalasi borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsipiga amal qilinishi kerak. Xususan, maxsus subyektlarning qilmishlarini jinoyat deb topishda, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar qilmishlari uchun boshqalar javob bermaydi.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining buzilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Masalan, Jinoyat kodeksi 141-moddasida fuqarolarning teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa adovat qo‘zgatish maqsadida milliy, irqiy va diniy mansubligiga ko‘ra fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi xalqaro-huquqiy va konstitutsiyaviy prinsip bo‘lganligi uchun barcha qonunlarda qat’i o‘rnatilishi kerak.
Amaliyotda bunday prinsip ko‘pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning mulkiy ahvoli va mansab mavqei mezonlariga ko‘ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik, jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda bo‘lishi mumkin.
Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng javobgarligi, jinoiy javobgarlik asoslarining barcha uchun bir xilda qo‘llanilishi (amal qilishi)ni bildiradi. Bunday prinsipdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplari orqali o‘rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar.



Download 57,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish