Aqliy tarbiya. Jismoniy tarbiya har bir soha yoki jarayonning mazmuni va yo‘nalishiga qarab, aqliy tarbiyani rivojlantirishda xizmat qiladi. Masalan: sportda yoki artistlarning (balet) muz ustida figurali uchishlarida yo‘nalishlarni va necha marta aylanishlarni bilishlari aqliy jihatdan boshqarilishini his etishdir.
Mehnat tarbiyasi. Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati deganda mehnat qilish qobiliyati oshishi tushuniladi. Bunda ishlab chiqarish gimnas-tikasi, oraliq-tanaffuslarda turli xil mashq-o‘yinlar, dam olish kuni sport mashg‘ulotlari, sayohatlar va boshqa bevosita xizmatlar ko‘zda tutiladi.
Estetik tarbiyani amalga oshirishda jismoniy tarbiyaning o‘rni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu raqslar, balet, tsirk, darbozlik kabi o‘yinlarda ifoda etiladi. Qo‘shiqchilik san’atida nafas olishni chuqur-lashtirish, tomoq yo‘llarini toza havo bilan chiniqtirish yo‘llarida ham jismoniy mashqlardan keng foydalaniladi.
Badiiy, ritmik (aerobika) gimnastika, batutda sakrash, suvda suzish, suv osti gimnastikasi (sinxron suzish), muz ustida uchish va boshqa sohalarda badiiylik, estetik jihatlar jismoniy tarbiya va sport bilan bog‘liq.
Jismoniy tarbiya va sportdan sog‘lomlashtirish maqsadida foydala-nishda tabiatning sog‘lomlashtiruvchi ta’sir kuchlari (suv, havo, quyosh) hamda gigienik talablarga to‘la rioya qilinadi. Shu sababdan ham jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarida inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy hamda maxsus jarayonlar mujassamlashdan.
Jismoniy tarbiya va sportning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarida sog‘lomlashtirish tadbirlari muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy-peda-gogik jarayondir. Shu asosda jismoniy tarbiya va sport sohasida ixtisosli kadrlar tayyorlash davlat ahmiyatiga molik bo‘lgan muhim jarayon hi-soblanadi. Bu esa, o‘z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatidagi ehtiyojlarni qondirish, aholining ijtimoiy-madaniy sharoitlarini yanada yaxshilash bilan bog‘liq. Bu yo‘lda Prezident va Respublika hukumati tomonidan olib borilayotgan tadbirlar o‘zining yuqori darajadagi samara-larini bermoqda. Shu sababdan aholining barcha qatlamlarida jismoniy tarbiya va sportning u yoki bu turi bilan shug‘ullanuvchilar soni tobora ko‘paymoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sportdagi ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarining mohiyatlaridan darak.
8.Sog’liqni saqlashning yuqori darajadagi obro’si va insonning jismoniy yaxshilanishi,uni umuman inson sifatida baholashning muhim mezonida nima aniqlanadi?
-Талабаларнинг ўқув меҳнат ва ҳаёт фаолиятини ташкил қилишнинг ўзига хос хусусиятлари. Асосий психофизологик тавсифлар. Талабалар ўқув меҳнатини юқори унумдорликка етказиш шартлари. Ақлий меҳнатни илмий ташкил қилиш усуллари. Турли касбдаги клшиларнинг намунавий ҳаракат фаоллигининг тартиби. Олий ўқув юртларининг талабаларида ақлий меҳнат, иш кобилияти, ўзлаштиришни кучайтириш учун ўқув даврида жисмоний тарбия ва спорт воситаларидан фойдаланиш.
Эрталабки гигиеник ' гимнастика машқлар. Ритмик' гимнастика. Ўқув куни давридаги машқлар. ҳаваскорлрр клубидаги машғулотлар. Хотин-қизлар учун машқлар, атлетик, соғломлаштириш, сузиш, спорт тури ва бўлимларидаги машғулотлар.
Оммавий соғломлаштириш, бадантарбия ва спорт тадбирларида иштирок этиш. ҳафталик зарурий ҳаракат фаоллигини бажариш.
Машғулотлар усулларининг мазмуни, шакли ва асослари. Талабаларнинг жисмоний тайёргарлиги, соғлиги, ёши, жинсига боғлик бўлган ҳолда жисмоний машқлар бажаришда жисмоний тарбия фанига қўйилган вазифаларни режалаштириш асослари. Талабаларнинг жисмоний ривожланиши ҳамда функционал ҳолатини тартибга солишда спорт машғулотларини самарадорлигини назорат қилиш.
9.Jismoniy tarbiya darslarini o’tkazishning qaysi shakllaridan foydalaniladi?
-Jismoniy tarbiya va pedagogikaga oid adabiyotlarda tamoyillar har xil ta'riflangan, lekin manbalarning tahlili shuni ko'rsatadiki, har xil nomlar bilan ta'riflangan bir printsip quyidagi mazmunlarni bildiradi:
-jismoniy tarbiya darslari jarayonida o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishlari uchun jismoniy mashqlarni ongli, tushungan holda tashkil etish;
-o'rgatayotgan mashqlarni yaxshi o'zlashtirilishi uchun ko'rgazmalilikning turli xil shakllaridan foydalanish;
-har bir o'quvchiga taklif qilinadigan muayyan maqsadga yo'naltirilgan va psixologik og`irliklarning soddaligini, tushunarliligini ta'minlash;
Shug`ullanuvchi o'quvchilar avvalgi mashg`ulotlarda o'zlashtirib olganlarini mustahkamlashlarida talabni kuchaytirish va keyingi mashg`ulotlar uchun zamin yaratishni ta'minlash.
10.Fizika sohasida yechilgan umumiy va maxsus muammolar orasida alohida ta’kidlash mumkinmi?
-Jismoniy tarbiya sharoitida (dinamik anatomiya, fiziologiya, biokimyo va biomexanika, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizmning rivojlanishi va ishlab turishining qonuniyligini o’rganuvchi biologik xarakterdagi fan. Bu fanlardan olingan umumlashtirilgan ma’lumotlar va ular asosida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini bilish bilan jismoniy tarbiya nazariyasi shug’ullanadi.
Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik jarayon sifatida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatini o’rganishga qaratilgan. Bu qonuniyat teng darajada aholining har qanday kontingentini jismoniy tarbiyasiga ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |