Йилларда франция


Respublika tuzumiga o‘tish



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/88
Sana08.01.2022
Hajmi2,42 Mb.
#331065
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Bog'liq
eng yangi tarix

Respublika tuzumiga o‘tish. 
Ikkinchi jahon urushida Italiyaning mag‘lubiyatga uchrashi xalq ommasini ruhiy jihatdan og‘ir 
ahvolga  solib  qo‘ydi.  Mamlakat tang  ahvolda  qoldi.  Italiya  o‘z  milliy  boyligining  1g‘3  qismidan 
ajraldi.  Urush  tufayli  330  ming  kishi  halok  bo‘lgan  bo‘lsa,  85  ming  kishi  yarador  bo‘ldi.  Urush 
tugashi  arafasida  mamlakatda  oziq-ovqat  mahsulotlarining  tanqisligi  yuzaga  keldi.  Chayqovchilik 
va qora bozor gullab yashnadi. Inflyatsiya juda katta hududni egallab,  ishsizlar soni 2 mln kishiga 
yetdi. Mamlakat hududi ingliz-amerikaliklar qo‘shini tomonidan okkupatsiya qilingan edi.  
 
Shu bilan bir vaqtda italiyaliklar fashizm bilan kurashda katta tajribaga ega bo‘ldi. qarshilik 
ko‘rsatish  harakatining  tabiati  va  an’analari  esa  urushdan  keyingi  dastlabki  yillardagi  demokratik 
taraqqiyotda o‘z izini qoldirdi. qarshilik ko‘rsatish harakatida  yetakchilik qilgan ishchilar sinfining 
partiyalari  ommabop  bo‘lib  (IKP  saflarida  4,5  mlndan  ortiqroq  kishi,  Sotsialistik  partiya  saflarida 
esa 0,7 mln kishi), siyosat maydonida katta e’tibor qozondi. So‘l va o‘ng qutblar o‘rtasida, siyosat 
shkalasining markazida qarshilik ko‘rsatish harakatida o‘ziga xos muvaffaqiyat qozongan ommaviy 
partiyalardan  yana  biri  -  Xristian-demokratik  partiyasi  (1  mln  kishidan  ortiq)  ham  bor  edi.  XDP 
1919  yilda  tuzilgan  katolik  xalq  partiyasi  “Popolari”ning  negizida  1943  yili  tashkil  topgan  edi. 
“Xristian demokratiyasi” atamasi xalq partiyasining asoschisi, italiyalik ruhiniy don Luidji Stursoga 
tegishli  edi.  XDP  dasturining  matni  1943  yilning  25  iyulida  Mussolini  hokimiyatdan  chetlatilgan 
kuni matbuotda e’lon qilingan edi.  


 
148 
 
 qarshilik  harakatining  an’analariga ko‘ra, urushdan keyingi davrning dastlabki  yillarida  bu 
partiyalar  o‘rtasidagi  hamkorlik  saqlanib  qoldi.  Lekin  shu  narsa  ma’lum  ediki,  fashizmga  qarshi 
qurolli  kurash  olib  borish,  Italiyada  yangi  jamiyatini  shakllantirishga  qaraganda  ancha  oson  edi. 
Italiyaliklar  Mussolining  fashistik  rejimi  tomonidan  oyoq  osti  qilingan  burjua-liberal 
demokratiyadan  uzoqlashishga  ulgurishgan  edi.  Mamlakatda  Italiyaning  kelgusidagi  istiqboli  va 
taraqqiyot  yo‘llari  haqida  qizg‘in  bahs  ketardi.  Ayniqsa,  boshqaruv  tizimi  masalasi  katta 
tortishuvlarga  sabab  bo‘ldi.  1946  yil  mayida  qirol  Viktor  Emmanuil  111  siyosiy  hiylani  amalga 
oshirdi.  U  o‘zining  o‘g‘li  shahzoda  Umberto  11  foydasiga  taxtdan  voz  kechdi.  Shu  sababdan 
italiyaliklar Umberto 11 ga “may qiroli” deb nom berishdi.  
 
Fashizm tanazzulga  yuz tutgach, italiyaliklarning monarxiyaga munosabati keskin o‘zgardi. 
Dastlab  monarxiyaga  nisbatan  ijobiy  fikr  bildirilgan  bo‘lsa,  urush  tugagach,  salbiy  munosabatlar 
kuchayib  bordi.  Bunga  sabab,  Italiya  monarxiyasining  Mussolining  fashistik  rejimini  qo‘llab-
quvvatlagani bo‘ldi. Jamiyatda respublikachilik kayfiyati mustahkamlanib borsada, monarxiyaning 
tarafdorlari  ham  asosan  liberallar  va  monarxiyachilar  qisman  esa  xristian  demokratlar  orasida 
yetarlicha  edi.  1946  yil  iyunida  davlat  boshqaruvi  shakli  to‘g‘risida  referendum  bo‘lib  o‘tdi.  Bu 
referendumda  ovoz  berganlar  foizi  nihoyatda  ko‘p  bo‘lib,  ayollar  ham  bunday  tadbirda  birinchi 
marotaba  qatnashdi.  Respublika  boshqaruv  shaklini  o‘rnatishni  yoqlab  ovoz  berganlar  soni  2 
mlndan oshiq edi.  “May qiroli”  Umberto 11 ovozlarni sanab chiqishda  xatoga yo‘l  qo‘yilganligini 
va mamlakatdan chiqib ketishdan bosh tortishi to‘g‘risida bayonot berdi. Bunga javoban juda katta 
norozilik  namoyishlari  bo‘lib  o‘tdi  va  hukumat  ham  referendum  natijalarining  to‘g‘riligini  rasmiy 
jihatdan  tasdiqladi.  Taxtda  bir  oycha  o‘tirgan  Umberto  11  xalq  ommasi  katta  qismining  irodasiga 
bo‘ysinishga va vatanini bir umrga tark etishga majbur bo‘ldi. Italiya respublikaga aylandi.  
 
Referendum bilan bir vaqtda, Ta’sis majlisiga ham saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylov natijalariga 
ko‘ra XDP yetakchisi Alchide De Gasperi (1881-1954) Italiyaning o‘sha vaqtdagi umumiy siyosiy 
yetakchisi  bo‘la  olish  iqtidoriga  ega  bo‘lgan,  jamoat  arboblaridan  biri  edi.  De  Gasperi  o‘ta 
o‘qimishli  inson,  antifashist  harakatning  faol  namoyondalaridan  biri  bo‘lib,  faoliyatini  va  boy 
hayotiy tajribasi tufayli katolik harakatda ko‘zga ko‘ringan.  
 
Ministrlar  Soveti  raisining  o‘rinbosari  va  adliya  ministri  lavozimiga,  o‘sha  vaqtda  nufuzli 
partiyalardan  hisoblangan  IKPning  bosh  kotibi,  mamlakatning  obro‘li  siyosiy  arboblardan  biri 
Palmiro Tolyattiga nasib etdi. (1948 yil iyul oyida Tolyattiga suiqasd uyushtirilgan vaqtda (kunduz 
kuni yosh sitsiliyalik yigit unga o‘q otgan edi), bunga javoban mamlakatda yuzaga kelgan norozilik 
namoyoishida 7 mlnga yaqin kishi qatnashgan edi). 
Referendum  bilan  bir vaqtda  saylangan Ta’sis Majlisi konstitutsiya  loyihasini  ishlab chiqishga 
kirishib  ketdi.  Ta’sis  Majlisi  tarkibidagi  deputatlarning  80%  antifashistik  harakatda  faol  ishtirok 
etganlar  edi.  Yangi  konstitutsiya  loyihasini  ishlab  chiqish  uchun  deputatlarga  272  kun  vaqt  ketdi. 
Ta’sis Majlisi tomonidan 1947 yil dekabrida tasdiqlangan yangi konstitutsiya rasman 1948 yilning 
1  yanvaridan  boshlab  kuchga  kirdi.  Urushdan  keyingi  davrda  siyosat  kuchlarining  bu  tarzda 
taqsimlanishi  Italiya  konstitutsiyasini  rivojlangan  mamlakatlar  ichidagi  eng  demokratik 
konstitutsiyalaridan biri bo‘lishiga imkoniyat yaratdi. Yangi konstitutsiyaga ko‘ra Italiyada tarqatib 
yuborilgan fashistik partiyaning biror bir shaklda bo‘lsa ham qayta tiklanishi batamom ta’qiqlandi, 
fashizm  davrida  yuqori  lavozimlarni  egallab  kelgan  shaxslar  konstitutsiya  kuchga  kirgan  kundan 
boshlab  to  besh  yilgacha  hukumat  tashkilotlariga  saylash  va  saylanish  huquqidan  mahrum  etildi. 
Konstitutsiyaga ko‘ra zadogonlik unvonlari bekor qilinib, Savayya sulolasining barcha a’zolari va 
bo‘lajak  avlodlariga  mamlakat  hududida  yashash  ta’qiqlandi,  ularning  barcha  mol-mulklari  esa 
davlat  ixtiyoriga  o‘tkazildi.  Konstitutsiyaning  dastlabki  moddalari  davlatning  asosiy  prinsiplarini 
o‘zida  mujassam  etib,  Italiya  insonlarning  haq-huquqlari  va  kafolatlari  tan  olingan  demokratik 
respublika  deb  e’lon  qilindi.  Chunonchi,  bunday  huquqlarga;  qonun  oldida  barcha  kishilarning 
tengligi,  shaxsning  ham  kirardi.  Konstitutsiyada  urushlardan  “hech  qachon  boshqa  xalqlarning 
ozodligiga  rahna  soladigan  qurol  sifatida  va  xalqaro  nizolarni  bartaraf  etishda  foydalanmaslik” 
masalalari  qonun  bilan  mustahkamladi.  Konstitutsiyaning  1  qismida  fuqarolarning  huquqi  va 
burchlari to‘g‘risidagi moddalari yozilgan edi. 
Barcha  fuqarolarning  mehnat  qilish  va  ularni  rag‘batlantirish  huquqi  tan  olindi.  Teng  mehnat 
uchun  teng  haq  to‘lash  prinsipi  kiritildi,  har  haftada  dam  olish,  yilida  bir  marta  haq  to‘lanadigan 


 
149 
ta’tilga  chiqish  huquqini  ijtimoiy  ta’minot  ko‘zda  tutildi.  Kasaba  uyushmalarining  erkinligi  va 
namoyoish o‘tkazish huquqi tan olindi.  
 
Konstitutsiyaga ko‘ra, ikki turdagi mulk-davlat va xususiy mulklarga joriy etildi.  
 Konstitutsiyaning  11  qismi  davlat  boshqaruv  organlari  va  hokimiyatning  bo‘linishi 
prinsiplarining  reglamantini  aniqlab  berdi.  Davlat  boshlig‘i  -  prezident  bo‘lib,  u  parlament 
tomonidan 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentlikka saylanadigan  fuqaroning yoshi 50 dan oshgan 
bo‘lishi belgilanib qo‘yildi. Prezidentga Ministrlar Kengashining raisini, undan tashqari vatanlarini 
o‘zlarining  buyuk  xizmatlari  bilan  mashhur  qilgan  fuqarolardan  beshtasini  doimiy  (umrbod) 
senatorlikka  tayinlandi;  parlamentga  hukumatning  qonun  loyihalarini  yuborish,  parlamentni 
tarqatib  yuborish,  referendumni  tayinlash,  qonun  kuchiga  ega  bo‘lgan  dekretlarni  qabul  qilish, 
qurolli  kuchlarning  Oliy  bosh  qo‘mondoni  bo‘lish  va  parlament  qaroriga  asoslanib  urush  holatini 
e’lon qilish kabi  juda katta vakolatlar berildi. Hukumat tarkibi rais  va  ministrlardan  iborat  bo‘lib, 
ular rais taklifi  va parlament nazorati ostida prezident tomonidan tayinlanadi. Parlament deputatlar 
Palatasi  va  Respublika  Senatidan  iborat  umumiy  va  to‘g‘ridan  ovoz  berish  yo‘li  bilan 
proporsionallik prinsipiga asoslanib, 5 yil muddatga saylanadi. Parlamentdan tashqari, Italiya xalqi 
ham  qonunchilik  jarayonida  ishtirok  etish  huquqiga  ega  edi.  Konstitutsiya  xalq  tashabbusi  bilan 
petitsion  (50  ming  saylovchilar  tomonidan  qonun  loyihasini  kiritish)  va  otlagatel  (500  ming 
saylovchi  tomonidan  qonunni  “xalq  veto”si  yo‘li  bilan  bekor  qilish  )  shakldagi  referendumlar 
o‘tkazishni ko‘zda tutgan edi.  
Mamlakatda  kongressiya  an’analarining  chuqur  iz  qoldirganligi  tufayli  cherkov  va  davlat 
o‘rtasidagi  aloqalar  katta  ahamiyatga  ega  edi.  7-moddaga  ko‘ra  “davlat  va  katolik  cherkovi 
o‘zlariga tegishli bo‘lgan sohalarda mustaqil va suveren”, bo‘lib, ularning munosabatlari 1929 yilda 
qabul  qilingan  Lateran  shartnomalariga  ko‘ra  belgilangan  edi.  Bu  shartnomaga  ko‘ra,  cherkov 
oilaviy  munosabatlar  qonunchiligida  va  maktab  ta’limi  sohasini  o‘z  nazorati  ostiga  olgan  edi. 
Masalaning  bu  tarzda  qo‘yilishi  xristian  demokratlar  va  so‘l  partiyalar  o‘rtasidagi  kompramissni 
belgilab berdi. 1947 yilgi konstitutsiya mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini 20 ta viloyat, 
93 ta provinsiya va 8 mingga yaqin jamoaga ajratdi.  
Urushdan keyingi davrdagi dastlabki yillarda Italiyaning siyosiy hayotidagi muhim voqea 1947 
yil  fevral  oyida  Parijda  Italiya  bilan  Ittifoqchilar  o‘rtasida  tinchlik  shartnomasining  imzolanishi 
bo‘ldi.  Shartnomaga  ko‘ra,  Italiyadagi  fashistik  tashkilotlarni  tarqatib  yuborish,  chegaralarni 
aniqlashtirish,  harbiy  jinoyatchilarga  beriladigan  jazolarni  tasdiqlash,  mamlakat  hududida  harbiy 
bazalarni  joylashtirishni  ta’qiqlash,  SSSRga  100  mln  dollar,  Yugoslaviyaga  125  mln  dollar, 
Gretsiyaga  105  mln  dollar,  Albaniyaga  5  mln  dollar  va  Efiopiyaga  25  mln  dollar  miqdorida 
reparatsiya  to‘lash  kabi  masalalar  belgilab  olindi.  Italiya  o‘z  mustamlakalaridan  voz  kechishga 
majbur  bo‘ldi.  Ilgari  Italiyaga  qaragan  Xorvatiyaning  bir  qismi  Yugoslaviyaga  olib  berildi. 
Gretsiyaga  Egey  dengizidagi  Dodekan  orollari  (Janubiy  Sporadalar)  qaytarildi.  Anglo-amerikalik 
harbiy-ma’muriyati  nazoratida  bo‘lgan.  Triyest  BMT  nazorati  ostidagi  erkin  shaharga  aylantirildi, 
(oradan  7  yil  o‘tgach,  1954  yilda  Yugoslaviya  va  ittifoqchilar  o‘rtasidagi  kelishuvga  muvofiq 
Triyest  Italiyaga  berildi).  1947  yil  oxirida  Amerika  Buyuk  Britaniyaning  qo‘shinlari  va  harbiy 
ma’muriyati Italiya hududidan chiqib ketdi. Tinchlik shartnomasiga ko‘ra, Italiyaga mudofaa uchun 
lozim bo‘lgan qurolli kuchlarni saqlash huquqi berildi. Bu qurolli kuchlarning soni 250 ming askar 
65  zobitdan  oshmasligi  belgilab  qo‘yildi.  HHK  (harbiy  havo  kuchlari)  va  HDK  (harbiy  dengiz 
kuchlari)ning  shaxsiy  tarkibi  25  ming  kishi  bilan  chegaralandi.  Italiyaga  suvosti  kemalari, 
avianosetslar va torpedo bilan qurollangan katerlarga ega bo‘lish ta’qiqlab qo‘yildi.  
Ijtimoiy-iqtisodiy  sohada  Italiya oldida  muhim  va  jiddiy  masala turar edi. Bunga urush tufayli 
tanazzulga  yuz  tutgan  hali  xo‘jaligini  qayta  tiklash  va  tinchlik  sharoitidagi  ishlab  chiqarishga 
moslashtirish,  demobilizatsiya  o‘tkazish  va  demobilizatsiya  qilinganlarni  ish  bilan  ta’minlash 
kabilarni amalga oshirish kirardi. Shu maqsadda 1948 yil iyun oyida “Marshall rejasi”ga ko‘ra, ikki 
yil muddatga Italiyaga yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutgan bitim imzolandi. Bu bitim italiyaliklar va 
amerikaliklar  o‘rtasida  imzolandi.  “Marshall  rejasi”ga  ko‘ra  AQSH  Italiyaga  1,5  mlrd  dollar 
hajmida (oziq-ovqat mahsulotlari  va  sanoat jihozlari)  yordam  berishni  mo‘ljallagan  edi. Shu bilan 
bir vaqtda Amerika  yordamining siyosiy qiymati  - premyer-ministr De Gasperiga  tazyiq o‘tkazish 
orqali  so‘l  partiyalarning  vakillarini  hukumat  tarkibidan  chiqarish  ko‘zda  tutilgan  edi.  Shu  narsa 
ma’lum ediki, hukumat tarkibiga kirgan partiyalarning asosiy maqsadlari turlicha bo‘lganligi tufayli 


 
150 
ular  o‘rtasidagi  hamkorlik  uzoq  davom  etishi  mumkin  emas  edi.  Lekin  aynan  tashqaridan 
o‘tkazilgan  tazyiqlar,  garchi  mamlakat  ichkarisidagi  voqealar  bahona  qilib  ko‘rsatilgan  bo‘lsada, 
hamkorlikning buzilib ketishiga sabab bo‘ldi. 1947 yili Sitsiliyada mafiyaning bir guruh to‘dasi bir 
oz  kamayishida  ishtirok  etgan  ishchilarni  o‘qqa  tutdi.  Bu  voqea  mamlakatda  inqirozni  yuzaga 
keltirish  bilan  birga,  hukumatning  tarqatib  yuborilishiga  ham  sabab  bo‘ldi,  De  Gasperi 
boshchiligida  tuzilgan  yangi  hukumat  tarkibiga  kommunistlar  va  sotsialistlarning  vakillari 
kiritilmadi.  Sotsialistlar  yetakchisi  Pyetro  Nenni  agar  ahvol  shunday  davom  etaversa,  Italiyaning 
ichki  ishlari  tashqi  omillarga  yanada  ko‘proq  bog‘liq  bo‘lib  qolishini  achinish  bilan  ta’kidladi.  U 
tashqi  faktorlar  deganda, Vatikan  va  AQShni  nazarda tutgan edi.  O‘z tarafdorlari  bilan  sotsialistik 
partiya tarkibidan chiqib, kommunistlar bilan hamkorlik qilmaslik siyosatini olib borayotgan Italiya 
sotsial  demokratik  partiyasida  (ISDP)  rahbarlikni  o‘z  qo‘liga  olishga  erishgan  sotsialstlar  so‘l 
qanotining  yetakchisi  Djuzeppe  Saragat  yangi  tuzilgan  hukumatda  premyer-ministr  o‘rinbosari 
lavozimiga tayinlandi.  Kommunistlarni cherkovdan ajratib tashlash to‘g‘risidagi dekretni chiqarish 
bilan, Vatikan antikommunistik siyosatni qo‘llab-quvvatladi.  
 
Urushdan keyin dastlabki yillarda neofashistlarning harakati yuzaga keldi. Italiyada fashizm 
qaqshatqich  mag‘lubiyatga uchragan  va  yangi konstitutsiyaga ko‘ra, tarqatilib  yuborilgan  fashistik 
partiya  biror  bir  shaklda  bo‘lsa  ham  qayta  tiklanishi  tamoman  ta’qiqlab  qo‘yilgan  bo‘lsada  (11 
razdel, P.X11 - ) , jamiyatdagi  ba’zi guruhlar o‘z hayrihohliklarini  saqlab qoldi.  Ular  fashizmning 
mag‘lubiyatini  qayg‘u  bilan  qabul  qilishdi.  Fashizm  tarafdorlari  safida  monopolistlar,  harbiy  va 
davlat  amaldorlari,  (Mussolini  diktaturasi  davrida  yuqori  lavozimlarga  ega  bo‘lganlar)  kichik 
burjuaziyaning  ma’lum  bir  qismi  IIH  ham  bor  edi.  1946  yil  dekabrida  neofashistlarning  ijtimoiy 
harakati  partiyasiga  asos  solindi.  Bu  partiyani  dastlab  DJ.  Almirante,  keyinchalik  esa  A.Mikelini 
boshqardi.  Italiya  ijtimoiy  harakati  partiyasi  dasturida  fashistik  korparativ  tizimni  o‘rnatish, 
fuqarolarni ijtimoiy himoyalash, antimarksizm, tashqi siyosatda “imperik” g‘oyalarning ustunligini 
ta’minlash  vazifalari  ilgari  surildi.  Partiya  a’zolari  ichidagi  taktik  ba’zan  fraksiyalar  o‘rtasida 
keskin ixtiloflar yuzaga chiqishiga sabab bo‘lsada, umuman IIH legal siyosiy faoliyat olib borish va 
neofashistlarning  o‘ng  radikal  liberal-monarxistik  doiralar  bilan  birlashish  yo‘lidan  bordi.  Italiya 
isteblishmentida  IIH  kichik  partiyalar  qatoriga  kirib,  ularning  elektorati  parlament  saylovlarida 
ko‘pincha, 6 % dan oshmas edi.  
 
1948  yil  bahorida  parlament  saylovlari  bo‘lib  o‘tdi.  Neofashistlar  2  %  ovozga  ega  bo‘ldi. 
Kommunist  va  sotsialistlarning  birlashgan  bloki  uchun  saylovchilarning  1g‘3  qismi  ovoz  berdi. 
Xristian  demokratik  partiya  deyarli  50%  ovoz  olib,  katta  muvaffaqiyatga  erishdi.  De  Gasperi, 
parlamentda  asosan  XDP  a’zolaridan  iborat  bo‘lgan  hukumatini  tuzdi.  Bu  hukumat  De  Gasperi 
boshchiligida tuzilgan 5-hukumat edi.  
  
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish