C)asosiy va qo’shimcha ildizdan
D)qo’shimcha ildiz va poyadan
4-variant BIOLOGIYA
46. Og‘iz aparati so‘ruvchi tipda bo‘lgan, g‘umbak xosil qilmaydigan hasharotni aniqlang.
A) xasva B) iskaptopar C) kapalak D) mita
47. Qaysi oilalarni barcha vakillarida mevasi chatnaydigan(a) va chatnamaydigan(b) bo‘ladi.
A) a - dukkakdoshlar; b - ituzumdoshlar;
B) a - bug‘doydoshlar; b - loladoshlar;
C) a - piyozdoshlar; b - karamdoshlar;
D) a - piyozdoshlar; b - ra'nodoshlar
48. Gullari toʻgʻri, bir jinsli(a), gullari qiyshiq, ikki jinsli(b) gullari, toʻgʻri ikki jinsli(c) boʻlgan oʻsimliklar qaysi javobda toʻgʻri juftlangan.
1) soya; 2) cho’gari; 3) oloy xiyoli; 4) chayir ajiriq; 5) mosh; 6) sorbarya; 7) sachratqi; 8) shuvoq;
A) a - 2; b - 1; c - 7; B) a - 2; b - 5; c - 8;
C) a - 4; b - 3; c - 5; D) a - 2; b - 6; c – 7
49. To‘g‘ri fikirni aniqlang.
A) dengiz karami karamdoshlar oilasiga mansub
B) g‘o‘za gulining urug‘chisida urug‘lanish, changchisida changlanish sodir bo‘ladi
C) qizil suvo‘tlarga mansub bo‘lgan porfiradan agar-agar olinadi
D) netella shoxlangan suvo‘t bo‘lib, yashil suvo‘tlarga mansub
50. Bargi uch bargchali, o‘sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydigan, poyasidan ildiz xosil qiladigan o‘simlikni ko‘rsating. A) beda B) lovya C) sebarga D) qulupnay
51. Qanday chatishtirishda genotipik 9 xil, fenotipik 6 xil sinf hosil boʻladi.
A) har 2 belgisi boʻyicha chala dominant digeterozigotalarni
B) har 2 belgisi boʻyicha toʻliq dominant digeterozigotalarni
C) bir belgisi boʻyicha chala dominant trigeterozigotalarni
D) bir belgisi boʻyicha chala dominant digeterozigotalarni
52. Xina qanday belgilari bilan Xaradan farq qiladi.
1) hujayra qobigʻi sellulozadan iborat 2) vegetativ organlarga ega 3) xlorofillga ega 4) sporalar orqali jinssiz koʻpayadi 5) yuksak oʻsimlik 6) urugʻ orqali jinsiy koʻpayadi.
A) 1, 5 B) 3, 4 C) 3, 6 D) 2, 6
53. Odam hayotining dastlabki 14 yili davomida ogʻiz boʻshligida nechta tish chiqadi.
A) 28 ta B) 32 ta C) 52 ta D) 48 ta
54.Nuqtalar oʻrnini toʻgʻri javoblar bilan toʻldiring.
Baqa organizmida kichik qon aylanish doirasi ...
1) yurak qorinchasidan boshlanadi 2) toʻqimalarda qon CO² bilan toʻyinadi 3) oʻpka arteriyalari orqali oʻtadi 4) oʻpkalarda qon O² bilan toʻyinadi 5) oʻpka venalari orqali qon oʻtadi 6) yurakning oʻng boʻlmasiga qon olib keladi 7) chap boʻlmachaga qon olib keladi
A) 1, 4, 5, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5, 6
55. Mezosomaga ega organizmlar to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
1. rizosfera 2. fillofora 3. tamaki mozaikasi 4. pichan bakteriyasi 5. everniya 6. nostok
A) 1,5 B) 2,3 C) 1,4 D) 3,4
56. Quyidagi o‘simliklarga xos ma’lumotlar to‘g‘ri juftlangan javobni belgilang.
1) to‘pguli murakkab; 2) poyasi yog'ochlashgan; 3) ko‘p yillik o‘simlik; 4) bargi oddiy; 5) guli to‘g‘ri; 6) chatnaydigan mevaga ega; a) beshyaproqli partenosissus; b) karam; c) yantoq
A) a-1; b-4; c-3 B) a-6; b-2; c-3
C) a-4; b-6; c-5 D) a-4; b-2; c-5
57 Agar qaldirg‘och uchib ketayotgan paytda uning ko‘krak muskullari bir minutda 350 marta qisqarsa shu qaldirg‘ochda ikki minut vaqt ichida necha marta o‘mrov muskullari qisqargani (a) o‘pkasida necha marta gaz almashgani (b), havo pufaklariga necha marta havo kirgani (c) necha marta ko‘krak muskullari bo‘shashganini (d) aniqlang?
A) a-350; b-700; c-350; d-350;
B) a-700; b-1400; c-700; d-700;
C) a-700; b-1400; c-1400; d-700;
D) a-350; b-700; c-700; d-350;
58. Arxeopteriks uchun berilgan fikrlarning nechtasi to‘g‘ri?
1) eng qadimgi qush 2) toshga aylangan suyak va patlari topilgan 3) qushlar ajdodi hisoblanadi 4) jag‘lari va tishlari rivojlangan 5) dum umurtqalari soni 20 ta 6) to'sh toji suyagi rivojlangan 7) orqa oyoq barmoqlaridan biri orqaga qolgan ikkitasi oldinga qaragan 8) protavisdan bir necha million yil keyin paydo bo'lgan
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 3 tasi D) 4 tasi
59. Berilgan hayvonlar orasidan gala (a) juft-juft (b) koloniya (c) oila (d) bo'lib yashaydiganlarini mos ravishda juftlang?
1)ildam kaltakesak 2)imperator pingvini 3)temirchak 4)bog' qora chumolisi 5)turkiston termiti 6)chirildoq 7)zog'ora baliq 8)salamandra
A) a-3.6 b-1 c-2 d-4.5 B) a-2.4 b-3 c-1 d-5
C) a-3 b-7 c-2 d-2.8 D) a-6 b-1 c-2 d-7
60.Timsohlarni boshqa sudralib yuruvchilardan a) urchuqsimon kaltakesakni boshqa kaltakesaklardan b) toshbaqani boshqa sudralib yuruvchilardan c) qanday farqi bor?
1) oyog'i bo'lmaydi 2) oyoqlarida suzgich pardasi bo'ladi 3) tishlari bo'lmaydi 4) yuragi 4 kamerali bo'ladi 5) ko'krak qafasi rivojlangan 6) haqiqiy qovog'i bo'lmaydi
A) a-2 b-6 c-3 B) a-4 b-1 c-3
C) a-2.4 b-1.6 c-3.5 D) a-5 b-1.3 c-2.4
61. Barmoq soni 4 ta (a), 8 ta (b), 10 ta (c), 12ta (d), 14 ta (e), 18ta (f), 20 ta (g) bo’lgan organizmlarni juftlab ko’rsating?
1-gatteriya 2-kvaksha 3-kondor 4-kazuar 5-qulon 6-karkidon 7-povituxa 8-sarisor 9-nandu 10-kakadu 11-salamandra 12-maral 13-kapiti.
A) a-5 b-12,13 c-4,9 d-6 e-3,8,10 f-2,7 g-1,11
B)a-5,12 b-13 c-4,9 d-6 e-3,8,10 f-2,7, g-1,11
C) a-5,13 b-12 c-4,9 d-6 e-3,8,10 f-2,7,11 g-1
D) a-5 b-12,13 c-4,9 d-6 e-3,8,10 f-2,7,11 g-1
62. Katta yoshli odam organizmi tomirlarida 5 litr qon bôladi. Agar 1 gr gemoglabin 1,3 ml kislorod tutsa va sport erkakning qonida 975 ml kislorod, ayolning qonida 910 ml kislorod bolsa, 1)erkakning qonida necha % 2)ayol ning qonida necha % gemoglabin bôladi
Do'stlaringiz bilan baham: |