Sudlanganlik shaxsning faqat jinoiy jazoga tortilganligi tufayli kelib chiqadi. Jazo tayinlangan, hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan hisoblanadi. Sudlanganlik muddati-ning tugashi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi. Sudlanganlik muddatining tugashi shartli hukm qilinganlarga nisbatan, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish tarzi-dagi jazo qo‘llanilgan shaxslarga nisbatan vujudga keladi. Sudlangan shaxs jazoni o‘tagandan so‘ng rasmiy hujjatlar to‘ldirganida sudlan-ganligini yozishga majbur bo‘ladi.
Jazo bu – jinoyat sodir etgan shaxsni sodir etgan qilmishi uchun jazolashdir. Jazoning bu zo‘rlov, majburlov tomoni jinoyat-chini jismoniy, mulkiy, ma’naviy va boshqa jihatlardan ma’lum darajada cheklash va mahrum qilishdir. Sud shaxsni ozodlikdan mahrum etganda, uning istagan joyda yashash huquqini chegaralashi, muayyan mansabni egallash yoki muayyan ish bilan shug‘ullanishini cheklashi mumkin.
Jinoiy jazoning vazifasi faqatgina sodir etilgan qilmish uchun jazolash bo‘lmay, shuningdek, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash hamdir. Jinoyatchilarni tuzatish uchun tarbiya-lashning alohida vositasi bo‘lgan – jinoiy jazo choralari zarurdir. Shu-ning bilan birgalikda kam ahamiyatli va ijtimoiy xavfi katta bo‘lma-gan jinoyatni sodir qilgan shaxs, jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilinib, ma’muriy, intizomiy yoki jamoat ta’sir choralarini qo‘llash yo‘li bilan ham tarbiyalanadi.
Jinoyat huquqida jazo tizimi umumiy prinsiplar asosida tizim-lashtirilgan. Unda qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, odillilik va insonparvarlik prinsiplari mustahkamlangan. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilgan jazo tizimining quyidagi elimentlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
davlat nomidan qo‘llanilishi orqali sudlanuvchini tarbiyalash-ga, jinoiy faoliyatining oldini olishga, shuningdek, umumiy maxsus prevensiyaga erishish mumkin bo‘lgan jazo tizimini tashkil qiluvchi elementlar sifatida faqat alohida davlat majburlov choralari ko‘rsatiladi;
jazo tizimi elementlari o‘zaro bog‘liq va biri-birini to‘ldiradi. Jazo tizimining bu belgisi jazo samaradorligiga erishish uchun har tomonlama yondashishni bildiradi, ya’ni belgilangan maqsadga erishish biron bir jazo chorasini qo‘llashga emas, balki sudlanuvchiga kompleks ta’sir choralarining qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir. Bu belgi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi tegishli moddasi normalarida alternativ jazo choralarining belgilanishi yoki qo‘shimcha jazo chorasini qo‘llanishida namoyon bo‘ladi;
jinoyat qonunida belgilangan davlat majburlov choralari qat’i bo‘lib, uning kengaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Jinoyat kodeksida ko‘rsatilmagan jazo choralarining aybdorga qo‘llanishi mumkin emas. Jinoyat kodeksidagi jazo tizimiga kiritilmagan jazo chorasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismi sanksiyasiga ham kiritilishi mumkin emas;
jazo tizimiga kiritilgan jazo turlari og‘irlik darajasiga qarab joylashtirilgan bo‘lib, yengilidan og‘iriga qarab joylashtirilgan.
Jamiyatda va davlatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zga-rishlar va rivojlanish darajasi jazo tizimiga ta’sir qiladi; jazo turlari o‘zgaradi, ba’zi jazolar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, jinoyat qonunidan chiqariladi, yangi turlari esa qonunga kiritiladi.
1994-yilgi Jinoyat kodeksida, jamiyat va davlatimizda so‘nggi yillarda ro‘y bergan o‘zgarishlar e’tiborga olinib, jazo turlari quyidagicha joylashtirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |