Termokimyo
Termokimyo — kimyoviy termodinamikaning bir boʻlimi. Kimyoviy reaksiyalar jarayonida issiklik
effektini oʻlchash yoki hisoblash, moddaning agregat holati oʻzgarishi bilan bogʻliq fizikkimyoviy
jarayonlar, suyulish, erish, suyultirish va boshqalarni tadqiq qiladi. T. fizikkimyoviy sistemalarning
issiklik sigʻimini va ularning haroratga bogʻliqligini ham miqdoriy jihatdan oʻrganadi.T.da issiqlik
sigʻimi, yonish issiqligi, entalpiya, entropiya, izobari zotermik potensial kabi kattaliklar qoʻllanadi.
Ulardan kimyotexnologiya jarayonlarining issiklik muvozanatini hisoblashda foydalaniladi. T.ning
amaliy usuli — kalorimetriya. Reaksiyalarning tezligini aniqlashda moddalarning energetik
xususiyatlarini bilish, shuningdek, birikmalarning tuzilishini hisobga olish muhim. Reaksiyalarning
issiklik effekti yoki issiklik sigʻimini oʻlchashda kalorimetriyadan foydalaniladi. Reaksiyada ajralib
chiqayotgan yoki yutilayotgan issiklik miqdori ifodalangan kimyoviy tenglamalar termokimyoviy
tenglamalar deyiladi. T.da gomogen (bir jinsli) va geterogen (har xil jinsli) sistemalar maʼlum
boʻlib, bular bitta yoki bir necha fazalardan tashkil topadi. Gomogen sistemata azot bilan
kislorod gazlari aralashmasi, geterogen sistemata. esa suv bilan muzning aralashmasi yoki havo
(atmosfera)dagi kumir va oltingugurt zarralarining aralashmasi misol boʻla oladi. Soʻnggi sistema
3 fazadan — 2 ta qattiq va 1 ta gaz fazasidan iborat.
T. ga G. I. Gess asos solgan. U 1840 y. termokimyoviy hisoblarga asoslangan prinsipni eʼlon
qiladi, keyinroq mazkur prinsip Gess konuni nomini oladi. Baʼzi reaksiyalarning issiklik effektini
toʻgʻridantoʻgʻri oʻlchash imkoni yoʻqligi yoki qiyinligi tufayli ularni Gess qonuni yordamida
aniklanadi.
T. 20-asrning 2yarmida kvant kimyosi, zanjir va yadro reaksiyalari tasavvurlari bilan boyidi,
reaksiyalar issiklik effekti mutlaq nolga yaqin haroratlardan bir necha ming darajaga boʻlgan
oraliqlarda oʻlchanilishiga erishildi. Biologik jarayonlar radiokimyoviy hodisalar, kosmik va
yulduzlararo masofalardagi reaksiyalardan olingan maʼlumotlar T.ning rivojlanishiga olib keldi. T.
krnuniyatlari texnologik jarayonlarning issiklik muvozanatini hisoblashda qullanib, kimyo
sanoatida maqbul sharoitlarni aniqlashga yordam beradi.
Dikerson R., Grey G., Xeyt Dj., Osnovnie zakonoʻ ximii, t. 1 i 2, M., 1982; Karapetyans M. X.,
Drakin S. I., Obhaya i neorganicheskaya ximiya, M., 2000.
Qydpat Axmerov.
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Termo
kimyo&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Termokimyo&oldid=2390377
"
dan olindi
Adabiyot
Soʻnggi tahrir 24 soatlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).