Javob : TOSHOYNALAR
Izoh : BOTIR ERGASH ismi savoldagi eng katta ilmoq edi. BOTIR Imomxo`jayev sobiq TOSHOYNA loyihasining boshlovchisi edi. ERGASH Karimov esa TOSHOYNA bilan bog`liq o`sha mashhur sahnada barchamizning xotiramizga muhrlangan. Avvalgi savolda H2O ashikkoning ashikkosi edi, bu safar onamdan qolgan toshoyna qani! iborasi
Savol : Said Ahmadning ,,Qirq besh kun” kitobidan lavha. Farg`ona kanali qurilishi arafasi. Norin daryosiga beton to`g`on qurish kerak. Ma`lumki, beton to`g`on qurish uchun suv xalaqit beradi. Shuning uchun uni boshqa yo`nalishga vaqtincha burish kerak. Buning uchun damba qurish kerak. Ikki suvchining suv dambasi qurilishidan oldingi suhbati (ish boshlanadigan kun kuchli bo`ron ko`tariladi): -Menimcha, qilayotgan ishimiz Yaratganga yoqmayapti. Havoni qarang - dedi keksa suvchi. -Yoshingiz keksa bo`lsa ham tajribangiz kam ekan. Bu Yaratganning bizga yordami - debdi yoshrog`i. Oradan bir necha kun o`tgach u haq bo`lib chiqdi. Izohlab bering.
Javob : Shamol bo`lganda tog`dagi muzlar erimaydi va suv kamayadi. Bunday paytda damba qurish ancha oson. Ma`lumki, Norin o`z suvini Norin muzliklaridan oladi.
Savol : Bir tilanchi yangi qurilayotgan baland uylar yonida qad rostlagan, buzilaman deb turgan uchta uyga ko`zi tushdi. Sal hayron bo`ldiyu, keyin qorin g`ami ijobiy hal bo`lishi mumkinligini o`ylab u yoqqa yo`l oldi. Birinchi eshikni taqillatdi, gavdaligina bir erkak eshikni ochdi. Tilanchiga bitta non olib chiqib berdi. Tilanchi xursand, ikkinchi eshikni taqillatdi. Yana o`sha erkak. Bu safar ham non olib chiqdi. Tilanchi hayollarini yig`ib olmasdan turib uchinchi eshikni taqillatdi. Biroz vaqt o`tib… Eshikni yana o`sha erkak ochdi. Tilanchi umuman karaxt ahvolga tushdi. Erkak uzatgan shirinliklar uni e`tiborini tortolmasdi. Hurmatli bilimdonlar, bu biror bir film yoki asardan parcha emas… Sizlar uchun umuman kutilmagan savol: Tilanchiga uch safar ham narsa olib chiqqan erkak va uning o`sha uyda uxlab yotgan sheriklari mehnati mahsulini bir necha so`z bilan ayting.
Javob : Mahallada duv-duv gap! Bu parcha film rejissori Shuhrat Abbosov xotiralaridan olingan.
Savol : Matmusa turkumidan: Matmusa shaharga boribdi. Bir bino peshtoqidagi yozuvni o`qib, ishtaha bilan yutinib qo`ydi. Oho, mening rafiqam bu yerda ishlasa bo`larkan. Qo`llari baquvvatgina. Bu ishning ustasi bo`lib ketgan. Lekin birozdan keyin binoga kirib ketayotgan qo`llari nozik-nozik qiz va yigitlarni ko`rib juda hayron bo`ldi. Diqqat savol: Matmusa qanday bino yonida turganini toping.
Javob : Konservatoriya
Savol : Aforizmga ko`ra, agar barcha erkaklar kundalik hayotda xuddi X paytidagidek sabrli, e`tiborli, kamgap bo`lganlarida edi, hayotimiz bundan ancha go`zalroq bo`lardi. Diqqat savol: X ni ikki so`z bilan ayting!
Javob : Baliq ovi
Savol : Bir asar voqealariga ko`ra kichik bir qishloqda kasallik tarqaladi. Bu kasallikning nojo`ya ta`sirlari avvalboshda hech kimni tashvishlantirmas edi. Biroz vaqt o`tib barchani sarosimiga solib qo`yadi. Bu kasal bilan og`riganlar asta-sekin o`z xotiralarini yo`qota boshlaydilar. Dastavval ular bolalikdagi xotiralarni esdan chiqarishadi. Keyin buyumlar nomini, yaqin kishilar ismini, o`z ismi va shu kabilar. Va oxirida UNI esdan chiqarishadi. Diqqat savol: Ular eng so`nggi bo`lib NIMANI unutishadi?
Javob : Nafas olishni
Savol : Karikaturadagi holat. Parijdagi eng nufuzli va eng qimmat restoran. Ofitsiant mijozga menyu emas, UNI uzatmoqda. Diqqat savol: UNI ikki so`z bilan ayting.
Javob : Qizil Kitob
Savol : Keyingi paytlarda ruslar ayollari orasida TTT abbreviaturasi ko`p ishlatilayotgan ekan. Hayron bo`lganim bu abbreviatura kengaytmasini faqat biz va bizga qardosh millatlar ishlatsa kerak deb yurardim. Rus ayollari bu abbreviaturani 90 % holatda bir savolga javob berishda ishlatisharkan. Diqqat savol: TTT ni eng ko`p qaysi toifa ayollari ishlatishini ayting.