269. Dasturlash tillarini sinflanishi va tarkibi
Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Quyi darajadagi dasturlash tillari;
O`rta darajadagi dasturlash tillari;
Yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, buyruqlar maxsus raqamlar (kodlar) yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo‘lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalariga («ENIAC», «MESM» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.
Assembler
Mashina kodi
CIL-shartli ravishda
O‘rta darajadagi dasturlash tillari- dasturchiga engiliklar yaratib,dasturlashda ko’plab apparat funksiyalari haqidagi bilimlarni talab qilmay inson tushunadigan tilga yaqinroq ko’rinishda bo’ladi.
Fortran
C
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko‘ra yengil bo‘lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi..
C++, Java, Python, C#
JavaScript, Ruby
271. Assemblerning ta’rifi,funksiyalari va xususiyatlari
Assembler programmalash tizimi bo’lib assembler tili va shu
tilni tarjima qiladigan translyatordan iborat.
Assemblerlar asosan mashina oilasiga (platformaga ) mo’ljallangan holda
ishlab chiqariladi. Masalan , Intel (IBM PC) oilasiga mansub assembler, Apple
(Mac , Matorolla, Zilog) oilasi uchun ishlab chiqarilgan assembler yoki VAX
arxitekturasiga mutobiq assembler va h. shularga qaramasdan, assemblerlarning
bajariladigan ishining umumiy to’plamini quyudagicha deb qarash mumkin.
• 1.Amallar mnemonik kodini ularga ekvivalent bo’lgan mashina kodiga
o’tkazish.
Masalan , add ni 10 ga o’chirish.
2. simvolik operandlarni ekvivalent bo’lgan mashina adreslarga
o’tkazish.
Masalan , alpha ni 1243 ga o’chirish.
3. maxsus format asosida mashina komandalarini tuzish.
Masalan ,$88/$8e/NWords ←MOVCX,bp+NWords.
4. boshlang’ich programmadagi konstantalarni mashinaning ichki
tasvirlanishiga o’tkazish.
Masalan , edf→45F446
5. Hosil bo’lgan obеkt programmani xotiraga yozish va listingni
chiqarish.
Bulardan tashqari, assеmblеr dirеktivalari ham programmada ishlatiladi.
Bunday dirеktivalarni psеvdokomandalar ham dеyishadi. Dirеktivalar mashina
tiliga tarjima qilinmaydi, assеmblеrni ishini boshqarish uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |