Tashqi siyosat.
Saudiya podsholigining asosiy ittifoqchisi, hamkori AQSHdir
Ayni paytda arab davlatlari va boshqa musulmon davlatlari bilan ham hamkorlik qiladi. Har yili
budjetning 10 foizi miqdorida musulmon davlatlariga yordam ko'rsatmoqda. Arab davlatlarining
AQSH taklifi asosida Isroil bilan munosabatlarini qayta qurishda Saudiya Arabistoni katta roi
o'ynadi. Xususan, 1979-yilda
Misr — Isroil o'rtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanishi bevosita Saudiya
podsholigining Misrga ko'rsatgan ta'siri oqibati bo'ldi, deyish mumkin. Iroqni Quvaytdan quvib
chiqarish bilan bog'liq xalqaro operatsiyada ham Saudiya podsholigi o'ziga xos roi o'ynadi.
Saudiya — O'zbekiston munosabatlari ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Har yili
O'zbekistonning 3000—4000 fuqarosi muborak haj safariga borib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |