281.Unit tipidagi modullarni qulayliklari, yaratish va qo'llash sxemasi UNIT tipidagi modul. Bu texnalogiyaning quyidagi qulayliklari mavjud. a) Programma bo’lak (modul) larga bo’linadi va tarjima qilinadi. b) Qismprogrammalar kutubxonasini yaratish mumkin. d) Standart modullardan foydalaniladi. e) Programma hajmini kengaytirish mumkin. Paskal oilasidagi tizimlar muhitida modulning umumiy strukturasi quyidagicha. Unit moduli – bu maxsus shaklda tashkil qilingan kutubxona bo’lib unda konstanta, turlar, o’zgaruvchilar, protsedura va funksiyalar saqlanadi. Bunday modulning programmadan asosiy farqi shundan iboratkim, u mustaqil ishga tayyorlanmaydi. Faqat boshqa mustaqil programmalar tarkibida ishlashga da’vat etiladi Ko’rinib turibdikim, modul to’rtta qismga bo’linadi.
a) Modul sarlavhasi (unit nom);
b) Interfeys, ya’ni e’lonlar bo’limi (interface);
d) Ishlab chiqarish bo’limi (implementation);
e) Ishga yurgizish bo’limi (begin va end orasida);
282. Kompyuter haqida asosiy tushunchalar (hardware, software).Protsessor (CPU). Kompyuter – ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi elektron qurilma.Kompyuter apparat (hardware) va dasturiy (software) ta’minotlardan tashkil topgan.Apparat ta’minotini kompyuterning fizik elementlari tashkil qilsa, dasturiy ta’minotini fizik elementlar faoliyatini amalga oshiruvchi va topshiriqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi dasturlar to`plami tashkil etadi. Kompyuterning markaziy protsessor bloki (CPU) uning bosh miyasi hisoblanadi, xotiradan yuborilgan masalalar unda bajariladi.
283. Identifikatorlar(nomlash, nomlash qoidalari). Dasturchi tomonidan o'zgaruvchi, o'zgarmas, funksiya lar uchun beriladigan ehtiyoriy nom bu Identifikator deyiladi.
Iden tifikator lotin harflaridan boshlanishi shart;
Ikkinchi simvoldan boshlab raqamlardan foydalanish mumkin;
C++ da katta kichik harflar farq qiladi. Ya’ni quyidagilarning har biri alohida identifikator hisoblanadi: KATTA, katta, KaTTa, kAttA, KattA, …
Probel C++ da so’zlarni ajratish uchun ishlatiladi. Shuning uchun identifikatorda probeldan foydalanib bo’lmaydi.
Xizmatchi (int, float, for, while kabi) so’zlardan identifikator sifatida foydalanib bo’lmaydi;
Identifikatorlar harf, “$” simvoli yoki “_” simvoli bilan boshlanishi kerak;
• Birinchi xarfdan keyin identifikator xarflar, “$” simvoli, “_” simvoli yoki sonlarning
istalgan kombinatsiyasini o’z ichiga olishi mumkin;
• Identifikator istalgan miqdordagi simvollardan tashkil topishi mimkin;
• Java kalit so’zlarini identifikator sifatida ishlatish mumkin emas;
• Identifikatorlar xarf kattaligini farqlaydi. Masalan, test va Test ikkita xar-xil