14
Jarchi konida ularning minerallashganligi 140 dan 80 g/l ni tashkil qilishi
mumkin, va u Beshkent egikligi tomon xarakatlanuvchi kam minerallashgan
suvlarning shimoli- g‘arbga tomon siljiganligiga bog‘liq.Umid, Shim. Urtabuloq,
Markovskaya va Janubiy Zekri maydonlari bo‘r va yura
yotqiziqlarining chuqur
burg‘ulash asosida o‘rganilganligiga asoslanib qatlam bosimi 15-20 atmosferaga
oshishi kutilmoqda.
2700m chuqurlikda qatlam harorati 105 °
С
.
15
II. Asosiy qism
II.1. Konda izlov ishlarining maqsadi va vazifalari
Ma’muriy jihatdan Jarchi koni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor
tumanida joylashgan.
Tektonik jihatdan Buxoro-Xiva neftgazli viloyati Chardjou pog‘onasi
Beshkent botiqligining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan.
Dastlabki seysmorazvedka
natijalariga kura
№
1 parametrik kuduk kazildi.
Tadkikot olib borilganda XV-HP gorizontdan gaz olindi. Jarchi konini ochilish
yili 1980 yil. Keyinchalik
№
2, 4, 6, 7, 8 kuduklar burgilanib,
№
4, 6, 8 kuduklardan
neft,
№
2, 7 kuduklardan gaz olindi. Jarchi konining birinchi loyixaviy xujjati 1991
yil «SredAzNIPIneft» (xozirda «UzLITIneftgaz») tomonidan Jarchi konining sinov
ishlatish loyixasi ishlab chikilgan.
Izlov ishlarining maqsadi yuqori yura kellovey-oksford yaruslarining XV-R
va XV - NR gorizontlari yotqiziqlarida neft va gaz uyumlarini izlash va terrigen
yuraning ustki yuzasini ochish hamda birlamchi geologik-iqtisodiy
baholashdan
iborat.
Konning taxmin qilinayotgan geologik tuzilishini hisobga olib izlov izlov
bosqichining vazifasi uchta chuqur izlov quduqlarini burg‘ilash bilan yechiladi.
“Neft va gazga geologik qidiruv ishlarining etaplari va bosqichlari
to‘g‘risidagi ko‘rsatma (1993 y)” ga muvofiq va loyig‘alangan ishlarning geologik
topshirig‘iga muvofiq quyidagilar ko‘zda tutilgan:
-
maydonning chuqurlikdagi geologik tuzilishini o‘rganish, asosiy
maqsadli
gorizontlarning yotish chuqurligi va morfologiyasini aniqlash;
-
yuqori yura yotqiziqlaridagi barcha rezervuarlarning litologik tarkibi va
to‘yinganlik xarakterini o‘rganish;
-
mahsuldor qatlamlarning sanoat xarakteristikasi va hajmiy xossalarini
aniqlash;
-
yura suv siquvi sistemasidagi qatlam suvlarining
fizikaviy va kimyoviy
xossalarini o‘rganish;
16
-
gazneftga to‘yingan qatlamlar va gorizontlarni ajratish, namunalash va
sinash;
-
aniqlangan uglevodorodlar uyumlarining zaxiralarini
sanoat toifalari
bo‘yicha baholash uchun zarur bo‘lgan parametrlarni aniqlash maqsadida
geologik-geofizik tadqiqotlar o‘tkazish vakeyingi geologik qidiruv ishlarini amalga
oshirishni maqsadga muvofiqligini asoslash;
-
cho‘kindi yotqiziqlarning barcha ochiladigan kesimi bo‘yicha yo‘ldosh
izlanishlarni amalga oshirish;
-
qaytaruvchi gorizontlarni litologik-stratigrafik bog‘lash maqsadida
sesmorazvedka OGT materiallarini interpretatsiya va qayta
interpretatsiya qilish
uchun parametrlarni olish.
Do'stlaringiz bilan baham: