Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

        Suriya                 Suriya 1941-yilning 27-sentabrida  mustaqil davlat deb  e`lon qilingan 
bo'lsa-da,  ingliz  -  fransuz  armiyasi  mamlakat  hududida  qola  bergan  edi.  1946-yil  Suriya  Buyuk 
Britaniya va Fransiyaning o'z qo'shinlarini olib chiqib ketishi haqida BMTga murojaat etdi. 
   Buning natijasida 1946-yilning 17-aprelida Buyuk Britaniya va Fransiya o'z qo'shinlarini  olib 
chiqib    ketishga  majbur  bo'ldilar.  Shu  tariqa    Suriya  suvereniteti  to'la  tiklandi  va  17-aprel  Milliy 
bayram kuni bo'lib qoldi.  


 
218 
   Biroq Suriya hukumati mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta'minlay olmadi. Bu esa 1949-yilda 
ketma-ket  3  marta  davlat  to'ntarishi  ro'y  berishiga  olib  keldi.  1951-yil    noyabrida  esa  polkovnik 
Shishaklining  harbiy    diktaturasi  o'rnatildi.  Biroq  bu  diktatura  uzoq  yashamadi.  1954-yilda  u 
ag'darildi.  
1956-yilda  Shukri  Quatli  prezident  etib  saylandi.  U  Misr  va  Saudiya  davlatlari  bilan  yaxshi 
munosabat o'rnatdi.  1956-yilda  Misrga  qarshi  uchlar  agressiyasi  davrida  Misrga  yordam  ko'rsatdi.    
Ayni  paytda  SSSR  bilan  ham  munosabatlari  mustahkamlanib  bordi.  Murakkab  xalqaro  sharoit,  
harbiy  agressiya    xavfi  Suriyani    Misr  bilan  birlashishga  majbur  etdi.  1956-yilning  fevral  oyida 
Suriya  va  Misr  yagona  davlatga  birlashdilar.  Bu  davlat  Birlashgan  Arab  Respublikasi  deb  ataldi. 
Misr  prezidenti  Jamol  Abdul  Nosir  BAR  prezidenti  etib  saylandi.  Biroq  bu  birlik  uzoq  davom 
etmadi.  Suriyada  hamma  tabaqalar  ham,  jumladan,  harbiylarning  aksariyat  qismi  birlashuvdan 
birday manfaatdor emas edi. 
   1961-yilning  8-martida  Bass  (Arab  sotsialistik  uyg'onish  partiyasi)  a'zosi  bo'lgan  zobitlar 
guruhi davlat to'ntarishi o'tkazdilar. Hokimiyat Milliy inqilobiy qo'mondonlik kengashi qo'liga o'tdi. 
1966-yil  23-fevralda  hokirniyatni  general  Hafiz  Asad  egalladi.  U  hayotining  deyarli  oxirigacha 
prezidentlik lavozimini egallab keldi (2000-yil). 
   Uning  vafotidan  keyin  o'g'li  Bashar  al-Asad  prezidentlik  lavozimiga  keldi.  1967-yilda  arab-
isroil munosabatlari yanada keskinlashdi. Tez orada urush harakatlari boshlanib  ketdi. Bu urushda 
Suriya  o'z  hududining  bir  qismini  yo'qotdi.  1973-yilgi  arab  -  isroil  urushida  ham  bu  hududlarni 
qaytarib  olishga  muvaffaq  bo'linmadi.    Suriya  Isroil  bilan  sйparвt  shartnoma  tuzishga  uzoq  yillar 
qarshi bo'lib keldi. 
   Bu  qoida  hamon  davom  etmoqda.  «Tinchlik  evaziga  bosib  olingan  yerlarni  qaytarib  olish» 
tamoyili  ostida  o'tkazilgan  Suriya-Isroil  muzokaralari  natijasiz  tugadi.  Suriya  -  Isroil 
munosabatlarida urush holatining davom etishi Suriyani mudofaaga katta mablag' sarflashga majbur 
etmoqda. 
   Suriya  o'z  qo'shnisi  Livanga  ham  harbiy  yordam  ko'rsatib  kelmoqda.    Misr    1922-yildan 
boshlab  mustaqil  hisoblansa-da,    amalda  Buyuk  Britaniya  mustamlakasi  edi.  Vatanparvar  kuchlar 
bu holatga chek qo'yish uchun kurashga birlashdilar. Ular ichida «Ozod zobitlar» yashirin tashkiloti 
alohida roi o'ynadi. 1952-  yilning 23-iyulida J. A. Nosir boshchiligida Qohira garnizoni qo'zg'olon 
ko'tardi.  Podsho  Farrux  taxtdan  ag'darildi.    Hokimiyat  Inqilobiy  qo'mondonlik  kengashi  qo'liga 
o'tdi. 
   1953-yilning  iyun    oyida    Misr  Respublikasi  e'lon  qilindi.  1956-yilda  davlatning  yangi 
konstitutsiyasi  qabul  qilindi.  J.  A.  Nosir  mamlakat  prezidenti  etib  saylandi  va  1970-yilgacha 
mamlakatni  idora  qildi.  Dastlabki  yilning  iyun  oyidayoq  Suvaysh  kanali  milliylashtirildi. 
Mamlakatda agrar islohot o'tkazildi. Bunga  chiday olmagan  G'arb davlatlari Misrga qarshi uchlar 
agressiyasini  uyushtirdilar  (Buyuk  Britaniya,  Fransiya  va  Isroil).  Bu  haqda  oldingi  mavzuda 
ma'lumot berilgan. 
   Misr  tashqi  siyosatda  qo'shilmaslik  harakatida  faol    qatnashdi.  Shuning  bilan  bir  qatorda 
SSSR bilan munosabatlarini har tomonlama mustahkamladi.  
  Yaqin  Sharq  muammosi  tufayli Misr  4 marta arab — isroil urushiga tortildi.     Va, nihoyat,  
1979-yilda  imzolangan    Kemp-Devid  shartnomasi    tufayli  Isroil    bilan  tinchlikka  erishdi.  Isroil 
bosib  olgan    hududlarni    qaytarib  oldi.  1981  –yilda    ekstremistlar  tomonidan  otib  o'idirilgan    A. 
Sadat o'rniga  kelgan Misr Prezidenti  H. Muborak (1928-yilda tug'ilgan) Falastin  arab  xalqining 
mustaqil  davlatga  ega  bo'lish    yo'lidagi  kurashini  qo'llab-quvvatlab    kelmoqda.  Arab  davlatlari 
birligini  mustahkamlashga  intilmoqda.    2005-yil    sentabridagi  birinchi  umumxalq  saylovida    H. 
Muborak g'olib  chiqdi.  Ayni paytda  Misr Afrika qit'asining,  arab dunyosining  eng rivojlangan, 
qudratli davlatlaridan biri.  O'zbekiston  bilan  yaxshi munosabatlar  o'rnatgan. 
       Jazoir                 Jazoir Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Fransiya mustamlakasi  bo'lib 
qola  berdi.    Inqilobiy    vatanparvar  kuchlar  1954-yilda  «birlik  va  harakat  qo'mitasi»  tuzdilar.  
Keyinchalik  u  «Milliy  ozodlik  fronti»  (MOF)  deb  ataldi.  Uning  rahbarligida    1-noyabrda  qurolli 
qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon umummilliy inqilobga  aylanib ketdi. 
   1958-yilning  19-sentabrida  Jazoir  Respublikasining  Muvaqqat  hukumati    tuzildi.  Fransiya 
mustamlakachi    ma'muriyati  ozodlik    kurashini  qonga    botirishga  harakat  qildi.  Biroq  jahon 
hamjamiyati  Jazoir  xalqining  ozodlik      kurashini  qo'llab-quwatladi.  Mustaqillik  uchun  kurashda 


 
219 
Jazoir xalqi juda  katta qurbonlar berdi. Ozodlik kurashi davomida 1 min dan ortiq jazoirlik  halok 
bo'ldi.  2    min  kishi  turli  konslagerlarga  tashlandi.  Va,  nihoyat,  1962-yilning  1-iyulida    Jazoir 
mustaqil  Xalq  Demokratik    Respublikasi  deb    e'ion  qilindi.  Ozodlik    kurashining  arbobi,  MOF 
rahbari  Ahmad  Ben  Bella  yangi  hukumatni  boshqardi.  Mustaqil  taraqqiyot  yo`li  oson  kechmadi. 
Xususan,  1965-yilda  MOF  rahbariyati  tarkibida  bo'linish  yuz  berdi.  Mamlakat  Prezidenti  Ahmad 
Ben  Bella taraqqiyotning libiral yo'li tarafdori edi.  Mamlakatda qattiqqo'llik bilan siyosat yuritish 
tarafdorlari mudofaa vaziri X. Bumeden  (1925—1978) atrofida birlashdilar. 
   Ular  1965-yilning    19-iyunida  davlat    to'ntarishi  o'tkazdilar.    Butun    hokimiyatX.  Bumeden 
qo'lida to'plandi. 1978-yildaX. Bumeden vafot etgach, Sh. Benjadid  Prezident  lavozimini egalladi. 
MOF  hukmronligi  yillarida  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy  hayotida  tub  o'zgarishlar  ro'y  bermadi. 
Buning sababi o'z vaqtida  zarur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy  islohotlarning o'tkazilmaganligi edi. 
   Bu  holat  MOF  obro'sini  tushirib  yubordi.  Ijtimoiy  adolatni  kuchaytirish  talabi  mamlakatda 
diniy  harakatlar  mavqeyini  mustahkamladi.        1989-yilda  MOF  hokimiyatga  bo'lgan  monopol 
huquqidan  voz  kechishga  majbur  bo'ldi.  Muxolifat  partiyalar  faoliyatiga  ruxsat  etildi.  1989-yilda 
tuzilgan «Milliy qutqarish islom fronti» (MQIF) ning obro'si kundan-kunga o'sib bordi. Shu yiliyoq 
bu diniy partiya  mahalliy saylovlarda g'olib chiqdi. 
1991-yilning  noyabr  oyida  o'tkazilgan  umumiy  parlament  saylovida  ham  bu  partiya  MOFni 
mag'lubiyatga  uchratdi.    Biroq  armiya  oliy    qo'mondonligi  saylov  natijalarini  tan  olmadi.    Sh. 
Benjadid  iste'foga  chiqishga  majbur  bo'ldi.    Uning  o'rniga    1991-yil  noyabrda  M.  Budiar  o'tirdi.  
1992-yil  2-iyunida  armiya  davlat  to'ntarishi  o'tkazdi,  M.  Budiar  o'idirildi.  Ali  Karini  hokimiyatni 
egalladi.    MQIF  faoliyati  taqiqlandi.  Diniy  ekstremistlar  terrorni  avj  oldirdilar.  Buning  oqibatida 
100  mingdan  ortiq  fuqaro  halok  bo'ldi.  Jazoirda  hamon  siyosiy  barqarorlik  ta'minlangani  yo'q. 
Abdulaziz Buteflika  mamlakat prezidenti lavozimida ishlamoqda. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish