Javob : Shaxrizoda
Izoh : Olovuddinnig sexrli chirog‘i ertagi asosida ishlangan multfilmda jin Moviy rangda, ayolning ismi JASMIN, ertakda hatto multfilmdagi MAYMUNni ham uchratmaysiz, to‘rtta unsurdan biri olov, eski manbaa-ya’ni ertakning muallifi SHAXRIZODA
Savol : Afrikaning Marokash davlati qirg'oqlariga yaqin joyda, odam savdosi bilan shug'ullanuvchi kema qo'lga olinadi. Kema ekipaji hali voyaga yetmagan bir nechta bolani qul qilib sotish uchun olib ketayotgandi. Ushbu voqeadan so'ng, mahalliy gazetalardan birida chop etilgan maqola, mashxur asar nomi bilan bir xil edi. Siz ushbu asarni toping?
Javob : O‘nta negr bolasi
Savol : Qadimgi Fransiyada qirol saroyida taniqli shoirlardan biri ayollarni haqorat qiladi: "Saroy honimlari hatto yuzlariga tupurishimgayam arzimaydi". Tabiiyki ayollar qirolichaga arz qilishadi. Qirolicha shoirni chaqirib gapini qaytarib olishini talab qiladi. Farostli shoir quidagi gapi bn ham qirolichaning talabini bajaradi, ham ayollarni yana haqorat qiladi: "Uzr, gapimni qaytarib olaman, …?
Javob :
Savol : Shifokor xuzuriga bemor kelib, semizlikdan shikoyat qilibdi. Biror mashg'ulot qilib ozsam bo'ladimi deb so'rabdi. Shifokor esa, boshingni oldin o'ng keyin chap tomonga qimirlat deb maslahat beribdi. Shifokor maslahatiga ko'ra, bemor qanday vaziyatda boshini qimirlatishi kerak?
Javob : Ovqat taklif qilinganida
Savol : Bu jonivorni yunonlar Sfinks deb atashgan. Sfinks so'zini o'zbekchaga tarjima qilsak, ushbu jonivor ishlatadigan qatl uslubi kelib chiqadi. Siz qaysi adabiy qahramon odam o'ldirish uchun, shunday usuldan foydalanganini toping?
Javob : Otello
Izoh : Sfinks o‘zbekchaga bo‘g‘uvchi deb tarjima qilinadi. Yunonlar bo‘g‘ma ilonni Sfinks deb atashgan, Otello Dezdemonani bo‘g‘ib o‘ldiradi
Savol : Erga tegmagani URI, turmushga chiqqani IPI bo’lsa, siz ushbu Amerikaliklarni toping?
Javob : Missuri, Missisipi
Izoh : Ushbu Amerikadagi daryolarda o‘xshatish qilingan: Miss-erga tegmagan, missis-turmushga chiqqan
Savol : 1998-yil Fransiyada bo'lib o'tgan JCHda Portugaliya va Fransiya terma jamoasi o'yini bo'lib o'tadi. Uchrashuvdan oldin ko'pchilik muhlislar Fransiya terma jamoasidan an'anaviy kiyimda emas, mehmonda kiyadigan libosidan foydalanishini iltimos qilishadi. Tomoshabinlarning qanday toifasiga Fransuzlarning an'anaviy futbolkalari yoqmagan?
Javob : Rangli televizorga ega bo‘lmagan tomoshabinlar
Savol : 1940-yil Shvetsiyada yangi metal qotishmali relsga ega bo'lgan o'sha vaqtdagi eng tez yurar poyezd liniyasi ishga tushadi. Ko'p o'tmay bir mashxur inson shunday relslardan 3-4km.ga buyurtma berib sotib oladi. Siz ushbu insonning familiyasini topgan bo’lsangiz, uning nomi bilan ataluvchi poytahtimizdagi obyektni ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |