Fanning vazifaci:
talabalarning xirurgiyada antiseptik moddalarni qo`llash, sterilizatsiya masalalari, xirurgik statsionari va poliklinika ishida aseptika va antiseptikaning asosiy qoidalariga rioya qilishi.
turli xildagi yumshoq va qattiq bog`lamlarni qo`llash uchun ko`rsatmalar va qarshi ko`rsatmalarni, ularni bajarish texnikasini o`rgatish.
qon ketishi va uni to`xtatish usullari, qon guruhlarini va rezus faktorni aniqlash, qon va uning o`rnini bosuvchi eritmalarni qo`yish qoidalari va texnikasi hamda donorlik bilan talabalarni tanishtirish.
xirurgik infektsiyasi haqida tushuncha berish: umumiy va mahalliy, o`tkir va surunkali nospetsifik (yiringli) va spetsifik infektsiya, ularni turlari, klinik belgilari, davolash asoslari, oldini olish usullarini.
bemorlarni mustaqil ko`rishga o`rgatish.
kasallik tarixi, ambulator kartalar va boshqa tibbiy hujjatlarni to`ldirishga o`rgatish.
sindromal hamda tashxisot va davolash algoritmlari asosida o`qitish yordamida keng tarqalgan hamda kam uchraydigan kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishni o`rgatish.
tashxisot va davolash algoritmlari asosida mustaqil holda tashxis qo`yish va favqulotda sharoitlarda tezkor yordam ko`rsata olishga va statsionar sharoitda davolanishga ko`rsatmalarni aniqlashga o`rgatish.
aholini profilaktika, dispanserizatsiya va sog`lomlashtirish uslublariga o`rgatish.
Fan bo`yicha talabalarning bilim ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi.
Talaba:
aseptika va antiseptika qoidalarini
desmurgiyani
transfuziologiya asoslarini
shoshilinch va rejali xirurgik operatsiyalarni bajarish usullari
ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i operatsiyalari
travmatologiya asoslarini
kombustiologiya asoslarini
mahalliy va umumiy xirurgik infektsiya va xirurgik parazitologiyani
angioxirurgiya tashxislash va davolash usullari
transplantologiya, plastik va estetik operatsiyalarni
kichik invaziv va yuqori texnologik operatsiyalarni
bolalar xirurgiyasini tibbiyotd axamiyatini
gibrid va robototexnik operatsiyalar to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi;
Bosh miya, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i a’zolari shikastlanishida,
suyaklar sinishi va bo`g`imlar chiqishida,
yumshoq to`qimalarni ochiq va yopiq shikastida,
nafas olish va yurak faoliyati to`xtashida,
shok,
kollaps,
qoqsholda xuruji va boshqa kritik holatlarda birinchi yordam ko`rsatish usullarini.
Tez-tez uchraydigan jarrohlik kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni erta tashxislashni va samarali davolashni, reabilitatsiyasini ta’minlash.
Ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i a’zolarining o`tkir jarrohlik kasalliklaridagi klinik belgilarini erta va to`g`ri aniqlash.
Operatsiya talab qiluvchi ko`p uchraydigan surunkali jarrohlik kasalliklarining belgilarini erta va to`g`ri aniqlash.
Yuqorida ko`rsatilgan holatlarda mos, samarali va maqsadga muofiq davo choralarini o`tkazish.
QVP da qilishning iloji bo`lmaydigan xolatlarda barcha chora-tadbirlarni o`tkazish uchun to`g`ri va o`z vaqtida yo`llanma berishni bilishi va ulardan foydalana olishi;
Qo`llarni oqar suv ostida yuvish texnikasi
Steril xalatni kiyish bosqichlari
Steril qo`lqoplarni kiyish bosqichlari
Rumolli bog`lamlar qo`yish texnikasi bosqichlari
“Chepets” bog`lami: ko`rsatmalar va qo`yish ketma ketligi.
Gippokrat qalpoqchasini qo`yish texnikasi
Yugansimon bog`lamni qo`yish texnikasi
Barmoq bilan qon tomirlarni bosib qon to`xtatish sohalari
Esmarx jgutini qo`yish texnikasi
Yumshoq to`qimalar yopiq shikastlanganda birinchi yordam bosqichlari
Oshqozonga zond o`rnatish va yuvish.
Sifon xukna bajarish texnikasi.
To`g`ri ichakni barmok yordamida tekshirish.
“Yo`tal turtki” belgisi aniqlash.
Magistral qon tomirlarda pulьsatsiyani aniqlash.
Qo`l arterial bosimni o`lchash
Oyoqda arterial bosimni o`lchash.
Blekmor zondini o`rnatish.
Plevral punktsiya bajarish texnikasi.
Varikoz kasalligida klapan yetishmovchiligi, yuzaki, chuqur va perforant venalarni faoliyatini o`rganuvchi sinamalarni bajarish (Troyanov-Trendelenburg, Delьbe-Pertes, Pratt-2).
Oyoqlarni elastik bintlash.
Tashqi arterial va venoz qon ketishni to`xtatish.
Ochiq pnevmotoraksda okklyuzion boglam kuyish.
Karbunkulni ochish
Lipomani olib tashlash (ateroma)
Onixokriptozda jarrohlik taktikasi
Yiringli jarohatga ishlov berish
Tishlangan, chaqilgan jarohatlarda birinchi tibbiy yordam
Panaritsiyda birinchi jarrohlik yordami.
Qoqshol profilaktikasi va tibbiy yordam.
Bemorni kuratsiya qilish;
Elefant sinamasi (o`tkazish texnikasi)
Qizilo`ngach zondlash (o`tkazish texnikasi)
Rentgenografiya Trendelenburga xolatida va uni o`tkazish texnikasi.
Fistulografiya kindik oqmalarida va uni o`tkazish texnikasi
Rentgenografiya Vangenstinu usulida va uni o`tkazish texnikasi.
Pellera-Sitkovskogo usulida punktsiya o`tkazish texnikasi
Bronxoskopiya, bronxografiya - o`tkazish texnikalari.
Splenoportografiya, splenomanometriya.
Ezfagogastroduodenoskopiya.
Siydik qopini kateterizatsiya o`tkazish texnikasi.
Miktsion tsistografiya o`tkazish texnikasi.
Kasallik tarixini shakllantirish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |