Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

         Iroq                        Iroqda  Ikkinchi    jahon  urushidan  keyin    ham    amalda  Buyuk  Britaniya 
nazorati  davom  etdi.  1948-    yilning  15-yanvarida    Buyuk  Britaniyaning  Portsmut  shahrida 
imzolangan  shartnoma bu  holatni yanada mustahkamladi.  Shartnomaga ko'ra, urush  xavfi paydo 
bo'lgan chog'da Buyuk Britaniya Iroqni ishg'ol etish huquqini  oldi. 
   Amalda  Buyuk Britaniya irodasiga bo'ysungan qirol hukumati Iroqni  harbiy-siyosiy ittifoqqa  
tortdi. Shu  ittifoq  1955-yilning 12-oktabrida  rasmiylashdi va bu Bag'dod pakti  nomi bilan ataldi. 
   Qirol  hokimiyatining    amalda    G'arb  davlatlari  irodasini  bajaruvchiga    aylanishi  mamlakat 
harbiylari orasida norozilik tug'dirdi. 1956-yilda harbiy  qismlar orasida «Erkin zobitlar» tashkiloti 
tuzildi.  1958-yilning  14-iyulida    harbiy  to'ntarish  amalga  oshirildi.  Mamlakat  qiroli  Feysal  II 
o'idirildi. Iroq Respublika deb e'lon  qilindi. Polkovnik Abdul Karim Qosim boshchiligida  hukumat 
tuzildi. Iroq  Bag'dod paktidan chiqdi. Chet el harbiy bazalari tugatildi. Sentabr oyida agrar islohot 
to'g'risida qonun qabul qilindi.. 
   Ayni  paytda  Abdul    Karim  Qosim  mamlakatda  shaxsiy  diktatura  o'rnatishga    intildi. 
Muxolifatchi  kuchlarni  qatag'on  qilish siyosatini yuritdi.  Tashqi  siyosatda esa Quvaytga nisbatan 
hududiy  da'vo  bilan  chiqdi.  Bu  hol  uning    arab  dunyosida  yakkalanib  qolishiga  olib  keldi. 
Mamlakatda hokimiyat uchun  kurash kuchaydi.  
  Buning  natijasida    1963-yilning  8-fevralida  navbatdagi  harbiy  to'ntarish    o'tkazildi.  Abdul 
Qosim    va  uning  yaqin  tarafdorlari  o'idirildi.  Hokimiyat tepasiga  Baas  partiyasi  (Arab  sotsialistik  
uyg'onish partiyasi) va Abd as- Salom Arafa boshchiligidagi harbiy guruh keldi.    Arafa prezident 


 
216 
deb  e'ion  qilindi.    Ammo  u  ham    mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyoti  xususida  turli  siyosiy 
guruhlar birligini ta'minlay olmadi. 
 Mamlakatda  siyosiy  beqarorlik  davom  etdi.  Kurd  muammosi  ichki  vaziyatni  yanada 
murakkablashtirdi. 
   Shunday  sharoitda  Arafa  18-noyabr  kuni  yangi  davlat  to'ntarishi  o'tkazdi  va  butun 
hokimiyatni o'z qo'liga  oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e'ion qildi. Yagona siyosiy 
partiya  —  Iroq  arab  sotsialistik  ittifoqi  tuzildi.  Boshqa  partiyalar  faoliyati  taqiqlandi.  Ichki 
siyosatdagi chet el kapitaliga  qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy 
harakatlarni  to'xtatish  haqida  bitimga  erishildi.  Biroq  muxolifat  kuchlarga  qarshi    qatag'on 
kuchaytirildi. 
    Tashqi  siyosatda  qo'shni  arab  davlatlari  bilan  munosabatlar  normallashtirildi.  Lekin  Arafa 
hukumati davlatning  iqtisodiy ahvolini  yaxshilay  olmadi.  Buning  asosiy  sababi  harbiy  xarajatning 
ko'paytirilganligi bo'ldi.  
 1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkablashtirdi.      Bu hol 
armiyadagi turli  xil guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurashni    yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat, 
1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana  navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan 
Baas  partiyasi    yana  hokimiyat  tepasiga  keldi.  Bu  voqea  siyosiy  adabiyotlarga  «Iyun  inqilobi»  
nomi bilan kirgan.  General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini  egalladi. 
    Yangi  hukumat  iqtisodiyotda  davlat  sektorini  yaratish    yo'lini  tutdi.    Radikal  agrar  islohot 
o'tkazishni,  kurd    muammosini  tinch  yo'l  bilan  hal    etishni  e'ion  qildi.    1972-yilda  katta  yer 
egalaridan ortiqcha yerlarni olish  vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum» 
neft kompaniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi.  
    1973-yilda  chuqur  ijtimoiy-iqtisodiy  o'zgarishlarni  amalga  oshirish  uchun    turli  siyosiy 
kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar  milliy vatanparvarlik  fronti tuzildi.  1974-yilda  kurd  xalqi 
muxtoriyatni  amalga  oshirish  haqida    qonun  qabul  qildi.  Muxtoriyat  hududida  kurd  tili  rasmiy  til 
deb tan olindi. 
    Tashqi siyosatda arablar birligiga ko'maklashish oldingi o'ringa chiqdi.  Xususan,  Iroq 1973-
yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam  berdi.  Uning  armiyasi Damashqning Isroil 
qo'shinlarini mag'lubiyatga  uchratishida muhim roi o'ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish 
yo'lini  tutdi. 
    Bu  yaqinlashuv  1972-yilda    ikki  davlat    o'rtasida  do'stlik  va    hamkorlik    to'g'risidagi 
shartnoma  bilan  mustahkamlandi.  SSSRning  yordami  bilan    Iroqda  80 ta  iqtisodiy  obyekt  qurildi.     
1979-yil  oxirida  hokimiyatni  gкnerai    S.  Husayn  egalladi.  U  mamlakatda    diktatura  o'rnatdi. 
Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni  «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy  
xarajat har qachongidan  ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.  
    Iroqning  qudrati  qo'shni  davlatlarni  tashvishga  solib  qo'ydi.  Chunki    avantyurist  S. 
Husayndan  hamma  narsani  kutish  mumkin  edi.  Chunonchi,    1980-yilda  u  Eronga  hududiy  da'vo 
bilan  chiqdi.  Bu  hol  Iroq  —  Eron  urushini    keltirib  chiqardi.  Urush  8  yil  davom  etdi.  Har  ikki 
tomon  minglab qurbon    berdilar.  Katta iqtisodiy  talafot ko'rdilar.  Iroq  maqsadiga erisha olmadi.  
Eron o'z hududi daxlsizligini himoya qila oldi. 
    1990-yil  avgustida  S.  Husayn  yana  bir  avantyuraga  qo'l  urdi.  U  Quvaytni  bosib  olish 
maqsadida  armiyasini  bu  mamlakatga  kiritdi.  Biroq  xalqaro  hamjamiyat  bunga  befarq  qarab 
turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq  rahbariyatidan qo'shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni 
talab qildi. Ammo  bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga  olib 
keldi. 
    1991-yilning  17-yanvarida  bu    ittifoq    harbiy  kuchlari  (asosan  AQSH    armiyasidan  iborat) 
Iroq  armiyasiga hujum  boshladi va uni tor-mor etdi.  Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi. 
   Ammo  S.  Husayn  Iroqdagi o'z hokimiyatini va yakka hukmronligini  mustahkamlab bordi. 
Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan  ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarishga 
imkon beruvchi  manbalarni  tugatishni talab etdi. 
   Qaysar  S.    Husayn    bu  haqli  talabni    inkor  etdi.  Bunga  javoban  Iroqqa    nisbatan  iqtisodiy 
sanksiya  chorasi  ko'rildi.  Unga  ko'ra,  Iroq  neftini  sotish    minimum  darajada  cheklab  qo'yildi. 
Xalqning ahvoli og'irlashdi. 


 
217 
   AQSH    Iroqni  harbiy  kuch  yordamidagina  xalqaro    huquq  normalarini    hurmat  qildirish 
mumkin,    deb  hisobladi    va  2003-yil  iyun  oyida  Angliya    ko'magida  Iroqqa  hujum  boshlab,  S. 
Husaynni tor-mor qildi.  Koalitsiyachilar  hamon  o'z qo'shinlarini Iroqda saqlab turibdilar.  AQSH 
Iroqning  butun    boyligiga,  ayniqsa,  katta  miqdordagi  neftiga  ega  bo'ldi.  Iroqda  vaziyat  keskin  
bo'lib,    kelgindilarga  qarshilik  ko'rsatish  to'xtamayotir.  Xalq  esa  urush  jarohatlarini  tiklamoqda. 
2006-yil  noyabrda  S.  Husayn  o'limga  hukm  qilindi.    Bosh  vazir  Ayyad  Alaviy  amerikaparast 
siyosat yuritmoqda. 
     1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon оbn Saud qo`shini deyarli butun 
Arabistonni  egalladi.  1932-yilda  esa  Ibn  Saud  Saudiya  podsholigi  tuzilganligini  e'lon  qildi.  Shu 
tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.  
   Saudiya  Arabistoni  hududi  Islom  dinining  markazidir.  Musulmonlar  uchun    muqaddas  
hisoblangan  Makka  va  Madina  shaharlari  shu  davlat  hududida  joylashgan.  Saudiya  Arabistoni 
mutlaq  monarxiya davlatidir.  Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning  neftga  boy davlatlaridan  
biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935-  yildan boshlab  AQSH 
neft  kompaniyalari  neft  qazib  chiqarish  bilan    shug'ullana  boshladi.  Shu  yili  neft  qazib  chiqarish 
bo'yicha arab – amerika  kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan  boshlab esa neftni sanoat asosida qayta  
ishlash boshlandi. 
   1964-yilda  podsholik  taxtiga  Faysal  ibn  Saud  o'tirdi.  U  mamlakatni    zamonaviylashtirish  va  
liberallashtirish  siyosatini  yurita    boshladi.  Zamonaviylashtirish  deyilganda,  zamonaviy 
iqtisodiyotni  vujudga  keltirish  tushunilar    edi.  U  milliy  neft  sanoatini  yaratishga  kirishdi.  Arab  - 
amerika  neft  kompaniyasi    (ARAMKO)  qarorgohi  Saudiya  Arabistoniga    ko'chirildi.  1973-yilda 
Arab —  amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan  boshlab kompaniya  daromadida 
Saudiya  Arabistoni  hissasi  51  foizni  tashkil  etishiga  erishildi.    1999-yilda  esa  kompaniya  to'la 
Saudiya  mulki  bo'lib  qoldi.  286        Podsho  hukumati  aholi  turmush  darajasini  yaxshilashga 
qaratilgan  qator tadbirlarni  amalga  oshirdi.  Chunonchi,  mehnat  qilish  huquqi  kafolatlandi.  Zamon 
ruhiga  mos  mehnat  qonuni  joriy  etildi.  Oddiy  kishilar  uchun  arzon  turarjoylar  qurildi.  Yuqori  ish 
haqi to'lanishi kafolatlandi. 
    Tekin  tibbiy  xizmat  joriy  etildi.  Chet  elda  davolanish  zaruriyati  tug'ilganda  davlat  uning 
xarajatini o'z bo'yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy o'rta ta'lim amalga oshirildi. O'g'il  
o'quvehi bola uchun uning  oilasiga kompensatsiya to'lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-
Saud  (1982-  yilda  taxtga  o'tirgan)  ham  Faysal  siyosatini    davom  ettirdi.  Bugungi  kunda  davlat 
daromadining  92  foizi  neftdan  kelmoqda.  Xususan,    1995-yilda  50  mlrd  dollarlik  neft  sotilgan 
bo'lsa, mamlakatga 30 mlrd dollarlik xalq iste'mol tovarlari olib kelindi. 
    Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasini o'zlashtirishga qodir 
emas.  Shuning  uchun  topilgan  daromadning  bir  qismi  chet  el  banklarida  saqlanadi  hamda  qarzga 
beriladi.    Bu  hol  Saudiyaning  dunyo  iqtisodiy  taraqqiyotida  sezilarli  roi  o'ynashini  ta'minlab 
kelmoqda.     2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o'rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin 
Abdulaziz as Saud egalladi. 
        Tashqi  siyosat.                      Saudiya  podsholigining  asosiy  ittifoqchisi,  hamkori  AQSHdir  
Ayni  paytda  arab    davlatlari  va  boshqa  musulmon  davlatlari  bilan  ham  hamkorlik  qiladi.  Har  yili 
budjetning 10 foizi miqdorida musulmon davlatlariga yordam ko'rsatmoqda.    Arab davlatlarining 
AQSH  taklifi    asosida  Isroil  bilan  munosabatlarini  qayta  qurishda  Saudiya  Arabistoni  katta    roi 
o'ynadi.  Xususan, 1979-yilda 
Misr  —  Isroil  o'rtasida  Kemp-Devid  shartnomasining    imzolanishi  bevosita  Saudiya 
podsholigining  Misrga  ko'rsatgan  ta'siri  oqibati  bo'ldi,  deyish  mumkin.  Iroqni  Quvaytdan  quvib 
chiqarish bilan bog'liq xalqaro operatsiyada ham Saudiya podsholigi o'ziga xos roi o'ynadi. 
   Saudiya  —  O'zbekiston  munosabatlari    ham  yildan-yilga  rivojlanib  bormoqda.  Har  yili 
O'zbekistonning 3000—4000 fuqarosi muborak haj safariga borib kelmoqda. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish