Java dasturlash tilini yaratilish tarixi, umumiy tuzilishi va imkoniyatlari


Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari[tahrir | manbasini tahrirlash]



Download 44,02 Kb.
bet4/5
Sana23.07.2022
Hajmi44,02 Kb.
#842363
1   2   3   4   5
Bog'liq
JAVA DASTURLASH TILINING YARATILISH TARIXI VA UNING IMKONIYATLARI

Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari[tahrir | manbasini tahrirlash]


1950-yillarning oʻrtalari dasturlashning jadal rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Mashina kodlarida dasturlashning roli pasaya boshladi, mashinalar va dasturchilar oʻrtasida vositachi boʻlgan yangi turdagi dasturlash tillari paydo boʻla boshladi. Dasturlash tillarining ikkinchi va uchinchi avlodlari davri boshlandi. XX asrning 50-yillari oʻrtalariga kelib, birinchi yuqori darajadagi dasturlash tillari (high-level programming languages)ni yaratishga kirishildi. Ushbu tillar kompyuterning maʼlum bir turiga (mashinadan mustaqil) bogʻlanmagan edi. Ularning har biri uchun oʻz kompilyatorlari ishlab chiqilgandi. Kompilyatsiya — yuqori darajadagi manba tilda yozilgan dasturni mashina kodiga yaqin quyi darajali tildagi ekvivalent dastur (absolyut kod, obyekt moduli, baʼzan assembler tili)ga oʻgirishni anglatadi.
Birinchi yuqori darajadagi dasturlash tili 1942-1945-yillarda Konrad Suze tomonidan yaratilgan en:Plankalkül dasturlash tili edi[3]. Buyruqlarni kompyuterga yetkazish uchun moʻljallangan birinchi ishlaydigan dasturlash tillari 1950-yillarning boshlarida yozilgan. 1949-yilda taklif qilingan Jon Mauchlyning en:Short code elektron kompyuter uchun yaratilgan birinchi yuqori darajadagi tillardan biri edi[4]. Mashina kodidan farqli oʻlaroq, Short code matematik ifodalarni tushunarli shaklda ifodalaydi. Biroq, dastur har safar ishga tushirilganda mashina kodiga tarjima qilinishi kerak edi, bu jarayon ekvivalent mashina kodini ishlatishdan ancha sekinroq davom etardi.
Oʻz kompilyatoriga ega boʻlgan birinchi yuqori darajali til 1951-yilda doktorlik dissertatsiyasi uchun Korrado Böhm tomonidan yaratilgan[5].

FORTRAN[tahrir | manbasini tahrirlash]


Tijoriy maqsad uchun ishlab chiqilgan birinchi til FORTRAN (FORmula TRANslation) boʻlib, 1956-yilda (birinchi yoʻriqnomasi 1956-yilda paydo boʻlgan, lekin birinchi boʻlib 1954-yilda ishlab chiqarila boshlangan) IBMda Jon Bekus boshchiligidagi guruh tomonidan ishlab chiqilgan. U ilmiy-texnik hisob-kitoblar uchun moʻljallangan edi.
1953-yil oxirida Jon Bekus IBM 704 kompyuterini dasturlash uchun assemblerdan samaraliroq boʻlgan muqobil dasturlash tilini ishlab chiqishni taklif qildi. 1954-yil oʻrtalarida Fortran tilining spetsifikatsiyasi loyihasi tugallandi. Biroq ushbu dasturlash tili avval boshida foydalanuvchilar tomonidan iliq kutib olinmadi, chunki Fortran assemblerga qaraganda past unumdorlikka ega kod yaratadigan yuqori darajadagi dasturlash tili deya qarala boshladi. Shu tufayli uni optimallashtirish zarurati vujudga keldi.
Keyinchalik bu til olimlar tomonidan intensiv hisoblash dasturlarini yozish uchun keng qoʻllanilgan. Murakkab maʼlumotlar turini kiritish uni ayniqsa texnik ilovalar uchun moslashtirdi.
1960-yilga kelib, Fortranning IBM 709, 650, 1620, 7090 kompyuterlari uchun versiyalari paydo boʻldi. Uning katta mashhurligi raqobatchi kompyuter ishlab chiqaruvchilarni oʻz kompyuterlari uchun Fortran kompilyatorlarini tuzishga undadi. Shunday qilib, 1963-yilga kelib turli platformalar uchun 40 dan ortiq kompilyatorlar tuzilgan edi. Shu bois Fortran birinchi keng tarqalgan dasturlash tili hisoblanadi[6].
Fortran SSSRʼda Gʻarbga qaraganda kechroq paydo boʻldi, chunki dastlab Algol SSSRʼda yanada istiqbolli til hisoblangan. Sovet fiziklarining 1960-yillarda Fortran dasturlari yordamida deyarli barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgan CERNʼdagi hamkasblari bilan aloqasi Fortranni amalga oshirishda muhim rol oʻynadi.
Fortrandagi birinchi sovet kompilyatori 1967-yilda „Minsk-2“ mashinasi uchun yaratilgan, ammo u unchalik mashhur boʻlmagan. Fortranning keng qoʻllanilishi 1968-yilda BESM-6 (БЭСМ-6) mashinasi uchun „ФОРТРАН-ДУБНА“ kompilyatori yaratilgandan keyin boshlandi. 1972-yilda paydo boʻlgan ES (ЕС) EHMlarida dastlab Fortran translyatori (boshqa dasturlar bilan birga IBM/360 dan „aynan nusxa olingan“) mavjud edi.

Download 44,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish