4-savolga javob
Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra:
-ssuda operatsiyalari (kreditlash);
-hisob – kitob operatsiyalari;
-kassa operatsiyalari;
-investitsiya va fond operatsiyalari;
-valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.
Ssuda operatsiyalari orqali banklar mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan mulkiy shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik sub’ektlariga tegishli kerditlarni beradi. Ma’lumki, bank kreditlari bir yilgacha – qisqa muddatli, bir yil va undan ko‘p davrga – uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Hisob – kitob operatsiyalarida banklar mijozlarning topshiriqlariga asosan turli maqsadlarga ularning hisobvaraqlarini debetlash orqali o‘tkazadi, shuningdek, ssuda operatsiyalari ham bevosita kredit oluvchining ssuda hisobvarag‘ini debetlash orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya operatsiyalarida banklar ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlatning qimmatli qog‘ozlariga moliyaviy mablag‘larni joylashtiradi. Albatta ushbu operatsiyalar banklar uchun ma’lum darajadagi riskli operatsiyalar hisoblanib, banklarning foydasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Fond operatsiyalarida banklar qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bajarish bilan birga, fond birjalarida oldi – sotdi qilinadigan qimmatli qog‘ozlar va veksellar bilan operatsiyalarni amalga oshiradi.
Banklar kassa operatsiyalari orqali mijozlarga naqd pullarni berish va ulardan naqd pullarni qabul qilish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshiradi.
Banklarning valyuta operatsiyalaribevosita xorijiy mamlakatlar milliy
valyutasini oldi – sotdisi bilan bog‘liq operatsiyalar hisoblanib, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini o‘zgarishi hisobiga foyda yoki zarar ko‘rishi mumkin.
Banklar yirik va yuqori darajadagi to‘lov qobiliyatiga ega moliyaviy muassasa sifatida kompaniya, korporatsiya va boshqalarga uchinchi shaxs sifatida kafolatlarberishi mumkin. Albatta, berilgan kafolatlar evaziga banklar ma’lum darajadagi foydani olishni rejalashtiradi.
Yuqorida qayd eilganlarga asoslanib, banklarning aktiv operatsiyalarini to‘rtta guruhga ajratish mumkin.
1.Erkin zahiralar – bunga kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi qoldiqlar, boshqa kredit tashkilotlarning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar. Erkin zahirlar yuqori likvidli mablag‘lar hisoblanib, bankka qisman yoki umuman daromad keltirmaydi.
2.Berilgan kreditlar va depozit ko‘rinishida boshqa moliya muassasalariga, shuningdek Markaziy bankka joylashtirilgan mablag‘lar.
3.Investitsiyalar – bu bankning qimmatli qog‘ozlarga va nomoddiy aktivlarga, shuningdek pay ko‘rinishida xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltirilgan resurslari.
4.Bankning o‘ziga (ichki investitsiyalar) moddiy va nomoddiy aktivlarga yo‘naltirilgan mablag‘lari. Bunga bank faoliyatini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan binolar, jihozlar va boshqa uskunalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |