Kichik tugunchali (portal) jigar sirrozi. Portal sirrozi eng ko‘p uchraydigan jigar sirrozi bo‘lib, bu kasalliklar ichida 40 foizni tashkil qiladi. Kasallik boshlanishida bemorlarda alohida shikoyatlar bo‘ladi. Asta-sekin ishtaha pasayadi, bemor yog‘liq ovqatlarni xush ko‘rmaydi, ko‘ngli ayniydi, qusadi, ichi buziladi, quvvatsizlik, tez charchash, ish faoliyati pasayadi. Eng doimiy alomat — o‘ng qovurg‘a tagida og‘irlik va og‘riq paydo bo‘ladi. Sekin-asta qorin kattalashadi, oyoqda shish paydo bo‘ladi. Oshqozonichak sistemasining yuqori qismidan qon ketish alomati paydo bo‘ladi, burundan qon oqadi, ba'zan badan sarg‘ayadi. Uyqu buziladi, hayajonlanish oshadi, bu esa jigar sirrozida bosh miya faoliyatining buzilish alomatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |