Jarayonlarni avtomatlashtirish



Download 1,95 Mb.
bet5/29
Sana11.01.2022
Hajmi1,95 Mb.
#351279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Jarayonlarni avtomatlashtirish

Linux OTning tarixi:


Linux (linus tomonidan yaratilgan) tizimi unix kabi tizimlar sinfiga tegishli bulib bir qancha ustunliklarga ega. bular soddalik, buyruqlar majmuasining kengligi, tizimni instalizatsiya qilish osonlik bilan hal qilinishidir. jahon universitetlarida linux tizimini dasturlash va amaliyot tizimlarni loyihalash kurslarini o‟qitishda keng qullanib kelinmoqda. tizim 70–nchi yilning o‟rtalarida yaratilgan bo‟lsa-da rasmiy ravishda birinchi bor keng ko‟lamda qo‟llanishi 1991 yilning 5 oktabri deb hisoblanadi. umuman olganda, yangi tizim yaratilgan deyishimiz juda ham to‟g‟ri emasdir, chunki linux va unix tizimlarining o‟zagi, buyruqlar, drayverlar, utilitalar va h.k. tahlil qilib chiqsak deyarli barcha tushunchalarda umumiylikka duch kelamiz. foydalanuvchilari ko‟pligi jihatdan linux dunyoda birinchi o‟ringa chiqib oldi. buning asosiy sabablaridan biri bu tizimdan foydalanuvchilarning shioridir. bu shior tizimning takomillashtirish uchun yaratilgan har bir yangi dasturni boshqa foydalanuvchilarga tarqatishda sizga tizimga taalluqli bo‟lgan biron bir ma‟lumotni tizim foydalanuvchisidan internet tarmogi orqali so‟rasangiz va bu ma‟lumot siz murojaat qilgan

foydalanuvchida bo‟lsa siz albatta bu ma‟lumotga ega bo‟lasiz.

Linux tizimi Unix da mavjud bo‟lgan deyarli barcha imkoniyatlarni o‟z ichiga oladi va boshqa tizimlarda bo‟lmagan imkoniyatlarga ham ega. linux ko‟p masala va ko‟p foydalanuvchilik to‟liq tizimdir. linux tizimi standarti unix tizimi oilasiga kiruvchi tizimlar bilan birga ishlay oladi. unix tizimiga kirgan dasturlarni hech qanday qiyinchiliksiz linux da kompilatsiya kilishingiz ham mumkin. tizim yadrosiga qobiq tizimlar standartlarini nazorat qilish, milliy va standart klaviatura drayverlarini dinamik tarzda ta‟minlash vositasi kiritilgan.

Tizimda virtual konsol bilan ulanishni ta‟minlovchi dasturiy vositalar kiritilgan. tizimdagi buyruqlarni emulatsiya qilish natijasida soprotsessor yordami bilan bajariladigan buyruqlari bulgan dasturlar soprotsessori bo‟lmagan kompyuterlarda ham linux yordamida bajarilish ta‟minlangan. tizimda ma‟lumotni saqlash uchun qo‟llaniladigan turli turdagi fayl tizimlari mavjudligi bilan birga faqat linuxga taalluqli bo‟lgan fayl tizimlari ham mavjud. xozirgi vaqtda keng qo‟llanib kelayotgan cd rom disklariga ishlov beruvchi fayl tizimi ham tizimda mavjud. linux tizimi yadrosi xotiraga faqat kerakli bo‟lgan varaqlarni yuklashni ta‟minlaydi. yuklangan varaqlar bir necha dasturlarda ishlatilishi mumkin. tizimda svoping muhit yaratish masalasi boshqa tizimlarga nisbatan yaxshi hal qilingan. fizik xotira hajmi yetarli bo‟lmasa, tizimda sust holatda bo‟lgan varaqlar foydalanuvchi ishtirokisiz tizim tomonidan yo‟qotiladi. tizimda kesh xotiraga ishlov berish va uning hajmini kengaytirish va kamaytirish imkoniyatlari bor. agar tizimda biron-bir jarayon normal ravishda yakunlanmasa, tizim yadrosi normal ravishda tugallanmagan dastur dampini chiqarib beradi. bu imkoniyat shubhasiz foydalanuvchi ish unumdorligini oshiradi.



    1. Download 1,95 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish