Javob : Afg`oniston
Izoh : . Gap avtomobil nomlari va davlatlar poytaxtlari o`rtasidagi o`xshashlik bilan bog`liq. 1-mashina TIKO KITO bilan, 2-mashina DAMAS DAMASHQ bilan, 3-mashina NEKSIYA esa NIKOSIYA bilan o`xshab ketgani uchun shunday ro`yxat tuzilgan. 11-esa KOBALT hisoblanadi, bunga o`xshab ketuvchi esa QOBUL!
Savol : Boshqa xalqlarning urf-odatlari, qonunlari haqida ko`p savollar o`ynalmoqda. Bu yaxshi, dunyoni o`rganish hamisha qiziq. Ammo o`zimizni to`liq o`rganmay turib, bunga intilsak, insonfdan bo`lmasa kerak. Hozirgi savolimiz ham, xalqimizdagi chiroyli bir odat haqida. Maktabda Abduqodir ismli o`rtog`im bo`lardi. Uning bir odatini tushunmasdim. Sinfimizdagi Abdujabborni adash deb chaqirardi. Buni sababini keyinchalik tushundim. Diqqat savol: Abduqodir nega Abdujabborni adash deb chaqirishi sababini maksimal aniqlikda ayting.
Javob : Chunki Abduqodirning otasining ismi Abdujabbor bo`lgan! Xalqimizda shunday odat bor: farzand otasining ismini tilga olishdan andisha qilib, otasining ismdoshlarini ham adash deb chaqiradi!
Savol : Xalqimiz orasida keng tarqalgan ibora va hikmatlar turmushning barcha jabhalarini qamrab olishi e`tiborga molik. Ular nutqimizning ravonligini va ta`sirchanligini ta`minlaydi. Shunday hikmatlardan biri: Yaxshi so`zga uchar qushlar el bo`lar, yomon so`zdan X kuchi Y bo`lar. X va Y orasidagi tafovutning juda kattaligi ham ularning yonma-yon kelishiga xalal bermagani g`alati. Chunki yana bir keng qo`llaniluvchi iborada ham ularni ko`rishimiz mumkin. Diqqat savol: X va Y ni toping.
Javob : X - bu pashsha, Y - esa fil
Savol : Kenguruning kulrang vallabi nomli turini asphalt yo`llar balosi deb atashadi.Kunduzlari son-sanoqsiz mashinalar g`izillab o`tib turadigan yo`llardan o`zini uzoqroq tortuvchi bu kichkina kengurular kech kirishi bilan o`zlarini asfaltga uradilar va mashinalar harakatiga xalal berishadi. Diqqat savol: Ular nega asfaltga talpinishadi?
Javob : Asfaltda issiq havo ushlanib qoladi.Qishda ham yozda ham. Kengurular issiqqa talpinadilar.
Manbaa : ,,Erudit” gazetasi 36-son 17.03.2009. 8-bet
Savol : Kolleksiya qilishning turli ko`rinishlari insonlar orasida tarqalgan. Masalan, angliyalik Jefri Smoll sut idishlarini yig`arkan. Diqqat savol: Bolgariyaning Gabrovo shahrida yashovchi Stefan Aleksandrov kolleksiyasi nimalardan iborat?
Javob : Latifalardan (20 mingga yaqin). Gabrovo kulgi shahri
Manbaa : ,,Erudit” gazetasi, 36-son, 17.03.2009. 22-bet
Savol : Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahrida marmar toshlardan baliqchi qushlarga haykal qo`yishgan. Diqqat savol: Baliqchi qushlarning qaysi dushman bilan kurashdagi jasorati bunday e`tirofga sazovor bo`lgan?
Javob : Chigirtka
Savol : Tarqatma material: Ogayo-7 Nyu-York-6 Virjiniya-5 Massachusest-4 Texas,Tennesi,Kaliforniya-3 Illinoys-2 Diqqat savol: Qanday ko`rsatkich haqida so`z bormoqda?
Javob : shtatdan chiqqan Prezidentlar soni
Savol : Hozirda Hindistonda bolalarga beriladigan eng mashhur sovg`alar qatorida yovvoyi ukkilar yetakchi o`rinda turadi. Hind matbuotida mamlakat tabiiy boyliklar vazirligi vakili mamlakatda yovvoyi ukkilar kamayib borayotganligini ma`lum qildi va uni bunga aybdor qilib ko`rsatdi. Diqqat savol: Kimni?
Javob : Garri Potterni. Bolalar yovvoyi ukkilar sehrli ekanligiga ishonishmoqda.
Savol : Agar meni yana ko`radigan bo`lsang, unda Yuan Lo bo`lmayman. Bu so`zlar O Chan ismli qizga bir yigit tomonidan aytilgan? Diqqat savol: Yuan Loni kim sifatida taniymiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |