1 BILET
Nima uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi.
Javob: XIV asrning 50 yillarida Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi
Ulug`bek zamoniga kelib qanday fanlar rivojlandi va nmalarga etibor qaratildi
Javob: Ulug`bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va diniy bilimlarga e’tibor berildi. Buxoro, Samaraqnd, Fijduvonda madrasalar qurildi.Bu davrda adabiyot sohasida Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlari yaratildi.Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshiy, Hirotda esa Navoiy, Jomiy, Behzod, tarixchi Xondamir, hattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi.
SHarqda XV asrda tarix fani rivoj topdi shular haqida yozing
Javob: XV asrda tarix fani rivoj topdi, Hofizu Abru "Zubdan tavorix" (Tarixning qaymog`i) kitobi yozib, unda 1427 yilgacha voqealar bayon etildi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib, "Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo`shilish joyi" asarida 1471 yilgacha voqealarni bayon etdi. "Ravzatus safo" asrini yozgan Mirxond, "Xabibus siyar" asarini yozgan Xondamir asarlarining bir qismi sulton Husayn hukmronlik qilgan davrga bag`ishlandi.
I.A.Karimov Ulug`bek zimmasiga tushgan vazifa haqida yozgan edi
Javob: : "Taqdir bu zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalarni yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo`lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi"
1411 yili 17 yoshli Ulug`bek nmalarga ko’proq etibor qaratdi
Javob: 1411 yili 17 yoshli Ulug`bek Movorounnahr va Turkistonning hokimi etib belgilanadi. Uning tashabbusi bilan o`lkada ilm - fan, ayniqsa falakkiyot ilmi yuksala bordi. U riyoziyot fanini mukammal egallagan va ungacha hech kim unchalik tez va aniq hisoblay olmagan.U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) keyinchalik Fijduvonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.
2 BILET
Ulug’bekning ilmiy merosining eng asosiysi qaysi asar va u qanday nomlanadi
Javob Ulug’bekning ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning «Ziji» bo’lib, bu asar «Ziji Ulug’bek»dir.
Ziji jadidi ko’rgoniy» haqida
Javob: Cheksiz aql-idroki, azmu qata’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo qariyb qirq yil mobaynida Movarounnaxr diyorining donishmand xukmdori bo’lib, halqlarning azaliy orzusi-tinchlik, totuvlik, har tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida mislsiz shijoat va matonat ko’rsatdi. Ulug’bek, avvalo ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod «Ziji jadidi ko’rgoniy» deb nomlangan Ulug’bek astronomik jadvali asrlarda lotin tiliga tarjima qilinib, yevropa olimlari orasida tarqalgani fikrimizning yakqol isbotidir.
Obirahmat soyining bo`yida rasadxonaning qurilishiga necha yil ketadi
Javob: 5 yil
Ulug`bek o`qituvchi - mudarrisga katta talablar qo`yadi . Izoxlab bering
Javob: Mudarrsilar avvalombor, uzini tarbiyalamog`i, bilim va malakalarni egallamog`i, uz ustida tinmay ishlashi, darslarni yuqori saviyada o`tishga ahamiyat berishi kerak. U ta’limda darsliklarning o`rnini muhim deb biladi. Shuning uchun darslik mazmuniga katta e’tibor beradi va mualliflar oldiga jiddiy talablar qo`yadi. Darslik hayot haqiqatidan uzoq bo`lmasligi, sodda, tushunarli tilda yozilishi lozim
Ulug`bekning pedagogik qarashlarida bolalar haqida yozgan fikri
Javob: bolalarning jismonan sog`lom, harbiy hunar egallagan, jasur, mard bo`lib yetishishlariga alohida e’tibor beradi
3 BILET
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida
Javob: (1483-1530). O`zbek xalqining ilm va madaniyat xazinasiga o`lmas hissa qo`shgan mutafakkir olim, tarixchi, qonunshunos va lirik shoirdir.
Bobur ilm - fan. san’at,madaniyat va ularning sohalari bilan yaqindan tanishgan, uning ijodini asosan lirik she’rlar va adabiy - tarixiy asari - "Boburnoma" bilan ko`zga tashlanadi. "Boburnoma" qomusiy xarakterdagi kitob bulib, unda tarix, geografiya, botanika va boshqa fan sohalariga oid ma’lumotlar berilgan.
Boburning musulmonchilikqoidalari va qonushunoslikka bag`ishlangan asarlari
Javob: "Mubayyin". arab alfavitini isloxiga oid "Xatti Boburiy", aruz vazni va qofiyaga oid "Mufassal", yana musiqa va harbiy san’at haqida asarlar yozgan.
"Boburnoma"asarida nmalar haqida kuproq yozilgan
Javob: "Boburnoma"da o`zbek, tojik, afg`on, hind va boshqa xalqlarning kasb - kori, urf - odati, madaniyati, dini, adabiti, turmush tarzi haqida keng ma’lumotlar beriladi
Bobur o’rta asrlardagi Xindiston halqlari tarixini qaysi buyuk olim kabi yorita olgan
Javob: Bobur o’rta asrlardagi Xindiston halqlari tarixini o’zidan besh asr ilgari yashab ijod etgan Abu Rayxon Beruniy kabi maxorat bilan yorita olgan.
Boburning Boburnoma» va she’rlar devonidan tashqari, musulmonlik qoidalari va qonunshunoslikka bag’ishlangan qandy asarlari bor
Javob: Mubayn», arab alfavitini o’rganish to’g’risidagi «Xatti» shuningdek musiqa va harbiy san’at haqidagi asarlarni yaratdi. Bu asarlar o’zbek adabiy tili, adabiyoti va ilm-fanning ravnaqida muhim ahamiyat kasb etadi
4 BILET
Boburning fikricha, yoshlar Haqida fikri.
Jabob: Boburning fikricha, yoshlar shaxsini hayotning o’zi shakllantiradi, lekin Bunda mehnat va mehnatda toblanish muhim rol o’ynaydi. Mehnat qilgan va mashaqqat chekkan kishilardagina chinakam insoniy fazilatlar tarkib topadi.
Abdurahmon Jomiy haqida tushuncha
Javob: (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. U ko`p sohalar bo`yicha chuqur bilim oladi.
Abduraxmon jomiy qayerda uz ilmini oshiradi
Javob: Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. U ko`p sohalar bo`yicha chuqur bilim oladi.
Jomiy qachon va qayerdaa Navoiy bilan ucharashadi
Javob: Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi
NAVOIY Qachon hajga boradi.
Javob: 1472 yili Xajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi
5 BILET
Jomiy qanday asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan.
Javob : Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Xaft avrang", ta’lim - tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan.
Jomiy Ta’limiy axloqiy qarashlarini qaysi asarlarida ifodalgan
Javob: Ta’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Xaft avrang"ga kirgan "Tuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan.
Jomiy inson kamolotining birinchi mezoni deb nmani biladi
Javob: Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb - hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Jomiyning "It va gado" hikoyasidagi gaplari
Javob: Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi).
A Navoiy haqida malumot
Do'stlaringiz bilan baham: |