Jigar sirrozida odam tanasidagi o’zgarishlar.
Qorindagi vena tomirlari kengayadi. Bunday shishgan venalar ko’karib kindik atrofidan hamma tarafga tarqalgan bo’ladi, xuddi «meduza boshi»ga o’xshab qoladi.
Xastalikda gavdaning yuqori qismida, kindikdan teparoqda qizil yulduzchalarga o’xshash toshmalar ko’rinadi. Bu toshmalar aslida a’zoningning darvoza qon aylanish tizimida gipertenziya – bosim ortib ketishi sababli yorilib ketgan teridagi mayda kapilyar qon tomirlardir.
Yuqoridagilar jigar sirrozi kasalligi belgilari ichida eng taniqlilaridan
Sirrozning xarakterli xususiyati «telangiektaz» (qizil toshma) hech qachon kindik zonasidan pastroqda shakllanmaydi. Bu hussiyat unini boshqa shunday o’xshash belgili kasalliklardan farqlashga yordam beradi. Xastalikning o’tkir bosqichida yulduzchalar kattaroq va juda sezilarli ko’rinadi;
Burunning burchagi va ko’zning burchaklarini angiomalar (qizil xollar) qoplaydi;
Qo’l kafti va kamroq oyoq kaftini qizarishi.
Kaft qizarishi
Quyidagi belgilar tufayli inson tashqi ko’rinishi va o’zini tutishi bemorga xos chuqur o’zgarishlarga uchraydi.
Til shishib , yorqin rangga kiradi;
Erkaklarda sut bezlari o’sa boshlaydi va jinsiy organlar funksiyalari sussayib atrofiyaga uchraydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar (masalan erkaklar uchun xarakter, soqol va tuklar, qomat, ovoz va hk.) kamayadi.
Astit – qorin bo’shlig’ida suyuqlik to’planishidir. Jigar sirrozining kech asoratlaridan biri.
Yuz nosog’lom qizil tusda. Yanoqlar bo’rtib chiqib, so’lak bezlari kattalashgan ketgan.
Markaziy nerv tizimi tomonidan yaqqol buzilishlar: Uyqusizlik, xotira susayishi, titroq va atrofdagilarga befarqlik (apatiya) rivojlanadi.
Astit
Jigar sirrozi sabablari
Xastalikni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar quyidagilar.
Virusli gepatit , turli taxminlarga ko’ra, 10-24% hollarda jigar patologiyasi shakllanishiga olib keladi. Gepatitning B , C , D kabi turlari va yangi aniqlangan gepatit G ham bu kasallikni chaqiradi; Ayniqsa gepatit C uzoq muddat belgilarsiz kechishi, shu sababli kech aniqlanishi tufayli xavflidir. 97 % holatlarda bu kasallik uzoq muddat kechib sirrozga olib keladi.
10 yil va undan ko’proq muddat davomida katta miqdordagi spirtli ichimliklarni iste’mol qilish. Ichkilikning biron bir turiga bog’liqlik yo’q, asosiy omil – bu tarkibida etil spirtining mavjudligi va uning organizmga muntazam ravishda tushib turishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |