Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari.
AQSH maydoniga ko’ra dunyoda 4- o’rinda turadi (9529 mln km2). U tarkibiga ko’ra 3 qismdan iborat: AQSH ning asosiy qisim, Alyaska, Gavayi orollari. Iqtisodiy geografik o’rni juda qulay. 12 ming km masofada 2 okean orasida joylashganligi, Kanada va Meksika bilan chegaradoshligi va h.k. AQSH ning Karib havzasi (Puerto-Riko, Virgin orollar) va Tinch okeanida (Sharqiy Samoa, Guam) bir qator orollar va vosiylikdagi territoriyalaridan: Marshal, Mikroneziya, Palau kabilar 1990-95 yillari mustaqil davlatlarga aylandi, lekin Mariana orollari hamon vosiy. AQSH ning chekka janubiy subekvatorial, asosiy qismi subtropik, shimoliy qismi mo’tadil iqlim mintaqasida joylashgan. AQSH da barcha foydali qazilmalar uchraydi, ayniqsa toshko’mir, neft, gaz, uran, alyuminiy, mis, oltin va h.k.
Aholisi 266 mln (1998 y), 291,5 mln kishi (2003 y) bo’lib, aholi soniga ko’ra dunyoda 3- o’rinda turadi. Tug’ilish koeffisienti 14 ‰, o’lim 9‰ . 15 yoshgacha bo’lganlar jami aholining 21 % ini, 64 yoshdan o’tganlar 13 % ini tashkil etadi. O’rtacha umr 74-80 yosh. 1 ayolga 2 bola to’g’ri keladi. YAMD 34280 $ (2001y).AQSH aholisini asosan Yevropadan ko’chib kelganlar, Afrikadan qul qilib olib kelingan negrlar tashkil etar edi. Hozirda aholisining 95 % ini AQSH da tug’ilganlar tashkil etadi. Hozirda negr aholi 29,2 mln kishini (12%) ispan tilida so’zlashuvchi amerikaliklar 17 mln, indeyeslar esa 1,4 mln kishini tashkil etadi. Davlat tili ingliz tili.
Ma’lumki, XVI asrda SHimoliy Amerika Ispaniya, Angliya, Fransiya mustamlakasi edi. XVII asrning 1- yarmida negrlar keltirilgan. AQSH – rasmiy jihatidan 1776-yil Angliyaning 13 mustamlakasini birlashishidan tashkil topgan. AQSH da 50 ta shtat va 1ta federal okrug (Kolumbiya) dan tashkil topdi. Aholisining o’rtacha zichligi 1 km2 ga 30 kishi. AQSH uchun shahar aglomerasiyalari xos xususiyat bo’lib, hozirda AQSH da 7 ta millioner shahar va 40 ta millioner aglomerasiyalar mavjud. Ularda AQSH aholisining yarmi yashaydi. AQSH uchun megopolislar xosdir. Davlat tuzumiga ko’ra – AQSH federativ respublika. Ikkinchi jahon urushidan keyin 1990 – yillargacha AQSH dunyoda militarizmning markazlaridan biri bo’lgan va bir qator harbiy-siyosiy bloklarga bosh bo’lgan. Masalan, NATO, SEATO, ANZYUS, SENTO.
AQSH da qonun chiqaruvchi organ – AQSH kongresi, kongres vakillar palatasi va senatdan iborat. Siyosiy partiyalari:
Respublikachilar partiyasi.
Demokratik partiya.
Kommunistik partiya.
AQSH XIX asrning oxiridayoq sanoat mahsulotining hajmi bo’yicha Buyuk Britaniyadan o’zib ketib dunyoda birinchi o’ringa chiqib oldi va hamon birinchi o’rinda. AQSH sanoatning deyarli barcha sohalari bo’yicha dunyoda etakchi, ayniqsa aviaraketa – kosmos, hisoblash texnikasi, harbiy, AES lar quvvati va h.k.
AQSH sanoati yuksak darajasi, ishlab chiqarish va xududiy konsenrasiyasi (to’planganligi) bilan ajralib turadi. Masalan, Michigan (avto), Kaliforniya (kosmos), Texas (kimyo), Arizona (makka) va h.k. AQSH da barcha sanoat tarmoqlari mavjud, lekin AQSH sanoatini avvalo avtomobilsozlik, aviaraketa-kosmos, elektrotexnika va neft sanoati belgilaydi.
AQSH qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning hajmiga ko’ra dunyoda etakchi. Masalan: g’alla yalpi hosilining 1/3 qismi, g’alla eksportining yarmiga yaqini AQSH ga to’g’ri keladi.
AQSH barcha transport turlarining rivojlanganlik darajasiga ko’ra ham jahonda etakchi. Uning xarakterli hususiyatlari – transportning barcha turlarini rivojlanganligi, yuk va yo’lovchi tashish hajmining kattaligi, yuklarning uzoq masofaga tashilishi, avtotranspotning alohida mavqega ega ekanligi. Masalan: 90-yillarda mamlakatda avtomobillar avtoparklarda 200 mln ga etdi. AQSH xo’jaligining xozirgi geografik qiyofasi uchun iqtisodining asosan okean bo’yi va ko’lbo’yida to’planganligi xosdir. Misol: uch megopolis mamlakat jami sanoat mahsulotining 60 % ini beradi. Mamlakat xo’jaligining rivojlanishiga tabiiy resurslar xam katta ta’sir etadi. Misol: rivojlangan davlatlar orasida AQSH ko’mir, neft, tabiiy gaz, uran, temir, marganes, oltingugurt, fosforit va gidroenergiya zapaslari jihatidan 1- o’rinda.
AQSH dehqonchiligida asosiy donli ekinlar 1- navbatda bug’doy ekiladi. Bug’doy jami ekin maydonining 2/3 qismiga ekiladi. Bundan tashqari makkajo’xori, oqjo’xori, soya, qand lavlagi, shakar qamish, sabzavot va mevalar muhim o’rin tutadi. AQSH chorvachiligidagi etakchi yo’nalishlar: sut-go’sht uchun qoramol, cho’chqachilik, parrandachilik (broyler) keng tarqalgan. 1994-yil AQSH da 101 mln qoramol (3-o’rin), 54 mln cho’chqa, 10,4 mln qo’y bor edi. AQSH qishloq xo’jaligida yiliga 300 mln t. dan ortiq boshoqli va dukkakli don (1986-yil 31,7 mln t) etishtiriladi. Shu jumladan 1986 –yil 56,8 mln t. bug’doy (O’zbekistonda yiliga 4,5-5 mln t.) 3,7 mln t. paxta tolasi etishtirilgan. (O’zbekistonda don mustaqilligini ta’minlash uchun 6 mln t.bug’doy kerak).
AQSH da transport tarmoqlarining asosini kenglik va meridional yo’nalishdagi transkontinental magistrallar tashkil etadi. Temir yo’llarining umumiy uzunligi 245 000 km, avtoyo’llar esa 5 mln km.
AQSHda tashiladigan jami yukning 18,2 % i dengiz transportida, 25,4 % i avtomobil transportida, 30,3 % i temir yo’l transportida, 16,5 % i quvur transportida, 9,3 % i ichki suv transportida, 0,3 % i havo transportida tashiladi.
AQSHda tashiladigan jami yo’lovchining 88,2 % i avtomobil transportida, 0,3 % i temir yo’l transportida, 11,3% i havo transportida, 0,2 % i boshqa transport turlarida tashiladi.
AQSH 1990 yil yiliga 365 mln t neft (dunyoda 2-o’rinda) qazib olgan bo’lsa, 400 mln t. chetdan sotib oldi (sotib olish bo’yicha dunyoda 2- o’rinda Yaponiya 160 mln t.). 90-yillari AQSH 500 mln m3 qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) lekin sotib olishda 1- o’rinda. 860 mln t. ko’mir qazib olgan (dunyoda 2-o’rinda) va chetga sotgan. 55 mln t. temir qazib olgan va chetdan sotib olish hisobiga 98 mln t. (2001 y) po’lat eritgan (2-o’rinda).
Asosiy eksporti: “kapital”, mashina va jihozlar, g’alla, ko’mir, sanoat mahsulotlari, to’qimachilik mahsulotlari, oziq-ovqat, qurol-yaroq, qishloq xo’jaligi texnikalari, samolyotlar (Boing), kemalar, sholi, paxta tolasi, tamaki.
Asosiy importi : neft, tabiiy gaz, temir, shakarqamish, tabiiy kauchuk.
Do'stlaringiz bilan baham: |