Javodbek yo q ubo V ergash hayitboyev huquqshunoslik


-§. Xalqaro huquq tushunchasi ( ta ’rifi)



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/186
Sana06.02.2022
Hajmi5,31 Mb.
#432628
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186
Bog'liq
y6qekN92nax45JGSGynVsqVYvcYF8ODzOP4GlfjA(1)

2-§. Xalqaro huquq tushunchasi ( ta ’rifi)
«Xalqaro huquq» tushunchasini aniqlash va unga ta ’rif berish 
xalqaro huquq faniningeng muhim vazifalaridan biridir. Davlat va
200
www.ziyouz.com kutubxonasi


huquq nazariyasi fani esa d av latlararo yoki kengroq m a ’noda 
xalqaro m unosabatlarga xos b o 'lg an hodisa va jaray o n larn in g
huquqiy xususiyallarini k o 'rib chiqadi.
X alqaro — huquqiy m e’yorlarda milliy davlatlarning o 'z aro
m unosabatlaridagi m urakkab jarayonlar o'z aksini topadi. Ularning 
asosida shakllanayotgan, xalqlarning subyektiv xohish-irodasiga 
em as, balki ijtim oiy ta ra q q iy o tn in g obyektiv om illariga m os 
keladigan huquqiy ong xalqaro huquqda o 'z ifodasini topadi.
Hozirgi xalqaro m unosabatlarga ta ’sir qiluvchi ko 'p lab omillar 
ichida xalqaro huquq ustuvorligi to'g'risidagi qoida XXI asrdagi 
sivilizatsiya va huquqiy ong darajasiga k o'proq mos keladi.
X alqaro huquq fanida xalqaro huquq tushunchasiga turli xil 
ta ’riflar berilgan. Shulardan bir nechtasini keltirib o'tam iz:
B irinchi t a ’rif: x a lq a ro h u q u q n i « d a v la tla rn in g iro d asin i 
muvofiqlashtirish asosida tuzilgan va rivojlanadigan davlatlarning 
tinch-totuv yashashi, xalqlarning teng huquqliligi va o 'z taqdirini 
o'zi belgilashini ta ’m inlash m aqsadida xalqaro m unosabatlarni 
tartib g a soluvchi yuridik m e’y o rla r tizim i» sifatid a t a ’riflash 
m um kin11.
Ikkinchi ta'rif: xalqaro huquq — bu «davlatlar va ushbu huquq 
tizimining boshqa subyektlari o'rtasidagi m unosabatlarni tartibga 
soluvchi yuridik m e’yorlar tizimidir»32.
Uchinchi t a ’rif: xalqaro huquq «ijtimoiy taraqqiyo t qonuni- 
yatlarining ta ’siri bilan bog'liq ravishda xalqaro m unosabatlarni 
ta rtib g a soluvchi va d a v la tla r irodasin in g nisbiy u yg 'u n lig in i 
ifodalovchi shartnom alar, odat me’yorlari va tamoyillar tizimidir»33.
T o'rtinchi ta ’rif: xalqaro huquq — bu «xalqaro (davlatlararo va 
boshqa turdagi) m unosabatlarni tartibga soluvchi m e’yorlar majmui 
va tizimidir»34.
Beshinchi ta ’rif: xalqaro huquq — bu «huquqning m ustaqil 
tarm og'i bo'lib, o'zida bir butun va yaxlit tamoyillar va m e’yorlar 
tizimini, ya'ni eng avvalo, davlatlar o'rtasidagi xalqaro m unosabatlar 
sohasini tartibga soluvchi, yuridik m ajburiy b o 'lgan xulq-atvor 
qoidalarini ifodalaydi»35.
11 К урс м е ж д у н а р о д н о го п р а в а . В 6-ти то м ах . — М .: 1967, Т .I , 38 с.
К урс м е ж д у н а р о д н о го п р а в а . В 6-ти то м ах . — М .: 1967, Т .1, 9 с.
" С л о в а р ь м е ж д у н а р о д н о г о п р а в а . — М ., 1989. 170 с. 
м У ш а к о в Н .А . М е ж д у н ар о д н о е право: о сн о в н ы е п о н яти я и о п ределен и я. —
М .: 1996, 5-6 с.
35 Тузмухамедов Р.А.. Хакимов К.Т. Основы международного права. — Т.: 1998, 7 с.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oltinchi ta ’rif: «X alqaro huquq g‘oyat keng va turli tarm oqlarni 
o ‘z ichiga oluvchi alohida huquqlar tizimidir. Shu bilan birga faqat 
m e’yorlar yig‘indisi b o iib g in a qolmay, ularning tizimi ham dir»36.
Yettinchi ta ’rif: «Xalqaro huquq — xalqaro huquq subyektlari 
o ‘rtasidagi m unosabatlarni tartibga soluvchi, davlatlar va xalqaro 
huquqning boshqa subyektlari tom onidan yaratiladigan xalqaro 
huquq va m e’yorlari yig‘indisidan iborat b o ig a n m ustaqil, o ‘ziga 
xos huquq tizimidir»37.
X a lq a ro h u q u q q a berilgan y u q o rid ag i va b o sh q a k o ‘plab
ta ’riflarning mualliflari im kon qadar k o ‘proq xalqaro huquqqa xos 
b o ig a n hodisalarni qam rab olishga h arak at qilganlar. H a r qanday 
ilm iy t a ’rif u n d a fo y d a la n ilg a n a ta m a la r, tu s h u n c h a la rn in g , 
shuningdek, ulardan kelib chiqadigan tushunchalarning izohlanishini 
talab qiladi.
Hozirgi zam on xalqaro huquqi ikkinchi jah o n urushidan keyin 
Birlashgan M illatlar Tashkilotining Ustavi qabul qilinganidan so‘ng 
yuzaga kelib, rivojlangan. Shu bois, «hozirgi zamon xalqaro huquqi» 
tu s h u n c h a si x a lq a ro m u n o s a b a tla rn in g u m u m e ’tir o f etilg an
tam oyillari va m e’yorlari rivojlanishining yangi bosqichini aks 
ettirgan holda, xalqaro huquq harakatining xronologik doirasini 
belgilaydi.
Xulosa qilib aytganda, xalqaro huquqning umumiy tushunchasini 
(ta ’rifmi) quyidagicha ifodalash mumkin:
«X alq aro h u q u q — bu tinchlik va ham k o rlik n i t a ’m inlash 
m aqsadida davlatlararo m unosabatlarni tartibga soluvchi yuridik 
m e’yorlar tizimidir»38.
«Xalqaro huquq» atam asi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi, 
u n d an x alqaro xususiy huq u q n i farq lab olish lozim. Shu bois, 
« x alq aro hu q u q » atam a si m a ’lum d a ra ja d a sh artli ekanligin i 
ta ’kidlab o ‘tish joiz39. Shu m a’noda tarixan shakllanib va davlatlar
36 M a m a tq u lo v A . X a lq a r o h u q u q . — Т .: 1997, 7-b.
17 К а л а м к а р я н P .A ., М и га ч е в Ю .И . М е ж д у н а р о д н о е п р а в о . В о п р о сы и о тветы . 
« Ю р л и ти н ф о р м » . 2002.
38 A .X .S a id o v X a lq a ro h u q u q : D a rslik . — Т .: « A d o la t» , O 'z .R Ich k i ish lar vazirligi 
A k a d e m iy a si, 2001, 20-b.
39 « R im h u q u q id a yuzaga kelgan «jus gentium » («xalqlar h u quqi») a tam asi x alq aro
h u q u q a ta m a s in in g n a m u n a s i h is o b la n a d i. Ju s g e n tiu m n in g q o id a la r to 'p la m i 
sifatidagi d a stla b k i tu sh u n c h asi R im d av lati h u d u d id ag i, m illati b o 'y ic h a q a n d a y
q a b ila g a tegishli b o 'lish id a n q a t ’i n azar, b a rc h a o d a m la rg a n isb a ta n q o ila n ilg a n . 
K eyinroq R im n in g b o sh q a d a v la tla r bilan o ‘zaro m u n o sa b a tla rid a g i u m u m iy ta n
olingan m e ’y o rlar kom pleksi sifatida ken g ro q m a ’n o k asb eta b oshlagan («B archa
202
www.ziyouz.com kutubxonasi


ham da xalqaro hujjatlarda, darsliklarda qo'llaniladigan «xalqaro 
huquq» atam asi o ‘zining tu b m a ’nosiga t o ‘la m os keladi deb 
bo'lmaydi. M azkur atam aning boshqa tillardagi m a’nosi ham aynan 
shunga o ‘xshashdir: rus tilida — «m ejdunarodnoye pravo», ingliz 
tilida — «International Law», fransuz tilida — «Volker recht», ispan 
tilida — «Derecho international», ukrain tilida — «M ijnarodnoye 
pravo» va hokazo.

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish