Jdpi ning Veb saxifasi



Download 1,52 Mb.
bet14/45
Sana07.12.2020
Hajmi1,52 Mb.
#53004
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot Tarmoq texnologiyasi

AMALIY ISHI № 3

Mavzu: Kompyuter to’rlari va ularning turlari.

Ishning maqsadi: Talabalarda kompyuter to’rlari va ularning turlariga doir tushunchalarni hosil qilish.

Reja:

1. Nazariy ma’lumotlar.

2. Topshiriqni bajarish namunalari.

3. Talaba bajaradigan amaliy topshiriq variantlari.



  1. Nazariy ma’lumotlar.

Telekommunikatsiyali qism tarmoq - tarmoqning ishchi stansiyalarini va serverlarni bir-biri bilan boglovchi hisoblash tarmog’ining yadrosi hisoblanadi. Kommunikatsiyali qism tarmoqning bo’g’inlari (bu holatda — Kommutasiya uzellari) yuqori o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan magistralli aloqa kanallari bilan bog’langandir. Katta tarmoqlarda kommunikatsiyali qism tarmoqni ko’pincha ma’lumotlarni uzatish tarmog’i deb atashadi.

  • tarmoqning Kommutasiya uzeli,

  • tarmoqning ishchi stansiyasi,

  • tarmoqlararo interfeys,

— tarmoqning serveri,

— magistral aloqa kanali,

— abonentlik aloqa kanali.

Abonentli qism tarmoqning bo’g’inlari (serverlar va ishchi stansiyalar) Kommutasiya uzellariga abonentlik aloqa kanallari bilan ulanadi — odatda bular o’rtacha tezlikli telefonli aloqa kanallaridir.

Kommutasiya uzellarining asosiy vazifalari: ma’lumotlarni qabul qilish, tahlil qilish, marshrutni tanlash va tanlangan yo’nalish bo’yicha jo’natish. Umumiy holda Kommutasiya uzellari o’z ichiga tarmoqlararo interfeysni ham oladi.

Kommutasiya qurilmalari

Hisoblash tarmoqlarining Kommutasiya uzellari Kommutasiya qurilmalarini (kommutatorlarni) o’z ichiga oladi (agar ular ierarxik tarmoqli adreslar asosida Kommutasiyani bajarsa, ularni marshrutizatorlar deb ataladi).

Kommutasiya qurilmalari hisoblash tarmoqlaridagi ma’lumotlarni uzatish tizimlarida muhim o’rin egallaydi. Kommutasiya qurilmalari yordamida bir nechta o’zaro harakatlanuvchi abonentli tarmoqlarda aloqa kanallarining uzunligi sezilarli qisqaradi: bitta abonentdan boshqa barcha abonentlarga bir nechta aloqa kanallari o’tkazgandan ko’ra, faqat har bir abonentdan umumiy kommutacion uzelga bitta kanal bo’yicha O’tkazish mumkin. Shuning uchun, agar hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatishning tezkorligiga va ishonchliligiga o’ta qattiq talablar qo’yilmasa, Kommutasiyalanadigan aloqa kanallari ishlatiladi.

Kommutasiya uzellari ma’lumotlarni uzatishda uchta mumkin bo’lgan turlardan bittasini amalga oshiradi:

• kanallarni Kommutasiyalash;

• axborotlarni Kommutasiyalash;

• paketlarni Kommutasiyalash.

Kanallarni Kommutasiyalash. Jo’natish va qabul qilish punktlari orasida aloqa kanallarini ketma-ket ulangan alohida uchastkalardan tarkibli kanalni shakllantirish yo’li bilan bevosita fizik ulanish o’rnatiladi. Bunday mufassal fizik tarkibli kanal aloqa seansini boshlanishida tashkil etiladi, butun seans davonida qo’llanadi va uzatish tugagandan keyin uzib qo’yiladi. Hosil bo’lgan kanalga begona abonentlar murojaat qila olmaydilar. Fizik kanalni hosil qiluvchi qism kanallarni o’zaro ishlaydigan abonentlarning monopollashtirishi (yakka egalik qilishi) axborotlarni uzatish tarmog’ining umumiy o’tkazish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Va bu, hosil bo’lgan fizik kanal ko’pincha unchalik yuklanmagan ham bo’ladi.

Axborotlarni Kommutasiyalash. Ma’lumotlar turli uzunlikdagi diskret porciyalar (axborotlar) ko’rinishda uzatiladi, shu bilan birga yuboruvchi va qabul qiluvchi orasida mufassal fizik kanal o’rnatilmaydi va kommutacion tizimning resurslari oldindan taqsimlanmaydi. Yuboruvchi faqat oluvchining adresini ko’rsatadi. Kommutasiya uzellari adresni va kanallarni joriy bandligini tahlil qiladi va axborotni shu vaqtdagi bo’sh kanallardan qabul qiluvchi tarafiga uzatadi. Kommutasiya uzellarida yana ma’lumotlarni buferli xotirada vaqtincha saqlash, ma’lumotlarning ishonchliligini va xatoliklarini to’g’rilashni nazorat qilish, ma’lumotlar formatlarini o’zgartirish, axborotlarning olinishini tasdiqlash signallarini shakllantirishni ham amalga oshiriladi.

Paketlarni Kommutasiyalash. Zamonaviy tizimlarda uzatish tezkorligini, ishonchligini oshirish va Kommutasiya uzellarining eslab qolish qurilmalarining sig’imini kamaytirish uchun uzun axborotlar paketlar deb ataladigan bir nechta qisqaroq standart uzunliklarga bo’linadi (ba’zida juda qisqa axborotlar, aksincha, birgalikda paketga birlashtiriladi). Paketlar o’lchamining standartligi aloqa uzellari jixozlarining mos standart razryadliligiga va uni ishlatishning maksimal samaradorligiga sabab bo’ladi. Paketlar oluvchiga hatto turli yo’llar bilan borishi mumkin va bevosita abonentga berilishidan oldin tugallangan axborotlarni shakllantirish uchun birlashtiriladi (bo’linadi). Kommutasiyaning bu turi tarmoqning eng katta o’tkazish qobiliyatini va ma’lumotlarni uzatishda eng past ushlanib qolishni ta’minlaydi.

Paketlarni Kommutasiyalashning kamchiligi haqiqiy vaqt oralig’ida ishlovchi tizimlar uchun uni ishlatishning qiyinligi, ba’zida esa imkoni yo’qligidir.

Axborotlarni va paketlarni Kommutasiyalash mantiqiy Kommutasiyalash turiga kiradi, chunki ularni ishlatishda abonentlar o’rtasida faqat mantiqiy kanal shakllantiriladi. Mantiqiy Kommutasiyalashda abonentlarning o’zaro ishi eslab qoluvchi qurilma orqali bajariladi, unga mazkur uzel xizmat ko’rsatadigan barcha abonentlardan axborotlar keladi. Har bir axborot oluvchini aniqlaydigan adresli qismga ega; adresga mos ravishda keyingi marshrut tanlanadi va Kommutasiya uzelining eslab qoluvchi qurilmasidan axborot uzatiladi.

Paketlarni mantiqiy Kommutasiyalashni ishlatadigan uzatish usuli ko’pincha Kommutasiya markazida maxsus bog’lovchi mini-yoki mikro-EHM bo’lishini talab qiladi, bu EHM lar axborotlarni qabul qilish, saqlash, tahlil qilish, bo’lib chiqish, sintezlash, marshrutni tanlash va oluvchiga yuborishni amalga oshiradi. Kommutasiya uzellarida yana koncentratorlar va uzoqlashgan multipleksorlar ishlatilishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi last tezlikli aloqa kanallaridan abonentlarga kelayotgan kirish ma’lumotlar oqimini bir yoki bir nechta tezkorroq aloqa kanallariga birlashtirish va zichlashtirishdir va aksincha.

Koncentratorlar bir nechta past tezlikli aloqa kanallaridan keladigan qiymatlar oqimini kamroq miqdordagi tezkorroq aloqa kanallariga asinxron vaqtinchalik zichlashtirish usuli bilan qayta ulashni amalga oshiradi.Uzoqlashtirilgan multipleksorlar uzoqlashtirilmagan multipleksorlar bajaradigan vazifalardan tashqari, bir nechta past tezlikli aloqa kanallarining ma’lumotlar oqimini bitta tezkorroq, chastotali yoki vaqt bo’yicha (bunisi ko’proq) zichlashtirish usullari bilan birlashtirishni amalga oshiradi.Tarmoqlarni o’zaro bir-biri bilan ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutizatorlar va shlyuzlar ishlatiladi. Bu qurilmalar katta ofislarda lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish uchun aktiv qo’llanganligi uchun ular keyingi paragrafda batafsilroq ko’rib chiqiladi.

2. Topshiriqni bajarish namunalari.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish