Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
 
1. Umumiy tavsif                         
 Ikkinchi  jahon urushidan  keyin  Arab  xalqlari  milliy-ozodlik kurashi  yanada kuchaydi. Qator 
davlatlarda  (Misr,  Iroq,  Liviya,  Yaman)  mustamlakachi  davlatlar  qo'g'irchog'iga  aylanib  qolgan 
hukmron  doiralar  hokimiyati  ag'darildi.  Dastlab  Jazoir,  Marokash,  Tunis  va  Sudan  kabi  davlatlar  
mustaqillikni  qo'lga  kiritdilar.    Chet  el  kapitali  egallab  olgan    milliy  boyliklar    (Misrda  Suvaysh 
kanali  kompaniyasi,  Iroqda  neft  kompaniyasi  —  Iroq  petroleum)  milliylashtirildi.        Mustaqil 
davlatlar  ijtimoiy-siyosiy  ittifoqlarga  qo'shilmaslik  siyosatini  yuritdilar.  Biroq  arab  davlatlarining 
o'zaro  munosabatlari  o'tgan  tarixiy  davr  mobaynida  jiddiy  sinovlarga  duch  keldi.  Bu  munosabat 
ba'zan  do'stona,  ba'zan    raqobat,    hatto    dushmanlik  tusini    ham    oldi.  Ayni  paytda    arab 
davlatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasi ham bir xil emas. 
   Arab davlatlarining ba'zilarida (Iroq va Suriya) uzoq vaqt yakka shaxs diktaturasi hukm  surdi 
yoki  hukm  surmoqda.  Falastin  arab  xalqi  esa  hamon  o'z  mustaqil  davlatiga  ega  emas.  Biroq    bu  
xalq  o'z davlatiga ega bo'lish yo'lida qat'iy kurash olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi deyarli 
barcha  arab  davlatlari  bilan    teng  manfaatdorlik    tamoyili  asosida  munosabatlarni  rivojlantirib 
kelmoqda. 
   «Yaqin  Sharq  muammosi»  deyilganda  isroil-arab  munosabatlari,  Isroilning  bosib  olgan  arab 
davlatlari  yerlarini  qaytarib    berishi    hamda  mustaqil  Falastin  arab  davlatini  tashkil  etish  bilan 
bog'liq  muammolar,  shuningdek,  arab  davlatlari  va  Isroilning  yaxshi  qo'shnichilik  munosabatlari 
asosida yashashmasalalari tushuniladi.  
   1947-yil  29-noyabrda  BMT  Falastinda  ikki  davlat  —    Isroil  yahudiy  va  Falastin  —    arab  
davlati  tashkil  etish  haqida  qaror  qabul    qildi.  Versal  konferensiyasidayoq  (1919-yil)  Buyuk 


 
214 
Britaniya Falastinni boshqarish va u yerda yahudiylar  davlatini  tashkil etish  mandatini olgan edi. 
Bu  davrda  Falastinda  100  mingga  yaqin  yahudiy  yashardi.    Dunyo  bo'ylab    tarqalib  ketgan 
yahudiylarni  bir  joyga  —  Falastinga  to'plashda    ularning    xalqaro tashkiloti    katta  roi  o'ynadi.  Bu 
tashkilot Sion tashkiloti deb ataladi.  (Bu nom Falastindagi Sion tog'i nomidan olingan, bu tashkilot 
yahudiylarni shu atrofda to'planishga da'vat etadi.) Ayni paytda sionizm g'oyasi ham vujudga keldi. 
   1942-yili Falastindagi yahudiylar soni 0,5 min  ga yetdi. Ulardan yaxshi harbiy tayyorgarlikka 
ega,  AQSH  va  Buyuk  Britaniya  tomonidan  zamonaviy  qurollar  bilan    qurollantirilgan  armiya 
tuzildi. Yahudiylar arablar uchun ajratilgan hududlarni ham ishg'ol qilib oldilar. 
   1948-yilning 14-mayida yahudiy sionistlar rahnamosi Ben Gurion Isroil davlati tuzilganligini 
e'ion qildi. Tel-Aviv  shahri  bu davlatning poytaxti  bo'lib Yaqin Sharq    muammosi qoldi.  Falastin 
arab davlati esa tuzilmay qoldi. Buning oqibatida 1948-yil   birinchi  isroil  - arab urushi  yuz  berdi. 
Bu urushda ishtirok etgan arab davlati  armiyasi yengildi. Chunki ular qoloq, zamonaviy armiyaga 
ega bo'lmagan  davlatlar edi. 
   Yahudiylar Falastin  arablarini o'z yerlaridan quvib chiqaraboshladilar.  Buning natijasida 0,5 
ming falastinlik arablar Livan davlati hududiga qochib   o'tishga majbur bo'ldi. Misr, Suriya, Livan 
va Iordaniya Isroil bilan tinchlik  shartnomasini imzolashga majbur bo'ldilar.   
  Dunyo sionistik tashkilotlari ko'rsatgan moliyaviy yordam, Germaniyaning Isroilga  to'lagan  1 
mlrd.  dollar  miqdordagi  tovoni    hamda  AQSH    ko'rsatgan  katta  yordam  tufayli  Isroil  qisqa    vaqt 
ichida  qudratli  armiyaga    ega  davlatga  aylandi.  Yaqin  Sharq  strategik  xomashyo  —  neftga  boy 
o'ika.    U  yerda  jahon  neft  zaxirasining  50  foizi  mavjud.  AQSH    bu  o'ikani  o'z    hayotiy  manfaati 
doirasiga  kiritgan.  Ayni  paytda  unga  bu  hududda  ishonchli    ittifoqchi  ham  zarur  edi.  Isroilni  ana 
shu ittifoqchilikka eng mos davlat  sifatida tanladi. 
   Arab davlatlari esa qoloqligicha qolaverdi. Buning ustiga arab davlatlari  o'rtasida mustahkam 
ittifoq ham yo'q edi. Buning asosiy sababi mustamlakachi davlatlarning arablarga mustaqillik berish 
davrida  bir  arab  davlati    hududining    bir  qismini  ikkinchi  arab  davlati  hududiga  qo'shib 
yuborganligi    edi.    Ikkinchidan,  Saudiya  Arabistoni,  Iroq  (1958-yilgacha),  Iordaniya  davlatlarida  
hukmron  sulolalar  o'zaro    nizoda  edilar.    Livanda  esa  davlat    boshqaruvi  diniy  jamoachilik 
tamoyiliga  asoslanganligi  uchun  ularning  har    biri  o'z  manfaatini  umumarab  manfaatidan  ustun 
qo'yardilar. 
    Yaqin  Sharq  muammosi  Buyuk  Britaniya  va  Fransiyani  ham  befarq  qoldirmadi.  Bu  ikki 
davlat ham Yaqin Sharqdagi manfaatlaridan voz kechishni aslo istamas edi. Ular arab davlatlarida 
hokimiyat tepasida  o'zlariga sodiq hukumatlarning turishi  uchun barcha choralarni ko'rdi. 
   Manfaatlariga  katta  xavf  tug'ilgan  paytda  ular  agressiya  uyushtirishdan  ham  tap  tortmadilar. 
Chunonchi,  1956-yilda  shunday  bo'ldi.  Shu  yil  oktabr  oyida  Buyuk  Britaniya,  Fransiya  va  Isroil 
Misrga  qarshi    agressiya  uyushtirdilar.    Faqatgina  SSSRning  Yaqin  Sharqda  tinchlikni  tiklash 
uchun  zarur    bo'lsa  kuch  ishlatishga  tayyor  ekanligi  haqidagi  qattiq  bayonoti  agressiyani 
to'xtatishga majbur etdi. Falastin arab xalqi kurashini to'xtatgani yo'q.  1964-yilda  Livan hududida 
Falastin ozodlik Tashkiloti (FOT) tuzildi. 
   Bu  tashkilot o'z  oldiga  mustaqil  Falastin davlatini tuzish vazifasini qo'ydi. Tez  orada u 15 
minglik yaxshi tayyorgarlik ko'rgan armiyaga ega bo`ldi. 
   1967-yilning 5-iyunida Isroil Misrga yana hujum qildi. Bu urushda Misr armiyasiga juda katta 
talafot yetkazildi. Urush  6 kun davom etdi. Shu davr    Arab  —  Isroil  munosabatlarining  keyingi 
ahvoli  ichida Isroil o'z hududidan 2 baravar katta bo'lgan arab davlatlari hududlarini  bosib oldi. Bu 
hududlar  keyinchalik anneksiya  ham qilina  boshlandi.     Misr Sinay  yarim orolini, Suriya  Jo'lan 
tepaligini, Iordaniya esa Iordan   daryosining g'arbiy qirg'og'ini boy berdi.  SSSR 10  yil davomida 
Misr  va    Suriyaga  yetkazib  bergan  harbiy  texnikaning  deyarli  barchasi  Isroil  qo'liga    o'tdi.  G'azo 
sektori  va  Falastin  davlati  poytaxti  bo'lishi  kerak  bo'lgan  Quddus      shahrini  ham  (arablar 
yashaydigan  qismi)  Isroil  egalladi.    Bu  mag'lubiyat    boshqa  arab  davlatlarini  tashvishga  solib 
qo'ydi. 
    1967-yil  Sudanda  arab  davlatlari  rahbarlarining  oliy  darajadagi  uchrashuvi    o'tkazildi.  
Uchrashuvda Isroil bilan  muzokara o'tkazmaslik; Isroilni tan   olmaslik va u bilan sйparвt tinchlik 
shartnomasini  imzolamaslik    haqida    qaror  qabul  qilindi.  Ayni  paytda,  agar  Isroil  davlati  Falastin 
arab xalqiga o'z davlatini tuzish imkonini bersa hamda bosib olingan yerlarni qaytarsa, bu  qarorni 
bekor qilish  mumkinligini qayd etdi.  


 
215 
    Isroil  ittifoqchilari  ham  qo'l  qovushtirib  o'tirmadi,  albatta.  Ular  Isroilga    katta  miqdorda 
yordam ko'rsatishni davom ettirdilar.  1969— 1979-yillar  oralig'idagi 10 yil ichida Isroil 20  mlrd 
dollarlik  yordam  oldi.  Hukumat    bosib  olingan  hududlarga  yahudiylarni  joylashtirish  siyosatini 
yuritdi. 
    Arab davlatlari ham  o'zlarining harbiy salohiyatlarini  mustahkamlash  choralarini ko'rdilar. 
SSSR ularga'zarur harbiy texnika yetkazib berdi. 
    1973-yil  6-oktabrda  yana  arab  —  isroil  urushi  boshlandi.  Shu  kuni  Misr-  Suriya  armiyasi 
Isroilga  hujum  qildi.  Arab  qurolli    kuchlari  birinchi  bor    Isroilni  og'ir  ahvolga  solib  qo'ydi.    Ayni 
paytda FOTning xalqaro  obro'si  oshib bordi.  1974-yilda arab davlatlari uni falastin arab xalqining 
yagona  vakili, deb tan oldilar. FOTga BMTda kuzatuvchi maqomi berildi. 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish