Javoblar tasnifi g‘aroyib tun


Maqsad:  Ma’lumotni qabul qilish va undan foydalanish uchun o ‘ qish savodxonligini  oshirish.   Jarayon



Download 5,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/73
Sana09.03.2022
Hajmi5,77 Mb.
#487238
TuriОтчет
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73
Bog'liq
combinepdf

Maqsad: 
Ma’lumotni qabul qilish va undan foydalanish uchun o

qish savodxonligini 
oshirish.
 
Jarayon:
Matn elementlari, tili va mazmunini baholash va tahlil qilish.
 
To

liq tushunchaga ega bo

lish (1 ball): 
Muallifning Leonardoga nisbatan 
ijobiy munosabati va unga keltirilgan dalil to‘liq ifodalanadi. 
Masalan: 
Muallifning fikricha, u, haqiqatdan ham, juda aqlli inson, chunki u shunday 
buyuk kashfiyotlarni kashf etgan. 
Muallif Leonardoni buyuk inson deb hisoblaydi, chunki u matnda kashfiyotchi 
haqida “iqtidorli rassom, muhandis, arxitektor”,- degan so‘zlarni ishlatadi. 
Qisman tushunchaga ega bo

lish (1 ball): 
Muallifning Leonardoga nisbatan 
ijobiy munosabati va unga keltirilgan dalil qisman ifodalanadi. 
Masalan: 
Muallifning fikricha, Leonardo juda aqlli va iqtidorli inson.
 
Muallifning fikricha, Leonardo juda yaxshi ixtirochi bo

lgan.
 
Muallifning fikricha, Leonardo, haqiqatdan ham, o

z davridan ilgarilab ketgan inson.
 
Javob qabul qilinmaydi: 
Javobda muallifning Leonardoga nisbatan ijobiy 
munosabati va unga keltirilgan dalil ifodalanmaydi. 
Masalan:
 


JAVOBLAR TASNIFI 
Leonardo da Vinchi
 
Дата отчета 

Leonardo bir necha yil avval yashagan. 
Muallif juda yaxshi hikoya yozgan. 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR

OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 1 - TOPSHIRIQ 
1.
Levon nima uchun sichqonlardan qutilishni istadi?
Javob:
1.B 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 2 - TOPSHIRIQ 
2.
Levon qopqonlarni qayerga joylashtirdi?
Javob:
2.D 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 3 - TOPSHIRIQ 
3.
Nima uchun sichqonlar birinchi tunda o‘z inlaridan chiqib, bir-birlarini 
turtib, qo‘llari bilan shiftni ko‘rsatib, kulgudan yorila boshladi?
Javob:
3.B 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 4 - TOPSHIRIQ 
4. Nimaga Levon qopqonlarga qaraganda, sichqonlarni yo

qligini ko‘rib
jilmayib qo‘ydi

Maqsad:
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish
1-
Javob qabul qilinadi 
Javoblarda Levonning reaktsiyasi butun voqea kontekstida to‘g‘ri izohlangan.
Javob mazmuni: 
4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha o‘tkaziladigan 
PIRLS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun 2-mashq daftarining 
BAHOLASH MEZONI


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

Bunga javoban, Levon bo‘sh qopqonlarni ko‘rganida hayron qolmaganini tushunish 
mumkin. Javobda Levon sichqonlarni tutish uchun yanada murakkab rejasini ishlab 
chiqish niyati haqida aytilgan. 
Misollar:
- Unda sichqonlarni aldash va ulardan qutulish rejasi bor edi. 
- Chunki undsa sichqonlar uchun boshqa g‘oyasi bor edi.
YOKI javobda Levon birinchi kechasi sichqonlarga hazil qilmoqchiligi yozligan, 
ularni tutmoqchiligi emas. 
Misollar:
- U bilardi, ular birinchi kechasi pishloqni olishga bormasligini.
- U sichqonlar ustidan hazillashdi, ular uni ahmoq deb o‘ylashlari uchun. 
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javoblarda Levonning reaktsiyasi butun voqea kontekstida to‘g‘ri talqin 
qilinmagan
Javob mazmuni:
Javoblarda Levon bo‘sh qopqonlarmi ko‘rishini kutgani yoki sichqonlarni tutish uchun 
yanada murakkab rejani ishlab chiqishni maqsad qilganini tushunib 
bolmaydi

Javobda Levonning reaktsiyasini izohlashsiz aniqlash mumkin. 
Misollar: 
- U keyin nima bo'lishini bilardi. Hamma narsa uning rejasidek ketayotgan 
edi.
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 5 - TOPSHIRIQ 
5.
Levon stulni shiftga yopishtirganidan so‘ng nima qildi?
Javob:
5.C 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 6 – TOPSHIRIQ 
6. Ikkinchi kechada sichqonlar o

zlarini qayerda deb o

ylashdi, ushbu 
holatda ular qanday yo‘l
tutishga qaror qilishdi? 
Maqsad:
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish
2- To‘liq tushunish 
Javoblarda sichqonlarning reaktsiyasini to‘liq tushunish uchun matnning turli 
qismlaridan ma‘lumotlarni birlashtirishni namoyish etadi 
Javob mazmuni: 
Javob savolning ikkita elementini tushunishni anglatadi. 
1) sichqonlar shiftda turibmiz deb o‘ylaganlar (yoki shift pol ekan deb o‘ylagan yoki 
ular boshlarida turgan (o‘girilib)); VA 
2) sichqonlar boshlarida turishga qaror qilishdi. 
- Ular o‘yladilar, shiftda turibmiz deb, chunki hamma narsalar teskari edi, va 
shuning uchun ular oyoqlarini osmonda qilib boshlariga turib olishdi. 
- Ular o‘yladilar, shift –bu pol. Ular boshlariga turib oldilar, chunki 
o‘yladilar, shunday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi deb. 
1- Qisman tushunish 
Javob sichqonlarning reaktsiyasini qisman tushunishni namoyish etadi. 
Javob mazmuni: 
Javob savolning ikkita elementidan birini tushunishni anglatadi: 
1) sichqonlar o‘yladilar, ular shiftda turibmiz deb (yoki o‘yladilar, shift bu – pol, yoki
ular boshlarida turgan deb (o‘girilib)); YOKI 
2) sichqonlar boshlarida turishga qaror qilishdi. 
1- Noto‘g‘ri tushunish 
Javob sichqonlarning reaktsiyasini noto‘g‘ri tushunishni namoyish etadi. 
Javob mazmuni: 
Javob, savolning ikkita elementidan hech birini tushuntirmaydi:
1) sichqonlar o‘yladilar, ular shiftda turibmiz deb (yoki o‘yladilar, shift bu – pol, yoki
ular boshlarida turgan deb (o‘girilib)); YOKI 
2) sichqonlar boshlarida turishga qaror qilishdi. 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 7– TOPSHIRIQ 
7. Matnda ikkinchi kechada sichqonlarni vahimaga tushganligi haqida 
ko‘rsatilgan bitta misol topib yozing. 
Maqsad: 
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish
1- Javob qabul qilinadi 
Javobda sichqonlarning orasida vahima haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘lgan 
tegishli jumla mavjud. 
Javob mazmuni: 
Javob quyida keltirilgan matndan kamida bitta jumlani o‘z ichiga oladi. Javobda 
matnni qayta yozishda yuzaga kelgan kichik xatolar bo‘lishi mumkin, ammo 
jumlaning ma‘nosini buzmaydi.
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javobda sichqonlarning orasida vahima haqida xulosa chiqarish mumkin bo‘lgan 
tegishli jumla mavjud emas. 
Javob mazmuni: 
Javob quyida keltirilgan matndan bitta ham jumlani o‘z ichiga olmaydi. Savolning 
bir qismi qayta yozilgan bo‘lishi mumkin – sichqonlarni vahimada bo‘lganligini 
ko‘rsatgan. Yoki javobda sichqonlar orasida vahima paydo bo‘lmasligi kerak bo‘lgan 
jumla mavjud. 
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
Matnda keltirilgan jumladan, sichqonlar orasida vahima haqida xulosa chiqarish 
mumkin.


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

Eslatma:
Agar o‘quvchi jumlani to‘liq ko‘chirib yozmagan bo‘lsa, agar javob quyida 
keltirilgan mazmundagi jumlalardan biriga tegishli ekanligini aniqlash mumkin bo‘lsa, 
javob qabul qilinadi.

Bizni qutqaring!
- Nimadir qilinglar, biror nima qilinglar tezroq! 
- Sichqonlar vahimaga tusha boshladilar 
- Bu daxshat! 
- Tepaga qaranglar! 
- Ahir pol tepada-ku 
- Yo tavba. 
- Biz shiftda turibmiz shekilli 
- Meni boshim aylana boshladi. 
- Mening qonim boshimga quyildi. 
- Zudlik bilan nimadir qilishimiz kerak!
- Тo‘satdan kulishni to‘xtatdilar. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 8 - TOPSHIRIQ 
8. Sodir bo‘layotgan voqealar bo‘yicha sichqonlar nimani o‘ylagani haqida 
hikoyada qanday ko‘rsatib berilgan? 
Javob:
8.C 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 9 - TOPSHIRIQ 
9. Levon oxirgi tongda xonaga kirganida, nima uchun pol sichqonlar bilan 
qoplangan edi?
Javob:
9.A 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 10– TOPSHIRIQ 
10. Levon sichqonlarni poldan yig‘ib olgach, ularni qayerga soldi? 
Maqsad:
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish
1- Javob qabul qilinadi 
Javobda, matnda bo‘lgani kabi, Levon nima qilganligi ko‘rsatilgan. 
Javob mazmuni: 
Javobda, Levon sichqonlarni savatga solganligi aytilgan. 
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javobda, matnda bo‘lgani kabi, Levon nima qilganligi ko‘rsatilmagan. 
Javob mazmuni: 
Javobda, Levon sichqonlarni savatga solmaganligi aytilgan. Sichqonlarni savatga 
solganidan keyin Levon nima qilgani haqida turli g’oyalar berilgan, yoki matndan 
boshqa tegishli ma‘lumot yo‘q. 
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 11– TOPSHIRIQ 
11. Nima deb o‘ylaysiz sichqonlarni alday olish oson kechdimi? Nega “ha” 
yoki “yo‘q”. Bitta misol keltiring. 
Maqsad:
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish 
1- Javob qabul qilinadi 
Javoblarda sichqonlarning xarakterining xususiyatlari to‘g‘ri talqin qilingan, matndan 
tegishli ma’lumotlar bilan biriktirilgan. 
Javob mazmuni: 
Javob" ha"," yo‘q " yoki sichqonlarni aldash osonmi yoki yo‘qmi haqida neytral holat. 
(Bu holat keltirilan asos bilan belgilanadi.) 
Javobda keltirilgan holat asoslanadi. Asoslangan ma‘lumot matndan olinadi, 
sichqonlarni aldash oson kechgani yoki matnda keltilgan tegishli ma‘lumotlarning 
to‘g‘ri talqinini o‘z ichiga olgan. 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

(Diqqat qiling, matndan olingan javob bir xil ma‘lumotni "ha" javobini va "yo‘q" 
javobini bildirish uchun ham ishlatilishi mumkin.) 
Misollar:
- Нa, chunki ular shiftda turipmiz deb o‘ylashdi. 
- Yo‘q, Levon ularni aldashi uchun shiftga barcha mebellarni elimlashiga 
to‘g‘ri keldi.
- Ha, ularni tutish uchun juda ko‘p narsa qilishishiga to‘g‘ri keldi.
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javoblarda sichqonlarning xarakterining xususiyatlari to‘g‘ri talqin qilinmagan, 
matndan tegishli ma’lumotlar bilan biriktirilmagan. 
Javob mazmuni: 
Javoblarda "ha", "yo‘q" kabi javobni o‘z ichiga olishi mumkin, yoki sichqonlarni 
aldash oson kechgani haqida neytral asosni namoyish etadi. 
O‘quvchining pozitsiyasi beriladimi yoki yo‘qmi, javob pozitsiyasini asoslab 
bo‘lmaydi. Matndan olingan ma‘lumotlar savolga mos kelmaydigan javobni o‘z 
ichiga oladi. 
0 - Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 12– TOPSHIRIQ 
12. Siz Levonning harakatlaridan nimani bildingiz? U qanday odam 
ekanligini, uning harakatlarini tasdiqlovchi ikkita misol bilan izohlab bering. 
Maqsad:
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish 
3 – Chuqur to‘g‘ri tushunish 
Javoblarda matnni chuqur to‘g‘ri tushunishi va Levonning xarakterini tavsiflaydi. 
Javob mazmuni: 
Javobda Levonning xarakterining bir yoki bir nechta xususiyatlari tavsiflangan.
Bundan tashqari, javobda Levonning xulq-atvorining kamida ikkita misoli keltirilgan 
bo‘lib, uning xarakter xususiyatlarini tavsiflaydi. (Agar javobda Levonning 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

xarakterining ikkita xususiyati tavsiflangan bo‘lsa, unda har bir hususiyati bitta 
misolga yetarli bo‘ladi.) 
Misollar:

U aqlli, chunki u sichqonlarni ko‘payishlariga yordam berdi va keyin ularni 
aldash yo‘lini topdi.
U sichqonlarga dahshatli o‘lim bilan o‘lishlariga yo‘l 
qo‘ymadi. Bu degani, u boshqalar haqida o‘ylaydi. 
- Levon qobiliyatli.
U qopqonlarni birinchi kechasi shiftga yopishtirdi, ular uni 
ahmoq deb o‘ylashlari uchun. Keyin u mebelni shiftga yopishtirdi, ular 
boshlarida turibmiz deb o‘ylashlari.
(Eslatma: mebel va qopqonlarni shiftga yopishtirilganini ikkita misol sifatida ko‘rish 
mumkin, agar ular javobda alohida voqealar sifatida alohida-alohida berilgan bo‘lsa.)
2 – yetarlicha tushunish 
Javoblar Levonning xarakterini juda to‘g‘ri tushunishi va matndan asoslari o‘z ichiga 
oladi. 
Javob mazmuni: 
Javob matndan kelib chiqqan Levonning xarakterining birgina mavjud xususiyatini 
tavsiflaydi.
Javob, shuningdek, Levonning xulq-atvorining bir misolini ham ko‘rsatib 
beradi. 
Misollar: 
- Levon g‘ayrioddiy odam, chunki u sichqonlarni tutishni aqlli usulini o‘ylab 
topdi. 
- Levon mehribon. U o‘ldirmasdan sichqonlardan qanday qutulishni o‘ylab 
topdi. 
- Levon yomon. U sichqonlarni aldadi. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 12– TOPSHIRIQ 
(DAVOMI) 
1– Qisman tushunish 
Javob, Levonning xarakterini cheklangan tushunishni namoyish etadi. 
Javob mazmuni: 
Matndan kelib chiqgan javob Levonning xarakterining birgina mavjud xususiyatini 
tavsiflaydi, lekin Levonning xulq-atvorining namunasi misoli yo‘q, bu belgi 
xususiyatini tavsiflaydi. 
Misollar: 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 

- Levon aqlli.
- U juda qobiliyatli odam. 
YOKI javobda Levonning xarakterining o‘ziga xos xususiyati matnda aytilgan.
Bunday holda, o‘quvchi Levonning xatti-harakati (harakati) misolini keltirishi 
mumkin, bu esa aytilgan xususiyatini ko‘rsatmaydi.
O‘quvchi
quyidagi xususiyatlarni 
keltirishi mumkin: baxtli, bosiq, xotirjam.
“Kambag‘al” javob qabul qilinmaydi. 
Misollar: 
- U juda baxtli odam edi 
- U butun hayoti davomida tinch va osoyishta odam edi. 
YOKI matndan keltirilgan javobda Levonning biror bir narsaga mumkin bo‘lgan 
munosabati yoki Levonning xohishi bo‘lgan munosabati tavsiflangan,
lekin o‘quvchi 
qahramonning xarakter xususiyatini aytmagan. 
Misollar: 
- Unga sichqonlarni bunday g‘ayritabiiy tarzda ahmoq qilish yoqardi. 
0 - Noto‘g’ri tushunish 
Javoblarda Levonning xarakterini noto'g'ri tushunish ko'rsatilgan. 
Javob mazmuni: 
Javobda Levonning xarakterini to‘g‘ri tavsifi keltirilmagan, yoki javobda faqat 
Levonning jismoniy tavsifi berilgan,
yoki Levonning tavsifi shunchalik noaniq va 
umumiy, matndan qo‘shimcha asoslashsiz o‘quvchilarning hikoyani tushunishini 
baholash qiyin. 
Misollar: 
- U yaxshi keksa odam, chunki qari. 
- U juda aqlli emas. 
YOKI javob matndan ba‘zi ma'lumotlarni keltirilgan, lekin Levonning 
xarakteristikasiga hech qanday aloqasi yo'q. 
Misollar: 
- U sichqonlarni aldash uchun shiftga barcha narsalarni joylashtirdi. 
- Levon keksa odam. 
- Oxir-oqibat u sichqonlarni tutdi. 
0 - Javob yo‘q 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 10 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 13 - TOPSHIRIQ 
13. Qaysi so‘zlar ishbu hikoyani yaxshiroq tasvirlab beradi?
Javob:
13.C 
OYOG‘I OSMONDA BO‘LGAN SICHQONLAR, 14– TOPSHIRIQ 
14. 
Ushbu hikoyada Levon va sichqonlar nima qilgani haqida o‘ylab 
ko‘ring. Nima ushbu hikoyani ishonarsiz qilib qo‘yganini tushuntirib bering. 
Maqsad:
Badiiy adabiyot o‘qish tajribasini oshirish 
Faoliyat:
Axborotni izohlash va umumlashtirish 
1- Javob qabul qilinadi 
Javobda ushbu hikoyadagi voqealar yoki personajlarning ajoyibligi haqida baholash 
qarorlari aytilgan. 
Javob mazmuni: 
Javob quyida keltirilgan voqealardan bir yoki undan ortiq hikoya belgilarining 
harakatlarini o‘z ichiga oladi. 
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javobda, sodir bo‘lgan voqealar ehtimoli baholanmaydi. 
Javob mazmuni: 
Javob, quyida keltirilgan belgilarning hech qanday hodisasini yoki harakatini 
tavsiflamaydi.
Voqea nima uchun ajoyib ekanligi haqida hech qanday izoh yo‘q. Yoki 
javobda hikoya ehtimoliy yoki aql bovar qilmaydigan deb tasdiqlangan bo‘lishi 
mumkin. 
Misollar: 
- U sichqonlarni tutgan.
- Bu ajoyib bo‘lgan edi. 
0 - Javob yo‘q 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 11 
Javob berishga imkoniyat yo‘q edi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
Hikoyaning ajoyib elementlari 
Diqqat qiling, o‘quvchilar voqealar yoki qahramonlarning umumiy tavsifini 
berishi mumkin, masalan, sichqonlar odamlar kabi edi. 
Voqealar:
- mebelni shiftga yopishtirish
- sichqonlarni yo'q qilish usuli
- sichqonlar hushidan ketgan-sichqonchani aldash. 
Belgilar: 
- gapiradigan sichqon
- boshda turgan sichqonlar
- sichqonchani yuqoriga ko'tarishadi deb o'ylashadi. 
- Histerikada sichqon 
- kulish va hazillashadigan sichqon 
Eslatma: ba’zi o‘quvchilarlar Levonning xarakteri va uning harakati o’rtasidagi 
farqni e’tiborga olishlari mumkin.
Agar matndan olingan ma’lumotlardan foydalangan 
holda asoslansa, javob qabul qilinadi. 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 1 –TOPSHIRIQ 
1.
“Nord daryosi bo‘yidagi yo‘lakcha bo‘ylab” deb nomlangan bo‘limning 
asosiy maqsadi nima?
Javob:
1.D 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 2 –TOPSHIRIQ 
2.
Reklama bukleti ushbu qismining asosiy maqsadi nima?
Javob:
1.B 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 12 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 3 –TOPSHIRIQ 
3.
Reklama bukleti ushbu qismining asosiy maqsadi nima?
Javob:
3.C 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 4 –TOPSHIRIQ
4.
Daryo bo‘ylab yo‘nalishda kelayotgan joylarni boshlanishidan oxirigacha 
ketma-ketlikda raqamlab chiqing. 1 raqami siz uchun qo‘yilgan. 
____ Gryundorf qal’asi 
____Benxeym 
_1__ Daryo bo‘yidagi Vodiy hiyoboni 
____Daryo bo‘yidagi mehmonxona 
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Xulosalarni shakllantirish
1 - Javob qabul qilinadi 
Javoblarda yuqorida keltirilgan daryo bo‘yidagi marshruti bo‘ylab ob’ektlarga 
rioya qilishning tartibi to‘g‘ri keltiriladi.
Javob mazmuni: 
Javobda ob’ektlarning nomlari (ob’ektlarning quyidagi raqamlariga muvofiq) haqidagi 
raqamlar to‘g‘ri joylashtirilgan. 1 ball bilan baholash uchun har bir ob’ekt to‘g‘ ri 
raqam bilan belgilangan bo‘lishi kerak. 
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javoblarda daryo bo‘yidagi marshruti bo‘ylab ob’ektlarga rioya qilishning 
quyida berilgan tartibi
to‘g‘ri
KELTIRILMAGAN.
Javob mazmuni: 
Javobda ob’ektlarning nomlari yonidagi raqamlar to‘g‘ri joylashtirilmagan (quyidagi 
ob’ektlar raqamlanishini ko‘ring). 
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 13 
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
Quyidagi ob‘ekt tartibi
4
Gryundorf qa‘lasi 
2
Benxeym 
1
Daryo bo‘yidagi Vodiy hiyoboni 
3
Daryo bo‘yidagi mehmonxona 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 5 –TOPSHIRIQ
5. 10 yoshli bola uchun kun davomida velosiped ijarasi qancha turadi? 
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Xulosalarni shakllantirish
1-
Javob qabul qilinadi 
Javoblarda jadval ma’lumotlariga asoslangan velosiped ijarasi narxlari 
keltiriladi.
Javob mazmuni: 
Javobda “Velosiped ijarasi qancha turadi?” jadval ma’lumoti asosida ijaraga olishning 
aniq narxi (bukletning so‘ngi betida) beriladi - 9 dollar. Ushbu ma’lumot “Bolalar (16 
yosh gacha)” jadvalining ikkinchi qatori va “Bir kun” ma’lumotlari bilan ikkinchi 
ustunning kesishmasidagi jadvalda keltiriladi. Pul birliklari ko‘rsatilishi yoki 
ko‘rsatilmasligi mumkin.
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javoblar jadval ma’lumotlariga asoslangan velosiped ijarasi uchun narxlari to‘g‘ri
KELTIRILMAGAN. 
Javob mazmuni: 
Javobda, bukletning so‘nggi sahifasida berilgan “Velosiped ijarasi qancha 
turadi?” jadval (“Bolalar (16 yosh gacha)” jadvalining ikkinchi qatori va “Bir 
kun” ma’lumotlari bilan ikkinchi ustunning kesishmasida) ma’lumoti asosida 
ijaraga olishning aniq narxi KO‘RSATILMAYDI.
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 14 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 6–TOPSHIRIQ
6. “Zippi” ijara markazi bolalar uchun turli hil moslamalarni ijaraga 
beradi. Ulardan bolalar uchun mo‘ljallangan ikkitasini yozing.
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Yaqqol ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish
2- To‘liq tushunish 
Javoblarda bolalar uchun ikkita moslamani topish orqali matnni to‘liq 
tushunishi namoyon etiladi.
Javob mazmuni: 
Javobda quyida keltirilgan ro‘yxatdagi bolalar uchun ikkita qurilma haqida 
aytiladi.
1- Qisman tushunish 
Javoblarda bolalar uchun faqat bitta moslamani aniqlash orqali matnni qisman 
tushunishi namoyon etiladi.
Javob mazmuni: 
Javobda quyida keltirilgan ro‘yxatdagi bolalar uchun faqat bitta moslama 
keltiriladi.
0- Noto‘g‘ri tushunish 
Javoblarda matnni tushunmaslik va bolalar uchun moslamalar haqidagi 
ma’lumotni topish qobiliyatiga ega emaslik namoyon etiladi.
Javob mazmuni: 
Javob quyida keltirilgan ro‘yxatdagi bolalar uchun hech qanday moslamalar 
KELTIRILMAYDI.
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
Bolalar uchun moslamalar: 
- Bolalar velosipedlari
- Kattalar velosipediga biriktiriladigan bolalar velosipedlari
- Pritseplar


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 15 
- Bolalar o‘rindiqlari (qulay o‘rindiqlar /o‘rindiqlar) 
- Stabilizatorli/stabilizatorsiz kichik velosipedlar
- Stabilizatorlar 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 7 –TOPSHIRIQ
7. Zippi velosipedlari haqida qanday ma’lumot sizga ijaraga olingan 
velosipedlar yaxshi holatda ekanligini anglatadi? 
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Xulosalarni shakllantirish
1-
Javob qabul qilinadi 
Javoblarda velosipedlarning holatini baholash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar 
keltiriladi.
Javob mazmuni: 
Javobda velosipedlarning yaxshi holatda qanday saqlanishi haqida reklama 
varaqasidan olingan ma’lumotdan keltiriladi. Bunga javoban, ular faqat 
muntazam ravishda ko‘zdan kechirib borilganligi yoki har yili yangilanishi 
haqida aytilishi mumkin.
Misollar: 
- Ular har yili yangilanadi. Bu ularning yaxshi holatda ekanligini 
anglatadi.
- Ular muntazam ravishda ko‘zdan kechirib borilayotganligi haqida 
ma’lumot.
0- Javob qabul qilinmaydi 
Javoblarda velosipedlarning holatini baholash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar 
KELTIRILMAYDI.
Javob mazmuni: 
Javobda velosipedlarning yaxshi holatda qanday saqlanishi haqida reklama 
varaqasidan olingan ma’lumotdan KELTIRILMAYDI.
Javobda velosiped 
holatini saqlab qolish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa har qanday ma’lumotlar 
keltirilishi mumkin.
Misollar: 
- Ularni minib yurish juda zo‘r.
- Ularning o‘rindiqlari juda qulay.


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 16 
0-Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 8 –TOPSHIRIQ
8 va 9-savollar - ikkita kattalar va ikkita bolalar (10 yosh va 3 yosh)dan iborat 
oila haqida. 
8. Ular bir kunni daryo bo‘yida velosiped minib o‘tkazmoqchilar.
Oila uchun 
qanday velosipedlar kerak bo‘ladi? 
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Axborotni talqin qilish va umumlashtirish
2- To‘liq tushunish 
Javoblarda o‘qilgan narsalarning to‘liq tushunganligi namoyon etiladi. 
O‘quvchi oila a’zolariga qanday velosipedlar kerakligini aniqlash uchun 
reklama bukletining turli qismlarida berilgan ma’lumotlarni umumlashtiradi.
Javob mazmuni: 
Javobda oila a’zolariga kerak bo‘lgan velosipedlar to‘g‘ri aytiladi.
3 yoshli bola uchun maxsus moslama kerak (10 yoshli bola uchun yoki bolalar 
yoki kattalar velosipedlari taklif qilinishi mumkin).
Misollar: 
- Ularga ikkita kattalar velosipedi, bitta bolalar velosipedi va bitta bolalar 
o‘rindig‘i kerak.
- Bitta tirkamali tog‘ velosipedi va bitta tandem kerak. 
1- Qisman tushunish 
Javoblarda reklama varaqasidan o‘qilgan narsalarning qisman tushunganligi 
namoyon etiladi.
Qisman tushunish oilaning har bir a’zosi uchun mos 
velosipedlar va moslamalarning noaniq ta’rifida namoyon bo‘ladi.
Javob mazmuni: 
Javobda kamida ikki xil velosiped (moslama) keltiriladi. Lekin, ijara markazida 
taklif etilgan velosipedlar yoki moslamalar oila a’zolarining barchasiga 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 17 
tanlanmaydi yoki ularning soni oila a’zolarining sonidan ko‘proq yoki 
velosipedlar va moslamalar soni ko‘rsatilmaydi.
Misollar: 
-Tog‘ velosipedi va pritseplar.
-Ikkita kattalar va ikkita bolalar uchun velosipedlar.
-Velosipedlar va bitta pritsepli velosiped.
-Bitta tog‘ velosipedi, pritsepli, bitta tandem va bolalar uchun velosiped.
0- Noto‘g‘ri tushunish 
Javoblarda taklif etilgan velosipedlar va ularning moslamalari haqidagi reklama 
bukletining mazmunini tushunmaganligi namoyon etiladi.
Javob mazmuni: 
Javobda hech qanday maxsus velosiped turi KELTIRILMAYDI. Oila uchun 
velosiped haqida umumiy gapirilishi mumkin.
Misollar: 
- Ularga to‘rtta velosiped kerak.
- "Zippi" markazi velosipedlari.
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 9 –TOPSHIRIQ
9- va 10-savollar ikkita kattalar va ikkita bolalar(10 yosh va 3 yosh)dan iborat oila 
haqida. 
9. 
Ular bir kunni daryo bo‘yida velosiped minib o‘tkazmoqchilar. Savolga javob 
berish uchun siz reklama bukletida o‘qigan ma‘lumotingizdan foydalaning. 
Daryo bo‘yida ushbu oila qaysi joylarga tashrif buyurishi mumkin?
Nima uchun u yerga borishni xohlashlari mumkinligini tushuntiring. 
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Axborotni talqin qilish va umumlashtirish
2- To‘liq tushunish 
Javoblarda o‘qilgan reklamaning to‘liq tushunganligi namoyon etaladi.


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 18 
O‘quvchi tashrif buyurish mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumotlarni 
umumlashtiradi.
Javob mazmuni: 
Javobda reklama bukletida tasvirlangan daryo bo‘ylab yo‘nalishi bo‘yicha joylar 
sanab o‘tiladi. Bu joyga nima uchun tashrif buyurishi kerakligi yoki bu yerda 
nima qilish mumkinligi (nima bilan shug‘ullanishi mumkinligi) haqida 
bukletdan olingan ma’lumotlarga asoslanib tushuntirish beriladi.
Misollar: 
- Ular “Ufq” kafesiga tashrif buyurishlari mumkin, chunki ikki soat 
harakatlanishdan so‘ng ular och qolishlari va charchagan bo‘lishlari 
mumkin.
- Ular tabiatning yovvoyi burchagini ziyorat qilishni xohlashlari mumkin, 
chunki bolalar va kattalar qushlarni yaxshi ko‘radilar. 
-
Daryo bo‘yidagi mehmonxona. Ular dam olish uchun bir kecha 
qolishlari mumkin.
1- Qisman tushunish 
Javoblardan o‘qilgan reklamaning qisman tushunganligi namoyon etiladi. 
Qisman tushunganlik oila tashrif buyuradigan joylarni aniqlashda namoyon 
bo‘ladi.
Javob mazmuni: 
Javobda bukletda tasvirlangan daryo bo‘ylab marshrutida ma’lum bir joy 
aytiladi. Lekin, bu joyga nima uchun tashrif buyurishi kerakligi haqidagi 
varaqchadan olingan ma’lumotlarga asoslangan tushuntirish berilmaydi.
Misollar: 
- Ular qo‘riqxonaga tashrif buyurishlari mumkin.
- Ular Benxeymga borishlari mumkin.
YOKI bu joylarga nima uchun tashrif buyurish kerakligi tushuntiriladi, lekin u 
noaniq yoki reklama bukletidagi ma’lumotlariga mos kelmaydi.
Misollar: 
- Ular “Ufq” kafesiga tashrif buyurishlari mumkin, bu juda yaxshi joy. 
-
B
olalar yugurishlari uchun, ular qo‘riqxonaga tashrif buyurishlari 
mumkin.


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 19 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 9 –TOPSHIRIQ (DAVOMI) 
0- Noto‘g‘ri tushunish 
Javoblarda tashrif buyurish mumkin bo‘lgan joylarni aniqlashda o‘qilgan 
ma’lumotni tushunmaganlik namoyon etaladi.
Javob mazmuni: 
Javobda varaqchada tasvirlangan daryo bo‘ylab marshrutidagi bitta ham joy 
KELTIRILMAYDI. Bu joyga tashrif buyurish nima uchun arziguligi haqida 
(varaqchadan olingan ma’lumotlarga asoslanmagan holda) noaniq yoki umumiy
tushuntirish berililshi mumkin.
Misollar: 
- Ular suvni tomosha qilish uchun daryo bo‘yida qolishlari mumkin.
- Ular hamma narsani ko‘rish uchun barcha joylarga tashrif buyurishlari 
mumkin.
YOKI javobda varaqchada tasvirlangan, lekin daryo bo‘ylab marshrutida 
joylashmagan boshqa joylar keltiriladi.
Misollar: 
- Ular “Zippi” ijara markaziga tashrif buyurishlari mumkin.
- Ular velosiped yo‘nalishi bo‘ylab sayohat qilishlari mumkin.
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
DARYO YO‘
NALISHI
BO‘YLAB, 10 –TOPSHIRIQ
10. Jasmina, Asal, Jahongir va Xalillarning fikrlarini o‘qing. Ularning 
ismlaridan xaritada turgan joylarigacha chiziq chizing. Siz uchun bitta chiziq 
chizilgan.
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Axborotni talqin qilish va umumlashtirish
3 – Chuqur to‘g‘ri tushunish 
Javoblarda o‘qilgan narsalarning chuqur to‘g‘ri tushunganligi namoyon etiladi. 
Bu o‘quvchilarning tavsifiga ko‘ra muayyan ob’ektning joylashuvini aniqlashda 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 20 
reklama varaqchasining turli qismlaridagi ma’lumotlarni umumlashtirishda 
namoyon bo‘ladi

Javob mazmuni: 
Javobda aytilgan har uchala fikrlar ob’ektlarning nomi va ularning daryo bo‘ylab 
marshrutidagi joylashuvi bilan to‘liq mos keladi (quyida keltirilgan jadvalga 
qarang). 
2 – yetarlicha tushunish 
Javoblarda o‘qilgan narsalarning juda to‘g‘ri tushungaligi namoyon etiladi. Bu 
o‘quvchilarning tavsifiga ko‘ra ba’zi ob’ektlarning joylashuvini aniqlashda 
reklama varaqchasining turli qismlaridagi ma’lumotlarni umumlashtirishda 
namoyon bo ‘ladi.
Javob mazmuni: 
Javobda aytilgan har uchala fikrlarning faqat ikkitasi ob’ektning nomi va 
ularning daryo bo‘ylab marshrutidagi joylashuvi bilan to‘liq mos keladi (quyida 
ko‘rsatilgan jadvalga qarang). 
1– Qisman tushunish 
Javoblar o‘qilgan narsalarning qisman tushunganligi namoyon etiladi. O‘quvchi 
tavsifiga ko‘ra faqat bitta joyni aniqlaydi. 
Javob mazmuni: 
Javobda aytilgan har uchala fikrdan faqat bittasi ob’ektning nomi va uning daryo 
bo‘ylab marshrutidagi joylashuviga mos keladi (quyida ko‘rsatilgan qarang). 
0- Noto‘g‘ri tushunish 
Javoblarda bukletda tasvirlangan daryo bo‘yidagi marshrut joylarining noto‘g‘ri 
tushunganligi namoyon etiladi. 
Javob mazmuni: 
Javobda aytilgan har uchala fikrdan hech biri ob’ektning nomi va uning daryo 
bo‘ylab marshrutidagi joylashuviga mos kelmaydi (quyida ko‘rsatilgan qarang). 
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh.
Daryo bo‘ylab marshrutidagi manzillarning joylashuvi va fikrlar o‘rtasidagi 
mosliklar. 
Fikrlar 
Joylashuvi 
Benxeym


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 21 
-
Asal: “Daryoning narigi 
tomonida hayratlanarli kichik 
port shahri bor”. 
-
Jahongir: “Bu yerda yuzlab 
qushlar bor”. 
-
Xalil: “Bizning velosipedimiz 
kiyikni hozirgina qo‘rqitib 
yubordi”. 
(javobda Benxeymga yo‘naltirilgan 
chiziqlar hisobga olinadi) 
Benxeym solsimon kemasi va daryo 
bo‘yidagi mehmonxona YOKI 
qo‘riqxona o‘rtasida (javoblardagi 
chiziqlar solsimon kemani yoki 
mehmonxonani aniq ko‘rsatmasligi 
kerak) 
Gryundorf qala’si 
DARYO YO‘NALISHI BO‘YLAB, 11 –TOPSHIRIQ
11. Quyidagi savollarga javobingizni ko‘rsatish uchun chiziq chizing. Siz 
uchun bitta chiziq chizilgan. 
Maqsad: Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish 
Faoliyat: Matnning mazmuni, tili va elementlarini tahlil qilish va baholash
3 – Chuqur to‘g‘ri tushunish 
Javoblarda reklama bukletidagi ma’lumotlarning ma’lum bir qismi qanday maqsadda 
berilganligi haqida chuqur to‘g‘ri tushunganlik namoyon etiladi. 
Javob mazmuni: 
Javobda barcha (uchala) savol va axborot o‘rtasida ushbu savollarga javob 
beradigan reklama bukletidagi aloqa (chiziqlar) aniq belgilanadi (quyida keltirilgan 
javoblar sxemasiga qarang). 
2 – yetarlicha tushunish 
Javoblarda reklama bukletidagi ba’zi ma’lumotlarning qanday maqsadda berilganligi 
haqida yetarlicha to‘g‘ri tushunganlik namoyon etiladi. 
Javob mazmuni: 
Javobda ikkita savol va ma’lumot o‘rtasida ushbu savollarga javob beradigan 
reklama bukletida aniq aloqa (chiziqlar) o‘rnatiladi (quyida keltirilgan javoblar 
sxemasiga qarang). 
1– Qisman tushunish 
Javoblarda cheklangan darajada tushunganlik namoyon etiladi. O‘quvchi 
reklama bukletining faqat bir qismida ma’lumot qanday maqsadda berilishini 
aniqlaydi. 


PIRLS-2001 TADQIQOT TOPSHIRIQLARINI BAHOLASH UCHUN TOPSHIRIQLARGA JAVOBLAR VA MEZONLAR 22 
Javob mazmuni: 
Javobda bu savolga javob beradigan reklama bukletidagi bitta savol va ma’lumot 
o‘rtasida aniq aloqa (chiziq) o‘rnatiladi (quyida keltirilgan javoblar sxemasiga 
qarang).
0- Noto‘g‘ri tushunish 
Javoblarda reklama bukletida qanday ma’lumot berilganligi haqida noto‘g‘ri 
tushunganlik namoyon etiladi. 
Javob mazmuni: 
Javobda ushbu savollarga javob beruvchi reklama bukletidagi savollar va 
ma’lumotlar o‘rtasida noto‘g‘ri aloqa (chiziqlar) o‘rnatiladi (quyida keltirilgan 
javoblar sxemasiga qarang).
0- Javob yo‘q 
Javob berishga imkoniyat bo‘lmadi (chop etish xatosi, sahifa o‘tkazib yuborilgan va 
boshqa.).
Javob uchun joy butkul bo‘sh. 
DARYO YO‘NALISHI BO‘YLAB, 11 –TOPSHIRIQ 
(DAVOMI) 
Reklama varaqchasidagi ma'lumotlar va savollar o'rtasidagi mosliklar 
Savollar
Qaysi gap sizni daryo bo‘ylab harakat 
qilishga taklif qiladi? 
Velosiped ijarasi narxi haqidagi 
ma’lumotni qayerdan topish mumkin? 
Ijaraga olish maqsadida kattalar uchun 
velosiped turlari haqida qayerdan bilsa 
bo‘ladi? 
Reklama varaqchasidagi ma’lumotlar 
Nord daryosi bo‘ylab chiroyli joyda 
joylashgan 12 km uzunlikdagi tekis, 
yengil, yo‘lovchilardan holi velosiped 
yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishga 
urinib ko‘ring. 
“Velosiped ijarasi qancha turadi” 
jadvalida. 
“Qanday velosiped haqida orzu 
qilmang” xatboshidan boshlanadi. 


 

Download 5,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish