1.3. Mol-mulkni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogarga qaytarishning prosessual jihatlari
Ayni vaqtda mamlakatda amalga oshirilayotgan jamiyat va davlat hayotini demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya qilish borasidagi islohotlarning mohiyati va mazmuni, sud-huquq tizimini liberallashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning natijalari jazolarning insonparvarlik tamoyillariga mosligini yanada ta’minlash va inson huquq va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilgandir.
Bu sohada ayniqsa, jinoiy javobgarlikni odillashtirish va shaxs manfaatlarining har qanday buzilishining oldini olish asosiy maqsad qilib qo’yilganligini olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining mohiyatidan ham bilib olish mumkin.33
Jinoyat ishi bo’yicha ashyoviy dalillar deb e’tirof etilgan jinoyatning narsalari tergov idoralarida saqlanadi. Ular o’z vaqtida o’z egalariga qaytarilishi JPKning 287-moddasida belgilangan. Jinoyat sodir etilishi natijasida jabrlanuvchi yoki yuridik shaxsning yo’qolgan va ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulki egasiga qaytarilishi lozim. Jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda uning mol-mulki merosxo’rlariga, tugatilgan yuridik shaxsning mol-mulki esa, uning huquq vorisiga o’tkaziladi.
Agar jinoyat ishi bo’yicha egasini aniqlash iloji bo’lmagan mol-mulk bo’lsa, u davlat egaligiga o’tkaziladi.
Mol-mulkini qaytarib berish yoki davlat egaligiga o’tkazish sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llash to’g’risidagi ajrimiga asosan, ish tugatilganda esa, surishtiruvchining, tergovchining qarori yoki sudning ajrimiga ko’ra amalga oshiriladi.
Sudda ko’riladigan ish bo’yicha tergovchi yoki prokuror mol-mulkni qaytarib berish yoki uni davlat egaligiga o’tkazish to’g’risidagi masalani hal qilishi mumkin emas. Bunday ish faqat sud vakolatida bo’ladi.
Jinoyat sodir etilishi natijasida mahrum bo’lingan va ish bo’yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan mol-mulkning mulkdori yoki qonuniy egasi bu mol-mulkdan voz kechsa va uning qiymatini undirib berish to’g’risida fuqaroviy da’vo qo’zg’atsa, sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topib, fuqaroviy da’voni qanoatlantirgan holda mol-mulkni mahkumga yoki fuqaroviy javobgarga undirib beradi.
Sud mol-mulkdan voz kechishni asosli deb topsa, qaytariladigan mol-mulkning qiymati qanchaga pasaygan bo’lsa, shu summani yoxud tovar ko’rinishini yo’qotganligi sababli ta’mirlashga qilinadigan chiqim summasini va tovarni jabrlanuvchi yoki fuqaroviy da’vogar foydasiga undirib beradi. Mol-mulkning dastlabki va keyingi qiymati hamda tovar ko’rinishini yo’qotganlik uchun tovon puli mutaxassis yoki ekspert ishtirokida aniqlanadi, ta’mirlash qiymati esa, ta’mirlashni amalga oshirayotgan korxona bergan hujjat asosida aniqlanadi.
Xususiy egalikda bo’lishi man qilingan mol-mulk ish bo’yicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan bo’lsa, mulkdor to’g’ri yoki g’ayriqonuniy ravishda qo’lga kiritganiga qarab, u rekvizisiya qilinadi yoki musodara etiladi, ya’ni mol-mulk haqini to’lash yoki to’lamaslik sharti bilan sud tomonidan bunday mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega bo’lgan tegishli davlat organiga yoki yuridik shaxsga beriladi.
2-BOB. Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni ta’minlanishining prosessual jihatlari
2.1. Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni tergovchi tomonidan ta’minlanishining prosessual jihatlari
Jinoyat ishlarini tergov qilishda jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash bilan bog’liq jarayonning tahlili shuni ko’rsatdiki, ushbu faoliyatni samarali tarzda va optimal ravishda tashkillashtirishga imkon beradigan hamda fuqaroviy da’voni, jinoyat ishlarini tergov qilishda shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan nazariya kerakligini taqozo etadi. Jinoyat ishida fuqaroviy da’vo – bu sud va tergovni amalga oshirish jarayonida jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashda yuzaga keladigan shart-sharoitlar, holatlar, xulq-atvorlar, munosabatlar va o’zaro aloqalarning cheksiz turli-tumanligini aks ettiruvchi murakkab tizimdir. Ushbu tizimning optimalligi va amalda rivojlanishi uchun u maqsadga muvofiq bo’lishi hamda ilmiy-nazariy asoslangan va ilmiy jihatdan tashkillashtirilgan bo’lishi zarur.
Jinoiy jazolarning liberallashtirish jarayonlari34 va u bilan uzviy bog’liq bo’lgan va amaldagi JPKning 2-moddasida aks ettirilgan dastlabki tergovning vazifalari, hamda ularning uzluksiz rivojlanib borishi – tergov organlari oldiga fuqaroviy da’voni xal etish jarayonining mazmuni, shakli va usullarini takomillashtirish va prosessual tartibini optimallashtirish kabi talablarni qo’ymoqda. So’nggi paytlarda fuqaroviy da’vo bilan bog’liq masalalar sud muhokamasidan tashqari dastlabki tergovda xam ilmiy tashkillashtirishga jiddiy talablar qo’yilayotganligi juda asoslidir. Fuqaroviy da’voni moddiy tomondan qondirilishi bevosita dastlabki tergovda boshlanib, unda jinoyat natijasida mulkiy ziyonni xaqiqatdan xam yetkazilganligi tug’risida dalillarni qidirish, aniqlash, tadqiq qilish, qayd etish, tekshirish va baholash tizimini tashkil etishning muayyan maqsadga yo’naltirilgan tartibini yaratish vazifasi yuklatilgan35.
Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash bilan bog’liq masalar, dastlabki tergovni tashkillashtirishning barcha jihatlarini qamrab oladigan, ilmiy tahlilga asoslangan holda tergov faoliyatini takomillashtirish zaruriyati tobora dolzarblashib bormoqda. Bunday takomillashtirish jinoyat ishi bo’yicha ish yuritishga ma’sul bo’lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar hamda jinoyat prosessi ishtirokchilari orasida ijobiy munosabatlarning o’rnatilishini, jinoyatchilikka qarshi kurash vazifalarini bajarishdagi ushbu faoliyat samaradorligining ta’minlanishi, jinoyatlarning tez ochilishi, aybdorlarning fosh etilishi va qonunning to’g’ri qo’llanilishini talab qiladi. Bu borada dastlabki tergovni ilmiy jihatdan tashkillashtirish oldiga esa jinoiy-prosessual qonunchilik doirasida jinoyatlarni ochish va tergov qilishning yangi, samarali shakl va uslublarini ishlab chiqish vazifasi qo’yiladi36.
Fuqaroviy da’voni ta’minlashda dastlabki tergov tizimi haqiqatdan ham optimal bo’lishi uchun uni tashkillashtirishning negiziga murakkab vaziyatlar va ularni yechish imkoniyatlarini hisobga oladigan, uning ishlashi va rivojlanishini oqilona yo’nalishlarini oldindan belgilaydigan sifat va vositalar qo’yilishi lozim.
Tergov faoliyatida, jinoyat natijasida yetkazilgan ziyonni qoplashi qarshi jinoyatchilar tomonidan dastlabki tergov idoralariga qarshilik qilishning yangi vosita va usullari qo’llanilayotgan sharoitlarda dastlabki tergovning samaradorligini oshirishning ilgari aniqlanmagan imkoniyatlarini yuzaga chiqarish zarur bo’ladi.
Fuqaroviy da’voni xal qilishda dastlabki tergovni ilmiy tashkillashtirish muhim o’rin egallab, tergov faoliyatini zaruriy axborotlar bilan ta’minlashga berilib, u o’z navbatida jinoyat prosessining vazifalarini ro’yobga chiqarish maqsadlarida, dastlabki tergov tizimiga va uning tarkibiy qismlariga ta’sir etish uchun tizimning holatini tavsiflash vazifasini bajaradi.
Dastlabki tergovda, jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash jarayoniga mantiqiy va taktik muayyanlik xosdir. Shuning uchun ushbu jarayon juda unumli va samarali amalga oshirish uchun vazifalarni aniq va asoslangan holda belgilash, ularni qulay va oqilona darajada yechishning shakl va vositalarini tanlash, yechimning to’g’riligini tekshirish, tizimni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga tergov jarayonida ko’pincha mantiqiy aniqlik – mantiqiy jihatdan ehtimol bo’lgan va kutilayotgan hodisalarga o’z o’rnini beradi, bu esa ushbu jarayonni ilmiy tashkil etish va boshqarishda kriminalistik taktika va muayyan jinoyatlarni tergov qilish metodikasi tomonidan qo’llaniladigan usullar, shuningdek matematik statistika va ehtimollar nazariyasining uslublarini qo’llagan holda tasodifiylik omilining baholanishini va tergov holatlarining tahlil qilinishini talab qiladi.
Jinoyat-prosessual qonunda, jinoyat natijasida yetkazilgan ziyonni qoplash bilan bog’liq masalalar, qayd etilgan amaliy vazifalarni hal etayotgan shaxslar jamoasining tashkillashtirilgan faoliyati, uning ijtimoiy mohiyati – dastlabki tergov tizimining belgilovchi xususiyatlari hisoblanadi. Ko’rsatilgan vazifalarni hal etish – tergov bo’linmasi jamoasidan, har bir tergovchidan qonun va davlat oldidagi javobgarlikni his etishni, shuningdek faoliyatini doimiy takomillashishi kerakligini tushunishni talab qiladi.
Ma’lumki, har qanday ishni to’g’ri tashkillashtirilishi uning yarim muvaffaqiyatini tashkil qiladi, agarda bu faoliyat ilmiy jihatdan, ya’ni aniq va tegishli obyektiv asoslarga ko’ra tashkillashtirilganligi muvaffaqiyat darajasini yanada orttirishi shubhasizdir. Bunday tashkillashtirishning birlamchi nazariy sharti – bu ilmiy tamoyillar va tizimlar nazariyasining usullarini qo’llash hisoblanadi.
Dastlabki tergovda fuqaroviy da’voni qonuniy ta’minlash bilan bog’liq tizimining asoslangan va oqilona ishlashi buzilgan ijtimoiy munosabatlarni tiklash uchun jinoiy-prosessual ta’sir o’tkazish usuli bilan jinoyatchilikka qarshi kurashning muhim sharti sifatida tushuniladi. Bunda o’zgaruvchan tezkor vaziyatni hisobga olinishi va jinoyat prosessining vazifalariga erishish maqsadi qo’yilishini alohida ta’kidlash joiz.
Dastlabki tergovni optimallashtirish va rivojlantirish, uni ilmiy jihatdan tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashning qat’iy ilmiy asoslangan tizimini yaratilishi; bu tizimning qismlar va quyi tizimlarga bo’linishi, hamda ular umumiy vazifalar yechimidan kelib chiqadigan o’z maqsad va vazifalariga ega bo’lishi lozimligi; tizimning har bir qismi (fuqaroviy da’voni ta’minlashning etaplari, tergov harakatining tegishli turi, texnik-kriminalistik vositalar va hokazo) uchun optimal tuzilish, mohiyat va ahamiyatli kriminalistik ma’lumotni olish usullarining belgilanishi; jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash bilan yuzaga kelayotgan tergov holati va tezkor vaziyatdan kelib chiqqan holda, har bir tarkibiy qism uchun ishlash dasturini ularning muayyan vaqtdagi va ketma-ketlikdagi o’zaro aloqasini hisobga olgan holda tuzilishi; fuqaroviy da’voni ta’minlashning tegishli prosessual vositalari va kriminalistik uslublarini tanlanishini asoslab berish; jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplashning optimal sharoitlarini belgilash (rejalashtirish; kompyuter texnikasidan foydalanish; tergovchini texnik-kriminalistik va texnika vositalari bilan ta’minlanganligi darajasini oshirish va h.k.); fuqaroviy da’voni ijobiy xal etishda har bir tergovchining ish faoliyatini ilmiy tashkillashtirilishini asoslantirish, shu jumladan ular tomonidan mulkiy ziyonni to’la ravishda qoplash vazifalariga erishish uchun optimal sharoitlarni yaratish; muayyan turdagi jinoyatlarni tergov qilishda fuqaroviy da’vo va boshqa mulkiy undirishlar bo’yicha tergovchilarning malakasini mustaqil ravishda oshirishning shakl va uslublarini takomillashtirish prinsiplari va usullarini aniqlash, jumladan tez-tez tergov qilinadigan jinoyatlar bo’yicha ixtisoslashtiruv uslubini qo’llash.
Jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash jarayonida dastlabki tergov ilmiy jihatdan tashkillashtirilishi uchun turli ma’lumotlarning, eng avvalo kriminalistik, shu jumladan ilmiy ma’lumotlarning xajmini, mazmunini va harakatlanishini belgilab olish zarur hisoblanadi. Ma’lumotlarni harakatlanishi va ularning xajmini belgilanishini optimallashtirish uni ro’yobga chiqarish shakl va vositalari hamda dastlabki tergovni tashkil etish va boshqarishning maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda ma’lumotlarni tanlash va intensivligini belgilash mezonlari bilan aloqaga kirishishni talab qiladi.
Fuqaroviy da’vo qo’zg’atish, uni ko’rib chiqish vazifalarini chuqur ilmiy o’rganilishi zaruriyati dastlabki tergov tizimining mohiyatini funksional va yakuniy sifatlar bo’yicha baholash jihatdan yondashishni, ya’ni umuman tizimni tashkil etish vazifalarini va uning tarkibiy qismini tashkillashtirish vazifalarini alohida va aloqador tarzda ko’rib chiqilishini talab qiladi. Tergov jarayonini ilmiy jihatdan tashkil etishga bunday yondashuv umuman tizimni, xususan uning tarkibiy qismlarini optimal ishlashini vazifalariga nisbatan ilmiy prinsip, uslub va vositalarning qo’llanilishidan iborat bo’lgan holda uning bajaradigan xizmat vazifasini belgilashga imkon beradi.
2.2. Jinoyat ishi bo’yicha fuqaroviy da’voni ijrochilar tomonidan ta’minlanishining prosessual holati.
Iqtisodiy jinoyatlar to’g’risidagi jinoyat ishlarini tergov qilish va muhokama qilishda dastlabki tergov va sud organlari oldida turadigan eng murakkab masala - huquqni muhofaza qiluvchi organ qarorlarining mulkiy undirishlar to’g’risidagi qismi ijrosini ta’minlashdir. Hukmning fuqaroviy da’voga doir va boshqa mulkiy undirishlar qismining ijrosini ta’minlash uchun surishtiruvchi, tergovchi yoki sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki fuqaroviy javobgarning mol-mulkini xatlashi shart.
Bu mulkiy undirishlarni ta’minlashning eng to’g’ri va qonuniy usulidir.
Qarzdorning mol-mulki ijro ishinii yuritishinini qo’zg’atishini to’g’risidagi qaror qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy muddatdan kechiktirmay xatlanadi. Undiruvchining arizasiga yoki o’z tashabbusiga ko’ra sud ijrochisi ijro ishinii yuritishinini qo’zg’atishini to’g’risidagi qarorni chiqarishini (topshirishini) bilan bir vaqtda, qarzdorning mol-mulkini ro’yxatga olib, ularni xatlashga haqli bo’lib, bu haqda mazkur qarorda ko’rsatib o’tadi.
Qaror chiqarishini (topshirishini) bilan bir vaqtda xatlash, koidaga ko’ra, sud ijrochisi tomonidan qarzdor yoki boshqa shaxslar mol-mulkni yashirishinii, yo’qotishinii, boshqa shaxsga berishinii yoxud mol-mulkning iste’mol xususiyatlari tubdan o’zgartirilishinii yoki yo’kotilishinii mumkin, deb taxmin kilingan hollarda amalga oshiriladi.
Xatlash quyidagi hollarda qo’llanadi: undiruvchiga olib beriladigan yoki realizasiya qilinadigan:
-qarzdorning mol-mulki saqlanishiniini ta’minlash maqsadida;
-javobgarga tegishinili bo’lib, uning o’zida yoki boshqa shaxslarda turgan mol-mulkni xatlash to’g’risidagi sud ajrimi ijro etilayotganda.
Qarzdorning mol-mulkini xatlash quyidagi harakatlarni o’z ichiga oladi:
1) ro’yxatga olishini;
Sud ijrochisi ijro xarajatlarini inobatga olgan holda undiruvchiga belgilangan summani qoplash uchun yetarli miqdordagi qarzdorning mol-mulkini ro’yxatga oladi.
Ro’yxatga olishini dalolatnomasida undiruv qaratilishinii mumkin bo’lmagan, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 52-moddasiga muvofiq qarzdorga qoldirilgan mol-mulk ko’rsatilishinii lozim.
Mol-mulk qarzdor – jismoniy shaxs va xolislar ishinitirokida, qarzdor – jismoniy shaxs bo’lganda, voyaga yetgan oila a’zolaridan birining ishinitirokida, agar ular ham bo’lmasa, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishini organi vakillari ishinitirokida ro’yxatga olinadi. Qarzdor – yuridik shaxsning mol-mulki qarzdor vakillari va xolislar ishinitirokida ro’yxatga olinadi.
Agar qarzdorning mol-mulkini ro’yxatga olishini vaqtida boshqa shaxslar bu mol-mulkka o’z huquklarini bildirgan hollarda ham mol-mulk xatlanadi, lekin boshqa shaxsning e’tirozi to’g’risida ro’yxatda belgi qo’yiladi. Shu bilan bir vaqtda sud ijrochisi manfaatdor shaxsga mol-mulkni ro’yxatdan chiqarishini to’g’risida sudga da’vo bilan murojaat qilishini huquqi berilgan tartibni tushuntiradi;
2) mol-mulkni tasarruf qilishini man etilganligini e’lon qilishini;
3) zarur hollarda mol-mulkdan foydalanishini huquqini cheklash, uni olib qo’yishini yoki saqlashga topshirishini.
Cheklashning turlari, hajmi va muddatlarini har bir muayyan holda mol-mulkning xususiyati, uning mulkdori yoki egasi uchun ahamiyati hisobga olinib, sud ijrochisi tomonidan belgilanadi.
Xatlangan mol-mulkni olib qo’yib, realizasiya kilishini uchun topshirishini sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda, lekin xatlangandan keyin kamida besh kundan so’ng amalga oshiriladi.
Sud ijrochisi muayyan ijro ishinii yuritishini holatlaridan kelib chiqib, mol-mulkni xatlash bilan bir vaqtda ushbu mol-mulkni yoki uning ayrim ashyolarini olib qo’yishiniga haqli.
Olib qo’yilgan tez buziladigan oziq-ovqat maxsulotlari va boshqa ashyolar darhol realizasiya qilishini uchun topshiriladi.
Qarzdorning mol-mulkini ro’yxatga olishini paytida aniqlanib, xatlangan so’mlar va chet el valyutasidagi pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, qimmatbaho toshlar, oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan, qimmatbaho toshlardan, marvariddan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar, shuningdek ana shunday buyumlarning rezgilari va alohida qismlari (bo’laklari) olib qo’yilishinii shart.
Sud ijrochisining qarzdorning xatlangan mol-mulkini tassaruf qilishini yuzasidan taqiqini buzishini yoki undan foydalanishini huquqining cheklanganligiga rioya qilmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo’ladi.
Mol-mulkni ro’yxatga olishini harakatlari mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi (15-ilova).
Mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash dalolatnomasida quyidagilar ko’rsatilishinii lozim:
1) dalolatnomani tuzishini vaqti va joyi;
2) dalolatnomani tuzayotgan sud ijrochisining hamda dalolatnoma tuzishini chog’ida ishinitirok etgan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
3) ijro hujjatining rekvizitlari va mazmuni;
4) qarzdor va undiruvchining nomlari;
5) dalolatnomaga kiritilgan har bir ashyoning nomi, o’ziga xos xususiyatlari (og’irligi, o’lchovi, eskirganlik darajasi va h. k.), har bir ashyoning alohida bahosi va barcha mol-mulkning qiymati;
6) ashyolarning muhrlangani, agar u amalga oshirilgan bo’lsa;
7) agar mol-mulkni saqlash qarzdorning o’ziga yuklatilgan bo’lmasa mol-mulk saqlash uchun berilgan shaxsning nomi va manzili;
8) qarzdor va boshqa shaxslarga sud ijrochisining harakatlari yuzasidan shikoyat qilishini tartibi va muddati, shuningdek qarzdor yoki mol-mulkni saqlovchiga saqlash bo’yicha majburiyatlari va saqlashga berilgan mol-mulkni talon-toroj qilishini, boshqa shaxsga berishini yoki yashirganlik uchun javobgarlik haqida tushuntirilgani to’g’risida belgi;
9) undiruvchi, qarzdor va xatlashda ishinitirok etgan shaxslarning e’tiroz va bayonotlari hamda ular bo’yicha sud ijrochisining ko’rsatmalari.
Mol-mulkni xatlash va ro’yxatga olishini dalolatnomasida undiruv qaratilishinii mumkin bo’lmagan, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunining 52-moddasiga muvofiq qarzdorga qoldirilgan mol-mulklar ko’rsatilishinii lozim.
Shuningdek, mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash dalolatnomasida agar sud ijrochisi tomonidan mol-mulkni tasarruf etish, olib qo’yishini yoki undan foydalanishinini cheklash kabilar qo’llanilgan bo’lsa, bu haqida belgi qo’yiladi.
Ro’yxatga olishini vaqtida sud ijrochisi xatlangan ashyolarni muxrlash huquqiga ega. Qoida tariqasida, bu harakat xatlangan ashyolar qimmati pastroq ashyolarga almashtirilishinii xavfi bo’lganda, shuningdek, saqlovchilarga mol-mulkdan foydalanishini taqiqlanganda amalga oshiriladi.
Xatlash dalolatnomasida, shuningdek ro’yxatga olingan mol-mulkning materiali, o’lchamlari, ishinilab chiqarilgan vazni, savdo belgisi, ishinilab chiqarilgan sanasi va raqami, sotib olingan sanasi va uni tavsiflovchi boshqa belgilar ko’rsatib o’tilishinii lozim.
Agar mol-mulk egasida ashyolarni sotib olganligi to’g’risidagi hujjatlar saqlanib qolgan bo’lsa, dalolatnomada ularga asoslanishini lozim.
Mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi, ulardan birinchisi ijro yuritishinida qoladi, ikkinchisi esa birinchi nusxasiga imzo qo’ydirib karzdorga topshiriladi.
Xatlangan mol-mulk saqlash uchun qarzdorga emas, boshqa shaxsga topshirilsa mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash dalolatnomasi uch nusxada tuzilib, ulardan biri saqlovchiga, ikkinchisi qarzdorga berilib, uchinchisi ijro yuritishchida qoladi.
Ro’yxatga olingan mol-mulk sud ijrochisi tomonidan ro’yxatga olinishinii lozim bo’lgan mol-mulk turlariga bo’lgan talab va taklifning bozor konyukturasi holati to’g’risidagi mavjud ma’lumotlar asosida, ijro etish kunida amalda bo’lgan narxlarda baholanadi. Baholashda mol-mulkning eskirganlik darajasini inobatga olishini zarur. Qarzdor yuridik shaxs mol-mulkini baholashda mol-mulkning eskirganlik darajasini balans kitobidan kelib chikib aniqlash mumkin. Qarzdorning mol-mulkini baholash mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash daolatnomasi tuzilayotganda amalga oshiriladi.
Agar baholashda qiyinchilik tug’ilsa yoki sud ijrochisi tomonidan amalga oshirilgan baholashga taraflar e’tiroz bildirsalar, sud ijrochisi mol-mulknint qiymatini aniqlash uchun mutaxassis tayinlaydi. Bu haqda sud ijrochisi belgilangan tartibda qaror chiqaradi.
Qimmatli qog’ozlar, valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa ro’zg’or buyumlari, nodir buyumlar, asl ta’sviriy sa’nat va xaykaltaroshlik asarlari, albatta mutaxassislar ishinitirokida baholanadi, so’ngra (uch sutka ichida) ma’suliyatli saqlash uchun bankka topshiriladi, muayyan turdagi boyliklar muzeyga yoki ularning saqlanishini sharoitlarini ta’minlovchi boshqa maxsus muassasaga topshirilishinii lozimligi to’g’risida qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
Sud ijrochisi qarzdorning mol-mulkini ro’yxatga olib, xatlash harakatlarini amalga oshirishda shartli majburiy tartibda, ushbu ro’yxatga olingan va xatlangan mol-mulkka saqlovchi tayinlash masalasini hal etadi. Mol-mulk saqlash uchun qarzdorga yoki sud ijrochisi tayinlagan boshqa shaxslarga berilishinii mumkin.
Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulkini saqlovchi sifatida qarzdorning o’zi, uning oila a’zolari, undiruvchi hamda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishini organi vakillari yoki boshqa shaxslar tayinlanishinilari mumkin.
Qarzdor yuridik shaxs mol-mulkini saqlovchi sifatida qarzdor yuridik shaxsning vakillari, undiruvchi yoki boshqa shaxslar tayinlanishinii mumkin.
Mol-mulkni ro’yxatga olishini va xatlash dalolatnomasida sud ijrochisi tomonidan qarzdorning mol-mulki saqlashga berilayotgani ko’rsatib o’tilib, dalolatnomaga saqlovchining imzosi qo’ydiriladi.
Agar mol-mulkning xossalariga ko’ra undan foydalanishini uning yo’q bo’lib ketishiniiga yoki qimmati pasayishiniiga olib kelmasa, saqlovchi undan foydalanishinii mumkin. Sud ijrochisi tomonidan mol-mulkdan foydalanishini huquqi cheklangan holatlar bundan mustasno.
Saqlovchi, agar qarzdor uning o’zi yoki oila a’zolari (qarzdor yuridik shaxs bo’lsa, uning xodimi) bo’lmasa, saqlanganligi uchun tegishinili haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash uchun qilgan zarur harajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanishini orqali amalda olgan foydasi chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Xatlangan mol-mulkni realizasiya g’ilishini (muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan mol-mulk bundan mustasno) agar boshqacha holat ko’zda tutilgan bo’lmasa, xatlangan kundan boshlab ikki oy ichida uni sotishini yo’li bilan amalga oshiriladi.
Mol-mulk (ko’chmas mulkdan tashqari) shartnoma - vositachilik asoslarida yoki auksion savdosi shartlariga muvofiq realizasiya qilinadi.
Shartnoma - vositachilik asosidagi sotuv Departament yoki uning hududiy bo’limi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ixtisoslashgan savdo tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
Agar mol-mulk ikki oy ichida realizasiya qilinmasa, undiruvchiga mol-mulkni baholangan summada o’zida qoldirishini xuquqi beriladi. Bunday holat mol-mulkni bevosita undiruvchiga o’tkazishini dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi (16-ilova). Bu dalolatnoma xolislar ishinitirokida uch nusxada tuzilib, ularning biri qarzdorga, ikkinchisi undiruvchiga yuboriladi, uchinchisi ijro yuritishini hujjatlarida qoldiriladi. Undiruvchi mol-mulkni olishinidan voz kechgan taqdirda, u qarzdorga qaytariladi, ijro ishinii yuritishini esa tugatiladi.
Qarzdor qarzini va sud ijrochisi mol-mulkni olib qo’yishini, baholash va realizasiya qilishini bilan bog’liq ijro harajatlarini to’la uzganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, undiruvni amalga oshiruvchi sud ijrochisiga taqdim etgan taqdirda, olib qo’yilgan va realizasiya qilinmagan mol-mulk qarzdorga qaytariladi. Bu xollarda ijro etilmagan inkasso topshiriqlari ham qaytarib olinadi.
Qarzdorning ko’chmas mulki ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda savdo o’tkazishini yo’li bilan sotiladi.
Sud ijrochisining savdoga qo’yiladigan mol-mulkning eng kam dastlabki (boshlang’ich) narxi ko’rsatilgan buyurtmasi (17-ilova) yoki tegishinili ixtisoslashtirilgan tashkilot bilan tuzgan shartnomasi savdoni o’tkazishini uchun asos bo’ladi.
Buyurtma yoki shartnomaga kuyidagilar ilova kilinadi:
ijro hujjatining nusxasi:
sud ijrochisi tuzgan qarzdor mol-mulkini xatlash dalolatnomasining nusxasi;
ko’chmas mulk obyektini tavsiflovchi hujjatlar;
mol-mulkdan foydalanishini hukuqi yoki mulkka egalik kilishini huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari.
Uzoq muddatli ijara huquqini sotishinida sud ijrochisi ushbu bandning uchinchi qismida ko’rsatilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishinida quyidagilarni ilova kiladi:
ijara shartnomasining nusxasi;
ijara shartnomasini ro’yxatdan o’tkazganlik to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;
ijaraga beruvchining undiruvni uzoq muddatli ijara huquqiga qaratishiniga roziligini tasdiqlovchi hujjat yoki agar ijara huquqi ijaraga oluvchi tomonidan kimoshdi savdosi natijasida olingan bo’lsa, uzoq muddatli ijara huquqini ijaraga beruvchining roziligisiz o’tkazishini imkonini beruvchi hujjat.
Ammo turar joylar yoki yashash uchun mo’ljallanmagan joylar, mulk shaklidan qat’i nazar, davlatga xoinlik qilish, konstitusiyaviy tuzumga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish, terrorizm, qo’poruvchilik jinoyatlari sodir etish uchun foydalanilgan yoxud bu jinoyatlar qasddan odam o’ldirish, bosqinchilik, talonchilik yoki boshqa og’ir jinoyatlar bilan bog’liq bo’lgan hollarda bu joylar xatlanadi (JPK ning 290-m.).
Qonun xatlanishi mumkin bo’lmagan mol-mulk turlarini sanab o’tadi (JPKning 290-m va Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risidagi qonunning 52-moddasi.). Xususan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va fuqaroviy javobgar oilasining me’yorli turmushini ta’minlash uchun zarur bo’lgan uy-joy, kvartira, uy anjomlari va jihozlari, kiyim va buyumlar xatlanmaydi.
Mol-mulkni xatlash deganda nima tushuniladi? Xatlash mulkdorga yoki mol-mulkning egasiga mol-mulkni tassaruf qilish, zarur hollarda esa undan foydalanish man etilganini e’lon qilishdan yoxud mol-mulkni tortib olishdan va uni saqlab turish uchun boshqa shaxslarga topshirishdan iboratdir.
Mulkni xatlash surishtiruvchi, tergovchi qarori bo’yicha yoxud bu tergov harakatini bajarishni tergov organiga topshirishga haqli bo’lgan sudning ajrimi bo’yicha amalga oshiriladi. Xatlash to’g’risidagi qarorda yoki ajrimda u kim tomonidan, qachon va qaysi ish bo’yicha chiqarilgani, nima maqsadda va kimning mol-mulki xatlanishi lozimligi, fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun xatlanayotganda esa, xatlanayotgan mol-mulk summasi ham ko’rsatiladi.
Surishtiruvchi yoki tergovchi hukmning mulkiy undirish yoxud mulkiy yo’sindagi jazo qismining ijrosini ta’minlovchi choralarni ko’rmagan taqdirda, ishni yuritayotgan sud ularga bunday choralarni ko’rish majburiyatini yuklaydi.
Fuqaroviy da’voni qanoatlantirganda yoki boshqa mulkiy undirishlarni qo’llayotganda hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar, basharti oldin chora ko’rilmagan bo’lsa, sud hukmining shu qismi ijrosini ta’minlaydigan choralar ko’rish haqida ajrim qilishga haqlidir.
Diplomatiya vakolatxonalari binolaridagi va diplomatiya vakillariga qarashli mol-mulkni xatlashda surishtiruvchi yoki tergovchi JPK ning 90-92-moddalari talablariga rioya qilgan holda ikki nafardan kam bo’lmagan xolislar ishtirokida bayonnoma tuzadi.
Bayonnomada xatlangan barcha mol-mulkning nomi, o’lchovi, og’irligi, eskirish darajasi va boshqa o’ziga xos belgilari sanab o’tilib, mol-mulkni xatlayotgan shaxsning harakatlari to’g’risidagi va bayonnomaga kiritilgan mol-mulkning uchinchi shaxslarga tegishliligi haqidagi arzlar bayon etiladi. Mol-mulk olib qo’yilgan taqdirda aynan nimaning olinganligi va qayerga yoki kimga saqlash uchun topshirilganligi bayonnomada ko’rsatiladi.
Mol-mulkni xatlash chog’ida uni yashirish, yo’q qilib yuborish yoki shikastlashga urinishlar qilingan bo’lsa, surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan qo’llangan choralar ko’rsatilib, bayonnomada aks ettirilishi lozim.
Mol-mulk xatlanganligi to’g’risidagi bayonnomaning nusxasi mol-mulk ro’yxatga olingan shaxsga yoki uning voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga, ular bo’lmagan taqdirda, mol-mulk ro’yxatga olingan hududdagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi vakiliga topshirilib, tilxat olinadi.
Korxona, muassasa, tashkilot yoki diplomatiya vakolatxonasi hududidagi mol-mulkni ro’yxatga olish o’tkazilgan bo’lsa, mol-mulk xatlanganligi to’g’risidagi bayonnomaning nusxasi tegishli ma’muriyat yoki diplomatiya vakolatxonasi vakiliga topshirilib, qo’l qo’ydirib olinadi.
Xatlanayotgan mol-mulk surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan uning eskirish darajasini e’tiborga olib, baholash paytidagi bozor narxida baholanadi. Zarurat bo’lganda mol-mulkni baholash mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
Pullar, obligasiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar o’z qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Hukmning fuqaroviy da’vo qismi ijrosini ta’minlash uchun mol-mulkni xatlashda bayonnomaga qiymati ziyonni qoplash uchun yetarli mol-mulk kiritiladi. Bunda mulkdor yoki mol-mulk egasi, o’zining fikricha, qaysi mol-mulkni bayonnomaga kiritish zarur deb hisoblasa, shu mol-mulkni ko’rsatishga haqlidir.
Xatlangan mol-mulk olib qo’yilib, saqlash uchun fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi yoxud boshqa tashkilot vakillariga topshirilishi mumkin.
Xatlangan mol-mulk mulkdorga yoki mol-mulk egasiga, uning voyaga yetgan oila a’zolaridan biriga yoki boshqa shaxsga saqlab turish uchun qoldirilib, unga ushbu mol-mulkning to’la-to’kis saqlanishi uchun qonunda nazarda tutilgan javobgarlik tushuntiriladi va bu haqda undan tilxat olinadi.
Muomalada bo’lishi man qilingan ashyolar har qanday hollarda ham olib qo’yilishi kerak. Ularni saqlash tartibi qonun bilan belgilanadi.
Bank muassasalarida saqlanayotgan pullar, shuningdek davlat zayom obligasiyalari, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar olib qo’yilmaydi, lekin mol-mulk xatlangani to’g’risidagi qarorni yoki ajrimni olish bilanoq, ularni xarjlash operasiyalari to’xtatib qo’yiladi.
Oqlov hukmi qonuniy kuchga kirganda, jinoyat ishi tugatilganda, shuningdek fuqaroviy da’vogar o’z da’vosidan voz kechganda, mol-mulki musodara qilinmaydi. Jinoyat kodeksining moddasi bilan qayta tasnif qilinganda, shuningdek fuqaroviy da’voni qanoatlantirish yoki mol-mulkni musodara qilish ehtimolini ta’minlash yuzasidan ko’rilgan choralarga sabab bo’lgan asoslar bartaraf etilgan boshqa hollarda mol-mulkning xatlanganligi bekor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |