5.Tabiiy radioaktivlik deb…. Javob: nostabil izotoplar atomi yadrolarining turli zarralar chiqarish va energiya ajratish bilan stabil izotoplarga aylanishiga aytiladi.
63.Yadro reaksiyalari. Siljish qonuni
1.Yadro reaksiyalari nima ?. Javob:Yadro reaksiyalari atom yadrolarining o‘zaro birbirlari bilan yoki yadro zarralari bilan ta’sirlashishlari natijasida boshqa
yadrolarga aylanishidir.
2.Ekzotermik va endotermik reaksiya nima?
Javob:energiya ajralishi bilan ro‘y beradigan reaksiyalarga ekzotermik, energiya yutilishi bilan ro‘y beradigan reaksiyalarga esa endotermik reaksiyalar deyiladi
3.Alfa nurlanish nima ?
Javob:Atom yadrosining α-zarra chiqarish bilan boshqa yadroga aylanishi alfanurlanish (yemirilish) deyiladi.
4. Siljish qoidasi nima?
Javob:α – nurlanish natijasida kimyoviy elementning Mendeleyev elementlar davriy sistemasidagi o‘rni ikki katak chapga siljiydi. Bu hol siljish qoidasi deyiladi.
5.Betta nurlanish nima ?
Javob:Yadro elektronlar oqimini chiqarishi mumkin. Bu hol β-nurlanish (yemirilish) deb
nomlanadi
64.Elementar zarralar
1. «Elementar» so‘zi qanday ma’noni anglatadi? Javob: eng soda
2. Hozir nechta zarra mavjudligi aniqlangan? Javob: 300 dan ortiq
3. Elektronni antizarrasi nima ? Javob: Pozitron
Javob:
4. Modda va maydon bir-biriga aylanadimi? Javob: aylanadi.
5. Kvarklar qanday zarralar? Javob: faraziy zarralar
65.Atom energetikasining fizik asoslari. Yadro energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralari.
1.Nima uchun og‘ir yadrolar o‘rta yadrolarga aylanganda energiya ajralib chiqadi? Javob: og‘ir yadrolarning solishtirma bog‘lanish energiyasi Mendeleyev jadvalining o‘rta qismi dagi elementlarning solishtirma bog‘lanish energiyasidan 1 MeV ga kichik. Demak, og‘ir yadro lar o‘rta yadrolarga aylansa, unda har bir nuklon uchun 1 MeV dan energiya ajralib chiqar ekan.
2. Uzluksiz zanjir reaksiyasi qanday ro‘y beradi? Javob: Zanjir reaksiyasi ekzotermik reaksiyadir, ya’ni reaksiya katta miqdordagi energiya ajralishi bilan ro‘y beradi.
3. Boshqaruv tayoqchalari reaktorning faol zonasidan chiqarib olinsa, qanday hol ro‘y beradi? Javob: k > 1 bo’ladi.
4. Kritik massa deb qanday massaga aytiladi? Javob: faol zonaning zanjir reaksiyasini amalga oshirish mumkin bo‘lgan eng kichik hajmi kritik hajm deyiladi. kritik hajmda joylashgan yonilg‘i massasi
5 uran bo‘lagi uchun kritik massa necha kg ni tashkil qiladi.
Javob: 50 kg
66.O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar va ularning natijalaridan xalq xo‘jaligida foydalanish
1. O‘zbekistonda yadro fizikasi sohasidagi ishlar qachon boshlangan? Javob: o‘tgan asrning 20- yillarida boshlangan
2. Hozirgi paytda qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda? Javob: hozirgi paytda yadro spektroskopiyasi va yadro tuzilishi; yadro reaksiyalari; maydonning kvant nazariyasi; elementar zarralar fizikasi; relyativistik yadro fizikasi va boshqa yo‘nalish lar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
3. Yadro fizikasi institutida nimalar ishlab chiqariladi? Javob: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti radioaktiv izotoplar, jumladan, farmatsevtik radioaktiv preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Bu yerda 1995-yilda 60 dan ortiq nomdagi mahsulot ishlab chiqarilgan
4. Radioaktiv nurlarning qishloq xo‘ jaligida qo‘llanilishiga misollarkeltiring. Javob: Bunga U. Orifov tomonidan ishlab chiqilgan «gammanurlar yordamida pilla ichidagi ipak qurtini o‘ldirish» usuli misol bo‘ladi. keyinchalik esa suv, tuproq, mevali daraxtlar, yovvoyi va madaniy o‘simliklarning tabiiy radioaktivligi o‘rganildi
5Radioaktiv izotoplardan foydalanilgan holda yangi qanday tashxis usullari yaratildi.
Javob: hozirgi paytda rentgeno-endovaskular xirurgiya, antiografiya, kompyuter tomografiyasi va yadro-magnit rezonanslari ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Yangi rentgenokontrast moddalar («rekon», «MM–75» preparati va boshqalar) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
67. Nazorat ishi №8
2 3.Elementar zarra pi-nol-mezon (π0) ikkita γ – kvantga parchalandi. Agar bu zarraning tinchlikdagi massasi 264,3 elektron massasiga teng bo‘lsa, γ – nurlanish chastotasini toping.
Javobi: 16,33·1021 hz.
4. yadro parchalanishining nomalum maxsuli nima?
Javob: Electron ajraydi
5. yadro parchalanishining nomalum maxsuli nima?
Javob: praton