Jazo tushunchasi va maqsadi



Download 46 Kb.
Sana27.04.2023
Hajmi46 Kb.
#932595
Bog'liq
JAZO TUSHUNCHASI VA MAQSADI


JAZO TUSHUNCHASI VA MAQSADI
Reja :

  1. Jazo tushunchasi va belgilari

  2. Jazoning maqsadi


1. Jazo tushunchasi va belgilari
Jazo jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan davlat nomidan sud hukmi bilan qо‘llanadigan va mahkumni qonunda nazarda tutilgan muayyan huquq va erkinliklardan mahrum qilish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov chorasidir (JK 42-m. 1-q.).
Jazo davlat tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashda, hamda jinoyat qonunchiligi vazifalarini amalga oshirishda, ya’ni shaxsga, uning huquq va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga, mulkka, tabiiy muhitga, tinchlikka, insoniyat xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzlardan qо‘riqlashda, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashda foydalaniladigan muhim choralardan biridir.
Jazoning belgilari quyidagilardan iborat:
1) davlatning alohida majburlov chorasi ekanligi;
2) qat’iy xususiy tavsifga egaligi;
3) jinoyat sodir qilgan shaxsning huquq va erkinliklarini cheklash bilan bog‘liqligi;
4) qonunda jinoyat sifatida kо‘rsatilgan qilmishni sodir etgan shaxsga nisbatan qо‘llanishi mumkinligi;
5) faqat sud hukmiga kо‘ra tayinlanishi;
6) alohida jinoiy-huquqiy oqibat - sudlanganlikni keltirib chiqarishi.
2. Jazoning maqsadi
О‘zR JKning 42-moddasining 2-qismiga kо‘ra, jazo mahkumni axloqan tuzatish, uning jinoiy faoliyatni davom ettirishiga tо‘sqinlik qilish hamda mahkum, shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida qо‘llaniladi.
Mahkumning axloqini tuzatish jazodan kо‘zlangan maqsad bо‘lib, jazoni о‘tash jaryonida shaxsda salbiy ijtimoiy-ruhiy qarashlar о‘rniga jinoiy bо‘lmagan ijobiy qarashlar paydo bо‘ladi va ular shaxsning yangi jinoyatlar sodir etishiga tо‘sqinlik qiladi.
Mahkumning jinoiy faoliyatini davom ettirishga tо‘sqinlik qilish jinoyat qonunchiligining umumiy vazifalaridan, va ayniqsa, jamiyatni jinoiy tajovuzlardan himoya qilish vazifasidan kelib chiqadi. Kо‘pgina jazo turlarining mazmuni ham aynan bir qator huquqlarni cheklash hisoblanadi. Ularni qо‘llash jinoyatchini boshqa jinoyatlarni sodir etish imkoniyatidan mahrum etishga qaratilgan. Bu bilan jamiyat uzoq muddatga о‘zini jinoyatchidan himoyalaydi (shu bilan birga jinoyatning ham oldini oladi, albatta).
Mahkumlar jinoyat sodir etishning oldini olish choralari shunda namoyon bо‘ladiki, birinchidan, ularga nisbatan sud shu mahkumning yangi jinoyat sodir etmasligi uchun jazo turi va chegarlarini belgilaydi. Aynan jazo, jinoyat sodir qilgan shaxsning jinoiy faoliyatiga chek qо‘yadi. Ikkinchidan, yaxshi xulqqa ega bо‘lmagan shaxslarga ta’sir о‘tkazib, jazo qо‘llash tahdidi bilan ularni jinoyat qonuni bilan jazolanadigan qilmishlarni sodir etishdan saqlaydi.
Jazolashdan kо‘zlangan maqsad boshqa shaxslar jinoyat sodir etishining oldini olish (umumiy prevensiya) sifatida muayyan bir shaxsga qaratilgan emas, aksincha hali jinoyat sodir etmagan shaxslarga qaratilgandir. Umuman olganda, jazodan kо‘zlangan ushbu maqsad davlat huquqiy choralarining kompleksi sifatida fuqarolarni jinoyat sodir etishdan qaytarishga qaratilgan. U insonlarning ongi va irodasiga ta’sir etuvchi, jinoyat sodir etishdan tiyib turishga qodir bо‘lgan maxsus tarbiyaviy-psixologik choralar tizimi sifatida namoyon bо‘ladi

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Adolat-qonun ustuvorligida: Ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma’ruza. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2001 yil 30 avgust.

  2. Karimov I.A. Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bо‘lmaydi. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2005 yil 18 fevral.

  3. I.A.Karimov. Bizning bosh vazifamiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. «Qishloq haqiqati» 29 yanvar 2005

  4. I.A.Karimov. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari-eng oliy qadriyat.T., «О‘zbekiston» 2005.

  5. Karimov I.A. Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash faoliyatimiz mezoni bо‘lishi darkor. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida sizlagan nutq. «О‘zbekiston ovozi», 2006 yil 25 fevral

  6. I.A.Karimov. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. О‘zMU. T., 2006

  7. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish-barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. T., О‘zbekiston 2007

  8. Karimov I.A.Demokratik huquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini tо‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati pasoslarini qurish- farovon hayotimiz garovidir. T., О‘zbekiston 2007

  9. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008

  10. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yо‘lida. T. 16. T., О‘zbekiston 2008

  11. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash-bizning oliy maqsadimiz. Xalq sо‘zi. 2008 yil 6 dekabr.

  12. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, О‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо‘llari va choralari. T., О‘zbekiston 2009

  13. Karimov I..A. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson «Halq sо‘zi» 2010 yil 1 sentabr. №171.

  14. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.18.12.2010 yildagi О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qо‘shma majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq sо‘zi” gazetasi, 2010 yil 13 noyabr.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish