Bu semestrni biz java asosini tashkil etuvchi Java Foundation Classes-ning eng katta va eng muhim qismi bo'lgan Swing kutubxonasi orqali boshlaymiz. Biz kutubxonani yaratuvchilarni nimaga yo'naltirganini, qanday maqsadlarga erishganliklarini va bu maqsadlarga qanday erishganliklarini bilib olamiz. Kutubxonaning ichki tuzilishini muhokama qilamiz - bu bizga chinakam cheksiz va hayratga sabab bo'lgan Swing-ning imkoniyatlari o’rganishni osonlashtiradi.
Asosiy tushunchalar
Swing nima? Qisqasi, bu dasturlar va ilovalarning foydalanuvchi interfeyslarini, komponentlar bilan ishlash uchun yordamchi sinflar va vositalarni yaratish uchun grafik komponentlar to'plamidir.
Dasturlashda o’zingiz hohlagan dasturlarni yaratish boshqa kutubxonalar singari Swing-ga tegishli.
Asosiy tushunchalar
kimdir yangi kutubxonaning cheksiz imkoniyatlariga o’rganmoqchi bo’lsa, uni o'rganish qiyinlashadi. Bu qoida Swing kutubxonasida ishlamaydi - siz u haqida hech narsa bilmasdan ishlashingiz mumkin. Masalan, Swing tarkibiy qismlarining ko'rinishi bitta kod satrida osongina o'zgartirilishi mumkin va buning uchun siz barcha kodlarni bilishingiz shart emas. Faqat formaga komponentalarni olib kelib joylasangiz bo’ldi.
Java Foundation Classes
Java Foundation sinflari
Java platformasining eng katta va muhim qismlaridan biri bu Java Foundation Classes (JFC).
JFC juda katta imkoniyatlarga boy kutubxonalar to'plami. Ushbu kutubxonalar foydalanuvchilarning ajoyib va murakkab interfeyslarini yaratishga mo'ljallangan.
Java Foundation Classes (JFC) to'plamiga quyidagi kutubxonalar kiradi:
Swing?
JFCning eng muhim qismi; foydalanuvchi interfeysini yaratish uchun jadvallar va matn maydonchalari kabi tarkibiy qismlarni, shuningdek komponentlar bilan ishlash vositalarini o'z ichiga oladi. Swing kutubxonasi foydalanuvchi interfeysini xosil qilishda juda katta imkoniyatlarga ega. Agar siz "biznes" interfeysini yaratayotgan bo'lsangiz, sizga faqat bir necha qatorli kod kerak bo'ladi. Agar siz ilovangizni kamalakning barcha ranglari bilan “boyitsangiz" va buning uchun nostandart murakkab interfeysni yaratsangiz, biroz ko'proq harakat talab etiladi. Ammo Swing uchun imkonsiz narsa yo'q.