To'g'ri javob: Unda zahar o'z kuchini yo'qotadi.
Izoh: Ulug' hukmdorlarning idishlarini tayyorlashda eng avval xavfsizlikka e'tibor berilgan.
8. U yerda o'zlari uchun yig'lashmas,
U yerda yig'latar birovning g'ami,
U yerda birovning g'ami muqaddas,
U yerda tabarruk o'zganing qadri.
Savol:Shoir ta'riflagan joy qayer? TEATR
9. Sheroziy: "Bugun UNDAN qo'rqqan odam, ertaga hech narsadan qo'rqmaydi" deya ta'kidlagan.
Savol: Sheroziy nimaga ta'rif bermoqda. To'g'ri javob: GUNOH
10. U yer yuzi plyajlardagi qum zarachalardan ko’ra ko’proqdir, ammo bitta qum zarachasida Undan ko’ra ko’proq atomlar bor? U Nima? Javob: Yulduzlar
11. Rabochaya Tribuna" gazetasi yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazigan so‘rovnoma haqida ma’lumot beradi.
O‘quvchilarga bir necha asr avval yashab o‘tgan mashhur bir inson ismini aytib, "bu kim?" deb so‘rashadi.
Javoblar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni "bu shaxs Irina Alligьrovaning otasi" degan javob eggalagan. Siz bu mashhur shaxs kimligini emas, javoblar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan javobni ayting. JAVOB "Bilmayman".
Gap Dante Aligьyeri haqida ketayotgan edi. O‘quvchilarning ko‘pchiligi uni tanimagan va "Bu kim" degan savolga bilmayman deb javob bergan
12. Shaxmat o‘yini olimpiada o‘yinlariga kiritilmagan sababi bu o‘yinda bir nohaqlik bor.
Diqqat : qanday nohaqlik bor?
Javob: Faqat oq donalar birinchi yurgani uchun. Qora tanlilar buni kamsitish deb hisoblaganlar
13. Ayollar, turmish o‘rtog‘ingiz Unisi kiyib, bemalol ko‘chaga chiqib ketsa, bilingki,
demak u sizga sodiq!
Unisini ikki so‘zni toping.. Javob: yirtiq paypoq.
Ayollar, turmush o‘rtog‘ingiz yirtiq paypoq kiyib,
bemalol ko‘chaga chiqib ketsa, bilingki,
demak u sizga sodiq- chunki oyoq kiyimini uydan boshqa joyda yechmaydi.
14. Bir donishmand bu ikki narsani aynan bir narsa deb yanglishgandi. Chunki odamlar ulardan biriga be'malol qaray olishadi, ikkinchisiga esa aksincha. Ulardan birisiz hech bir narsa mavjud bo'lmaydi, birisiz esa aksincha. Ularni biri hayot bersa ikkinchisi tortib oladi. Lekin ularning ikkisi ham birdek zarur.
Savol: aynan shu bir-biriga o'xshash ikki narsa nima? To'g'ri javob: Quyosh va olov
15. O'zbekistonning ayrim viloyatlarida bir irim bor ekan. Ya'ni yosh o'gil bola, bir ishni qizlarga taqlid qilib bajarsa, uning boshini sovuq tandirning ichiga bir marta solib olishar ekan.
Savol: O'g'il bola qizlarning qaysi ishiga taqlid qilsa, shunday yo'l tutilgan? To'g'ri javob: O'sma qo'yish
16. Agata Kristi eri bilan turmush qurganiga 25 yil toʻlganida shunday degandi: “Eng yaxshi erlar - ... lardir! Chunki sening yoshing qanchalik katta boʻlsa, u seni shunchalik qadrlaydi"
Savol: Agata Kristining eri qaysi kasb egasi bo'lgan? To'g'ri javob: Arxeolog
17. X - shu qadar buyukki, uning fazilatlarini o'lchash- dunyodagi eng baland tog'ning eng baland cho'qqisiga emaklab chiqish zahmati bilan teng.
X - shuqadar tubanki, uning illatlarini o'lchash - dunyodagi eng baland tog'ning eng baland cho'qqisidan emaklab tushish zahmati bilan teng.
Savol: Xni ayting. To'g'ri javob: X - Inson.
18. Alfa – oʻzgartirish mumkin boʻlmagan siyosat.
2. Betta – hali oʻzgartirishning imkoni boʻlgan tarix.
Diqqat savol: Nemis yozuvchisi ta'rif bergan Alfa va Bettani yozib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |