154
darajalarini bartaraf etilishiga, sanoatda mehnat qilayotgan ishchilarga bir haftada 40 soatlik ish
kunini joriy etishga kasaba uyushmalarining huquqlarini kengaytirish va pensiya ta’minotini
yaxshilashga muvaffaq bo‘ldilar.
Ammo, so‘l markaz o‘z faoliyati davomida ba’zi bir iqtisodiy muammolarga ham duch keldi.
Bu davrga kelib iqtisodiy vaziyat yanada og‘irlashdi. “Iqtisodiy mo‘jiza” davri tugab, Italiya
iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pasaydi va 60-yillarning o‘rtalariga kelib, inqiroz nuqtasigacha
borib yetdi. 1974-1975 yillarga kelib esa, Italiya ham jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga tushib
qoldi. Milliy daromadni taqsimlash, takror ishlab chiqarish strukturasi va mexanizmidagi
nomutanosibliklar jiddiy kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Jahon bozorida narxlarning keskin
oshganligi tufayli, iqtisodiyotni xom ashyo va yonilg‘i bilan ta’minlash muammosi yanada
kuchaydi. Kasaba uyushmalari faoliyatining kuchayishi va stachkasi kurashning o‘sishi tufayli
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskin o‘zgardi.
Inqirozlar tufayli hukumat va tadbirkor doiralar iqtisodiy strategiyalarga o‘zgartirishlar kiritish,
rivojlangan g‘arb davlatlaridan modernizatsiyalashning ilg‘or metodlarini o‘rganish va joriy etish
kabi vazifalarni amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Italiya tadbirkorlarining elitasi mamlakatni kuchli
yettilik safida saqlab qolishga harakat qildi. O‘sha davrda Italiyadagi iqtisodiy taraqqiyotning
ekstensiv modeli ham o‘z potensialini batamom tugatmagani tufayli, 70-yillarning o‘rtalariga kelib,
kun tartibida iqtisodiy taraqqiyotning ekstensiv yo‘llarini yuqori texnologiyali jarayonlar bilan
almashtirish masalasi yuzaga keldi. Avvalgi iqtisodiy modeldan tez sur’atlarda ajralishning
imkoniyati yo‘qligi,
Italiya iqtisodiyoti ichki qayta qurishlarni amalga oshirmaganligi tufayli 70-yillarda jahon
bozorida noqulay ahvolda qoldi. Iqtisodiy taraqqiyotdagi notekislik mehnat munosabatlari va
ijtimoiy sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi.
Kasaba uyushmasi va kommunistik partiya talabalarni qo‘llab-quvvatladi. 1968 va 1969
yillarda pensiya islohotini o‘tkazish va uy-joy muammosini bartaraf etishni talab qilib chiqqan
ikkita yirik umummilliy ish tashlashlar bo‘lib o‘tdi. Hukumat ma’lum bir yon bosishlarni xalq
kvartiralarini qurish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratib, 1969 yilning “jazirama kuzi”da yanada
yaxshiroq shart-sharoitlarni ta’minlab beradigan yangi jamoa shartnomalarini tuzishni talab qilib,
millionlab kishilar ish tashladilar. Buning natijasida 1970 yilning may oyida mehnatkashlarning
huquqlari statu qabul qilindi. Bu statutga ko‘ra kasaba uyushmalarining korxonadagi o‘rni aniqlandi
va korxona egalarining ishchilarni ishdan bo‘shatish imkoniyati chegaralab qo‘yildi.
Italiyaning konstutitsion sudi 1974 yilda ijtimoiy-siyosiy talablar ilgari surilgan ish tashlashlarni
qonuniy deb tan olishga majbur bo‘ldi. Ish tashlashlar orqali erishilgan yutuqlar tufayli kasaba
uyushmalarning tarkibi va ta’siri yanada ortdi. 1969 yildan boshlab kasaba uyushmalari va hukumat
vakillari o‘rtasida o‘tkazilayotgan muzokaralar doimiy holatga kirdi.
1970 yilda so‘l kuchlar nikohda ajralishlarga ruxsat beradigan qonunni qabul qildirishga erishdi.
Cherkov rasm-rusumlariga ko‘ra nikoh buzilmas deb hisoblansada, 1974 yilda o‘tkazilgan
referendum nikohdagi ajralishlarning qonuniyligi masalasida katta ovozga ega bo‘ldi. Shunday
qilib, so‘l markaz hukumati ish tashlovchilarning asosiy talablarini bajarib, katta yon bosishlar
qilishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: