Asosiy qism.
ОТlarning ning paydo bo‟lish tarixi
Windows (inglizcha Windows -darchalar, derazalar degan ma‟noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo‟lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo‟lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo‟ljallangan amaliyot tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o‟rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Hozirgi kunda bunday talablarga to‟la qonli javob bera oladigan operatsion tizimlar juda ham ko‟p. Masalan Windows 95-96-97-98 , Windows 2000, Windows XP, Windows NT, Windows Vista, Linex, Unex kabilarni bularga misol qilib olishimiz mumkin. Foydalanuvchilar hozirgi kunda juda ham ko‟p qo‟llaydigan OS bu Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan Windows XP operatsion sistemasi hisoblanadi. Microsoft firmasi Windowsning ushbu versiyasidan avval undan sal ojizroq jisoblangan Windows Versiyalarini ishlab chiqqan. Bunga Windows 95 operatsion sistemasini misol qilib olishimiz mumkin. MS Windows 95 amaliyot tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo‟lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo‟llanila boshlandi. MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o‟ta murakkab dasturlar majmui bo‟lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, amaliyot tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo‟lsa, Windows 95 o‟zi mustaqil bo‟lib, kompyuterda boshqa bir amaliyot tizimning bo‟lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan.
Amaliyot tizim sifatida MS Windows 95 quyidagi afzalliklarga ega:
o‟zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko‟lami qulay;
u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning
istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
iste‟molchi atigi bitta dasturiy ta‟minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo‟lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.
UNIX OT ning paydo bo‟lish tarixi:
UNIX OT amaliyot tizimi dastavval 1990 yilda Microsoft firmasi tamonidan yaratilgan uchun yozilgan, keyinchalik mashina-assembleri tilidan yuqori darajali SI tiliga ko‟chirilgan va PDP-11 G‟20 mashinasida qo‟llanilgan. Unix amaliyot tizimini yaratilganiga 25 yildan ortiq vaqt o‟tgan bo‟lsa-da, u hozirda super, manfreym, mini, shaxsiy kompyuterlarda keng qo‟llanib kelinmoqda. Uning eng afzallik tomonlaridan biri - ko‟p masalalik, ya‟ni bir vaqtning o‟zida bir necha masalalar ishlashi imkoniyati borligidadir. Bundan tashqari, u universaldir. Bu deganimiz, hozirda u bilan boshqa dastur platformalari ham (Windows, Netware) do‟stona munosabatda.
UNIX OT Uchtagacha OT olishi mumkin (MS-DOS Windows XP, Netware) UNIX ham MS DOS kabi o‟z fayl tizimiga ega va ular bir-biriga juda o‟xshash. UNIXda katalog va fayllar mavjud. Bunda faqat katalogda boshqa katalog joylashsa, ular g‟ belgisi o‟rniga G‟ belgisi bilan yoziladi. UNIX amaliyot tizimi dastavval talabalarni o‟qitish uchun ham qo‟llanib kelingan bo‟lsa, keyinchalik u kommersiya (tijorat) maqsadlarida qo‟llana boshlandi. UNIX amaliyot tizimini yozishda birinchi marotaba yuqori darajali dasturlash tili qo‟llanildi, shu sababli uni turli rusumli hisoblash texnikasiga ko‟chirish va foydalanuvchining aniq talablari ostida ATga sozlash imkoniyati oshdi. Bu tizimning boshqa tizimlardan asosiy farqlari tizim parametrlarining aniqligi, tizim utilitlari ko‟pligi, boshqa tizimlar bilan birgalikda ishlatishining soddaligi
foydalanuvchi uchun qulay muhit yaratadi. Dastlabki shaxsiy komyuterlar uchun yaratilgan MS DOS amaliyot tizimi oilasi (PC DOS, DR DOS va shu kabilar) faqat bir foydalanuvchi va bir dasturli holatda ishlar edi, UNIX amaliyot tizimi esa ko‟p foydalanuvchi va ko‟p dasturli holatlarda ishlay oladi. Quyidagi biz ko‟rib chiqadigan UNIX amaliyot tizimining so‟nggi lahjasiga, avvalgi lahjalardan farqli, tarmoqda ishlash va faylni himoya qilish imkoniyatlari kiritilgan. Hozirgi zamon shaxsiy
kompyuterlarida keng qo‟llanib kelinayotgan MS DOS amaliyot tizimi ayrim parametrlari bo‟yicha UNIX tizimi darajasigacha etib kela olmagan.
Qulayligi- Foyfalanuvchiga grafik ko‟rinishi Himoyalanganligi – ma‟lumotlarning kodlanganligi KOmputer-kursatkichi- Operativ xotira- 2 GB Komputer xotirasidagi hajimi- 80 GB Ikki prosessorli protsessor
Do'stlaringiz bilan baham: |