216
deb e'ion qilindi. Ammo u ham mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti xususida turli siyosiy
guruhlar birligini ta'minlay olmadi.
Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Kurd muammosi ichki vaziyatni yanada
murakkablashtirdi.
Shunday sharoitda Arafa 18-noyabr kuni yangi davlat to'ntarishi o'tkazdi va butun
hokimiyatni o'z qo'liga oldi. U mamlakatda «arab sotsializmi» qurishini e'ion qildi. Yagona siyosiy
partiya — Iroq arab sotsialistik ittifoqi tuzildi. Boshqa partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ichki
siyosatdagi chet el kapitaliga qaram kompaniyalar milliylashtirildi. Kurd separatchilari bilan harbiy
harakatlarni to'xtatish haqida bitimga erishildi. Biroq muxolifat kuchlarga qarshi qatag'on
kuchaytirildi.
Tashqi siyosatda qo'shni arab davlatlari bilan munosabatlar normallashtirildi. Lekin Arafa
hukumati davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. Buning asosiy sababi harbiy xarajatning
ko'paytirilganligi bo'ldi.
1967-yilgi Isroil agressiyasi mamlakat iqtisodiy ahvolini yanada murakkablashtirdi.
Bu hol
armiyadagi turli xil guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurashni yanada kuchaytirdi. Va, nihoyat,
1968-yil 17-iyul kuni harbiylar yana navbatdagi davlat to'ntarishini amalga oshirdilar. Taqiqlangan
Baas partiyasi yana hokimiyat tepasiga keldi. Bu voqea siyosiy adabiyotlarga «Iyun inqilobi»
nomi bilan kirgan. General Ahmad Hasan al-Bakr prezidentlik lavozimini egalladi.
Yangi hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini yaratish yo'lini tutdi. Radikal agrar islohot
o'tkazishni, kurd muammosini tinch yo'l bilan hal etishni e'ion qildi. 1972-yilda katta yer
egalaridan ortiqcha yerlarni olish vazifasi nihoyasiga yetkazildi. Shu yil 1-iyunda «Iroq petroleum»
neft kompaniyasi milliylashtirildi. Keyingi yillarda barcha neft sanoati milliylashtirildi.
1973-yilda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarni amalga oshirish uchun turli siyosiy
kuchlarni birlashtirgan Taraqqiyparvar milliy vatanparvarlik fronti tuzildi. 1974-yilda kurd xalqi
muxtoriyatni amalga oshirish haqida qonun qabul qildi. Muxtoriyat hududida kurd tili rasmiy til
deb tan olindi.
Tashqi siyosatda arablar birligiga ko'maklashish oldingi o'ringa chiqdi. Xususan, Iroq 1973-
yilda Suriyaga Isroil agressiyasini qaytarishda yordam berdi. Uning armiyasi Damashqning Isroil
qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratishida muhim roi o'ynadi. Ayni paytda SSSR bilan yaqinlashish
yo'lini tutdi.
Bu yaqinlashuv 1972-yilda ikki davlat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risidagi
shartnoma bilan mustahkamlandi. SSSRning yordami bilan Iroqda 80 ta iqtisodiy obyekt qurildi.
1979-yil oxirida hokimiyatni gкnerai S. Husayn egalladi. U mamlakatda diktatura o'rnatdi.
Muxolifatchi kuchlar faoliyati taqiqlandi. Iroqni «qudratli» davlatga aylantirishga kirishdi. Harbiy
xarajat har qachongidan ham oshirildi. Million kishilik armiya barpo etildi.
Iroqning qudrati qo'shni davlatlarni tashvishga solib qo'ydi. Chunki avantyurist S.
Husayndan hamma narsani kutish mumkin edi. Chunonchi, 1980-yilda u Eronga hududiy da'vo
bilan chiqdi. Bu hol Iroq — Eron urushini keltirib chiqardi. Urush 8 yil davom etdi. Har ikki
tomon minglab qurbon berdilar. Katta iqtisodiy talafot ko'rdilar. Iroq maqsadiga erisha olmadi.
Eron o'z hududi daxlsizligini himoya qila oldi.
1990-yil avgustida S. Husayn yana bir avantyuraga qo'l urdi. U Quvaytni bosib olish
maqsadida armiyasini bu mamlakatga kiritdi. Biroq xalqaro hamjamiyat bunga befarq qarab
turmadi. BMT Xavfsizlik Kengashi Iroq rahbariyatidan qo'shinini Quvaytdan olib chiqib ketishni
talab qildi. Ammo bu talab bajarilmadi. Bu esa Iroqqa qarshi davlatlar ittifoqining tuzilishiga olib
keldi.
1991-yilning 17-yanvarida bu ittifoq harbiy kuchlari (asosan AQSH armiyasidan iborat)
Iroq armiyasiga hujum boshladi va uni tor-mor etdi. Quvaytning davlat mustaqilligi tiklandi.
Ammo S. Husayn Iroqdagi o'z hokimiyatini va yakka hukmronligini mustahkamlab bordi.
Qurollanishni kuchaytirdi. Jahon hamjamiyati Iroqdan ommaviy qirg'in qurollari ishlab chiqarishga
imkon beruvchi manbalarni tugatishni talab etdi.
Qaysar S. Husayn bu haqli talabni inkor etdi. Bunga javoban Iroqqa nisbatan iqtisodiy
sanksiya chorasi ko'rildi. Unga ko'ra, Iroq neftini sotish minimum darajada cheklab qo'yildi.
Xalqning ahvoli og'irlashdi.
217
AQSH Iroqni harbiy kuch yordamidagina xalqaro huquq normalarini hurmat qildirish
mumkin, deb hisobladi va 2003-yil iyun oyida Angliya ko'magida Iroqqa hujum boshlab, S.
Husaynni tor-mor qildi. Koalitsiyachilar hamon o'z qo'shinlarini Iroqda saqlab turibdilar. AQSH
Iroqning butun boyligiga, ayniqsa, katta miqdordagi neftiga ega bo'ldi. Iroqda vaziyat keskin
bo'lib, kelgindilarga qarshilik ko'rsatish to'xtamayotir. Xalq esa urush jarohatlarini tiklamoqda.
2006-yil noyabrda S. Husayn o'limga hukm qilindi. Bosh vazir Ayyad Alaviy amerikaparast
siyosat yuritmoqda.
1925-yilda Arabiston amiri Abdul Aziz ibn Abdul Rahmon оbn Saud qo`shini deyarli butun
Arabistonni egalladi. 1932-yilda esa Ibn Saud Saudiya podsholigi tuzilganligini e'lon qildi. Shu
tariqa Saudiya Arabistoni davlati vujudga keldi.
Saudiya Arabistoni hududi Islom dinining markazidir. Musulmonlar uchun muqaddas
hisoblangan Makka va Madina shaharlari shu davlat hududida joylashgan. Saudiya Arabistoni
mutlaq monarxiya davlatidir. Ayni paytda Saudiya Arabistoni dunyoning neftga boy davlatlaridan
biri. Bu omil uning iqtisodiyoti gurkirab rivojlanishiga yordam berdi. 1935- yildan boshlab AQSH
neft kompaniyalari neft qazib chiqarish bilan shug'ullana boshladi. Shu yili neft qazib chiqarish
bo'yicha arab – amerika kompaniyasi tuzildi. 1939-yildan boshlab esa neftni sanoat asosida qayta
ishlash boshlandi.
1964-yilda podsholik taxtiga Faysal ibn Saud o'tirdi. U mamlakatni zamonaviylashtirish va
liberallashtirish siyosatini yurita boshladi. Zamonaviylashtirish deyilganda, zamonaviy
iqtisodiyotni vujudga keltirish tushunilar edi. U milliy neft sanoatini yaratishga kirishdi. Arab -
amerika neft kompaniyasi (ARAMKO) qarorgohi Saudiya Arabistoniga ko'chirildi. 1973-yilda
Arab — amerika neft kompaniyasi milliylashtirildi. 1982-yildan boshlab kompaniya daromadida
Saudiya Arabistoni hissasi 51 foizni tashkil etishiga erishildi. 1999-yilda esa kompaniya to'la
Saudiya mulki bo'lib qoldi. 286 Podsho hukumati aholi turmush darajasini yaxshilashga
qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Chunonchi, mehnat qilish huquqi kafolatlandi. Zamon
ruhiga mos mehnat qonuni joriy etildi. Oddiy kishilar uchun arzon turarjoylar qurildi. Yuqori ish
haqi to'lanishi kafolatlandi.
Tekin tibbiy xizmat joriy etildi. Chet elda davolanish zaruriyati tug'ilganda davlat uning
xarajatini o'z bo'yniga oladigan tartib joriy qildi. Bepul umumiy o'rta ta'lim amalga oshirildi. O'g'il
o'quvehi bola uchun uning oilasiga kompensatsiya to'lovi joriy etildi. Qirol Faxd bin Abdulaziz as-
Saud (1982- yilda taxtga o'tirgan) ham Faysal siyosatini davom ettirdi. Bugungi kunda davlat
daromadining 92 foizi neftdan kelmoqda. Xususan, 1995-yilda 50 mlrd dollarlik neft sotilgan
bo'lsa, mamlakatga 30 mlrd dollarlik xalq iste'mol tovarlari olib kelindi.
Saudiya Arabistoni iqtisodiyoti neftdan topgan daromadning hammasini o'zlashtirishga qodir
emas. Shuning uchun topilgan daromadning bir qismi chet el banklarida saqlanadi hamda qarzga
beriladi. Bu hol Saudiyaning dunyo iqtisodiy taraqqiyotida sezilarli roi o'ynashini ta'minlab
kelmoqda. 2005-yil 1-avgustda qirol Faxd vafot etdi. Uning o'rnini 79 yoshli ukasi Abdulloh bin
Abdulaziz as Saud egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: