Javob : Qo’lyozma
Izoh : “Kim millioner bo’lishni hoxlaydi?” ko’rsatuvida 2ta summa(1000 va 32000) yonmaydi. Mihail Bulgakov qahramoni Voland “Qo’lyozmalar yonmaydi” degan edi.
Savol : Odatda kemada ikkita kapitan bo’ladi. Mabodo 1-kapitan kasallikka chalinsa, vafot etsa, yoki shunga o’xshash baxtsiz hodisalar ro’y bersa, uning o’rniga ikkinchi kapitan kemani boshqaradi. 1779-yil 22-avgustda Kamchatka qirg’oqlarida mahalliy kasallikka chalinib kemaning ikkinchi kapitani vafot etadi. Ushbu kemaning birinchi kapitani bilan qanday voqea yuz bergan?
Javob : Gavayi oroli aborigenlari yeb qo’ygan
Izoh : Kemaning birinchi kapitani Jeyms Kuk edi
Savol : Diqqat elementar ketma-ketlik: Ayol, dog’, talaba, belgi, meva… Siz ro’yhatning davomini topingda, shunday ismga ega bo’lgan mashxur insonning xotinining ismini yozib bering?
Javob : Jozefina
Izoh : Konan Doylning Holms haqidagi hikoyalari raqamlar ketma-ketligida: “Velosiped mingan AYOL”, “Ikki dog’”, “Uchta talaba, “To’rtlar belgisi, “Besh dona apelsin urug’i ” va “Oltita Napaleon” napoleon Bonapartning turmush o’rtog’i Jozefina.
Savol : X tufayli mashxur kinofilmdagi yigit do’stiga endi ancha vaqtgacha onasini ko’rolmasligini aytadi va keyinchalik umuman ko’ra olmay vafot etadi. “X”ning ikki xil talqindagi eng katta figuralarini qo’shsak o’lchov birliklaridan birining sinonimi kelib chiqadi. Siz X dagi figuralarning umumiy sonini ayting?
Javob : 36 yoki 52
Izoh : Titanik filmi boshida karta o’yini tufayli bilet yutib olganda do’stiga endi ancha vaqtgacha onangni ko’rolmaysan, biz Amerikaga ketamiz- deydi. Kartaning eng katta Figuralari T va A xarflarini qo’shsak “Ta” so’zi hosil bo’ladi. Ta dona so’zining sinonimi hisoblanadi.
Savol : Dehqon, ho’jayin, zodagonlik, podsholik. Ushbu ketma-ketlik nimadan boshlanib nima bilan tugaganini ikkita so’z bilan yozib bering?
Javob : Teshik tog’ora
Izoh : Pushkinning -Baliqchi chol va oltin baliq xaqida ertagini o’qigan bo’lsangiz kerak.
Savol : 2003-yil Sirakuz News gazetasida sensatsion maqola chop etiladi. Politsiyachi Bill va sherigi Renni jinoyatchini qidirib barga tashrif buyuradi. Bill shubxali mijozlardan birining xujjatini so’raydi. Shunda mijoz politsiyachilarga tashlanib Rennini tishlab oladi va qo’lga tushadi. Jarohat olgan Rennini qaysi shifokor davolagan?
Do'stlaringiz bilan baham: |