Dunyo siyosiy xaritasi quyidagi subregionlarga bo’linadi:
1. Ingliz Amerikasi (Kanada, AQSH).
2. Lotin Amerikasi.
3. Shimoliy Yevropa (Islandiya, Shvesiya, Norvegiya, Finlyandiya, Daniya).
4. O’rta Yevropa (Irlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Benilyuks, Shveysariya, Avstriya, Lixtenshteyn).
5. Janubiy Yevropa (Ispaniya, Portugaliya, Andorra, Monako, Italiya, San-Marino, Vatikan, Malta, Gresiya).
6. Sharqiy Yevropa (Estoniya, Latviya, Litva, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya, Bolgariya, Sobiq Yugoslaviya davlatlari, Albaniya, Moldova, Ukraina, Belorus).
7. Rossiya Federatsiyasi
8. MDHning Osiyo davlatlari: Qozog’iston, Turkmaniston, O’zbekiston, Qirg’iziston,Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya.
Tarixiy geografik jihatidan: Yaqin Sharq,O’rta Sharq,Uzoq Sharq.
9. Sharqiy Osiyo: Mongoliya, XXR, KXDR, Koreya Respublikasi, Yaponiya
10. Janubi-Sharqiy Osiyo: Myanma, Tailand, Laos, Vetnam, Kampuchiya, Sharqiy Timor, Bruney, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Fillipin.
11. Janubiy Osiyo: Pokiston, Hindiston, Nepal, Butan, Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv
12. Janubi-G’arbiy Osiyo: Turkiya, Kipr, Isroil, Livan, Iardaniya Falastin hududlari, Suriya, Eron, Iroq, Afg’oniston, Savudiya Arabistoni, Quvayt, Bahrayn, Katar, BAA, Ummon, Yamani.
Tarixiy geografik jihatidanOsiyo quyidagi qismlarga bo’linadi: Yaqin Sharq,O’rta Sharq, Uzoq Sharq.
13. Afrika
14 Avstraliya
15 Okeaniya (Palau, MFSH, Marshal orollari, Nauru, Kribati, Papua - Yangi Gvineya, Solomon orollari, Tuvalu, Vanuatu, Fiji, Tonga, G’arbiy Samoa, Yangi Zelandiya )
Subregionlarning jahondagi ulushi
(foiz hisobida 2006 yil)
№
|
Subregionlarning nomi
|
Xududi
|
Aholisi
|
YAIM
|
Eksporti
|
1
|
Ingliz Amerikasi
|
13,1
|
5,4
|
27,5
|
15,2
|
2
|
Lotin Amerikasi
|
15,4
|
8,5
|
6,1
|
4,4
|
3
|
Shimoliy Yevropa
|
0,8
|
0,4
|
2,3
|
4,5
|
4
|
O’rta Yevropa
|
0,9
|
4,3
|
21,5
|
29,3
|
5
|
Janubiy Yevropa
|
0,7
|
2,0
|
6,5
|
7,1
|
6
|
Sharqiy Yevropa
|
1,5
|
3,5
|
1,9
|
2,7
|
7
|
Rossiya Federatsiyasi
|
11,5
|
2,6
|
1,2
|
1,7
|
8
|
MDH ning Osiyo davlatlari
|
2,8
|
1,2
|
0,2
|
0,5
|
9
|
Sharqiy Osiyo
|
7,9
|
24,7
|
23,4
|
19,8
|
10
|
Janubi-Sharqiy Osiyo
|
3,1
|
8,5
|
2,2
|
6,5
|
11
|
Janubiy Osiyo
|
3,0
|
21,6
|
1,5
|
1,1
|
12
|
Janubi-G’arbiy Osiyo
|
4,6
|
4,6
|
2,6
|
3,7
|
13
|
Afrika
|
20,3
|
12,2
|
1,7
|
2,0
|
14
|
Avstraliya
|
5,2
|
0,3
|
1,2
|
1,1
|
15
|
Okeaniya
|
0,9
|
0,2
|
0,2
|
0,4
|
|
Jami:
|
91,7
|
100
|
100
|
100
|
Mavzu: Dunyoning chuchuk suv resurslari.
Dunyo bo’yicha gidrosferaning umumiy hajmi 1,4mlrd km3 bo’lib, uning 96,5%i dunyo okeaniga, 3,5%i quruqlikdagi suvlarga to’g’ri keladi. SHundan 2,5%ini chuchuk suvlar tashkil etadi. Uning asosiy qismi Antarktida, Arktika,Grenlandiya va tog’ muzliklari shaklida jamlanib qo’yilgan bo’lib, hozircha amalda ulardan to’liq foydalanib bo’lmaydi. Dunyo bo’yicha chuchuk suvning umumiy zapasi 35mln km3 bo’lib, uning 24 mln km3i qoplama va tog’ muzliklariga to’g’ri keladi.98,5%-qoplama, 1,5%-tog’ muzliklari.
Muammo shundaki, insoniyatning chuchuk suvga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaydigan asosiy manba daryolar suvi bo’lib, ularning yillik suv oqimi 47000 km3ga teng.Daryo suvlarining 47,3%i Janubiy Amerikaga, 26,7%i Osiyoga, 12%i Shimoliy Amerikaga, 9,2%i Afrikaga, 3,7%i Evropaga, 1,1%i Avstraliyaga to’g’ri keladi.Bu miqdor unchalik ko’p emas, buning ustiga uning yarmidan foydalanish imkoni bor xolos.Qishloq xo’jaligida ishlatilgan suv, ayniqsa, obikor dehqonchilikda qaytib o’rniga kelmaydi.Bu holat chuchuk suv tanqisligi xavfini vujudga keltiradi.
Yer yuzasida chuchuk suv juda notekis taqsimlangan.Ekvatorial mintaqada va mo’’tadil mintaqaning shimoliy qismida chuchuk suv etarli va hatto ortiqcha.Bu joylarda: Kongo,Zair,Gabon (aholi jon boshiga yiliga120ming km3), Kanada (115ming km3), Norvegiya (100 ming km3), Braziliya (48 ming km3), Kolumbiya, Venesuela, Peru, Boliviya, Yangi Zelandiya (125 ming km3), Rossiya (28 ming km3) kabi davlatlar joylashgan.
Chuchuk suv bilan ta’minlanganlik darajasi o’rtacha bo’lgan mamlakatlarda aholi jon boshiga yiliga 5-25 ming km3 suv to’g’ri keladi.Bunday holatga AQSH, Meksika, Argentina, Mozambik, Mavritaniya, Eron, Myanma, Shvesiya kabi davlatlar kiradi.
Quruqlikning 1/3qismini tashkil etgan qurg’oqchil mintaqalarda suv tanqisligi juda keskin seziladi.Bu erlarda chuchuk suvga eng kambag’al mamlakatlar joylashgan.Ularda kishi boshiga 5000 km3dan ham kam suv to’g’ri keladi, ularda qishloq xo’jaligida faqat sun’iy sug’oribgina dehqonchilik qilinadi.Bunday mamlakatlarga: G’arbiy yarim shardan birorta mamlakat kirmaydi, Jazoir, Liviya, Misr, Sudan, Efiopiya, Chad, Arabiston yarim oroli mamlakatlari, O’rta Osiyo respublikalari (Qirg’iziston va Tojikistondan tashqari), Yaqin Sharq, Kichik Osiyo, Afg’oniston, Pokiston kiradi.
Chuchuk suv bilan ta’minlanganlik darajasida suvning miqdorigina emas, uning sifati ham hisobga olinadi.Dunyo aholisining1/3qismi, ya’ni asosan rivojlanayotgan mamlakatlarning aholisi sifatsiz suvdan foydalanadi.Shuning uchun ularda turli kasalliklar ko’p tarqalgan va o’lim ko’p uchraydi.
Insoniyatning suv muammosini echishning bir necha yo’llari mavjud.Bu yo’llardan asosiysi ishlab chiqarish jarayonlarining suvga bo’lgan talabini kamaytirish va suv isrofgarligini kamaytirishdir.Shuningdek daryolar oqimini tartibga solish uchun suv omborlarini qurish.Jahonda hammasi bo’lib umumiy suv hajmi 6,5ming km3 bo’lgan 40000dan ortiq suv omborlari buyod etilgan.Bulardagi suv bir vaqtning o’zida er yuzidagi barcha daryolar suvidan 3,5marta ko’p.Bu suv omborlarining umumiy maydoni 400000km2 bo’lib, Azov dengizidan 10barobar katta.Eng katta suv omborlar: Bratsk, Buxtarma, Tuyamo’yin, Nosir.
Jahondagi eng yirik ya’ni suv hajmi 100 mlrd m3 dan ortiq bo’lgan suv omborlari:
1. Bratsk (169 mlrd m3 Rossiya Angara daryosi)
2. Nosir yoki Asuan (Misr. Nil daryosi )
3. Viktoriya (Uganda)
4. Kariba (Zambiya, Zimbabve. Zambezi daryosi)
5. Volta (Gana. Volta daryosi)
6. Guri (Venesuela. Orinoko daryosi).
AQSH, Meksika, Kanada, Avstraliya, Misr, Xitoy, Hindiston va MDHga kirgan mamlakatlarda suvni hududlarda qayta taqsimlash ishlari amalga oshirilgan va loyihalashtirilyapti.Fors ko’rfazi, O’rta dengiz bo’yi, Karib dengizi orollarida, AQSHning janubida, Yaponiyada, Turkmanistonda dengiz suvini chuchitish amalga oshirilmoqda.Dunyo bo’yicha Quvaytda suv eng ko’p chuchitilgan.Chuchuk suv jahon bozorida sotilyapti.Masalan: Niderlandiya chuchuk suvni Norvegiyadan, Saudiya Arabistoni Fillipindan, Gongkong Xitoydan, Singapur Malayziyadan keltiradi.Grenlandiya va Antarktidadan Evropaga, Amazonkadan Afrikaga, Janubi-g’arbiy Osiyoga esa aysberglarni keltirish loyihalari bor.
Ma’lumki, daryolar suvidan elektr energiyasi olishda ham foydalaniladi.Jahonda foydalanishi mumkin bo’lgan gidroenergiya zahirasini 10trln kVt.soat deb olsak, shuni teng yarmi 6ta mamlakatga to’g’ri keladi.Ular: Xitoy, Rossiya, AQSH, Zair, Kanada, Braziliya.
Hozirda jahon gidroenergiya zapasining faqat 17%idangina foydalanilmoqda.MDHda esa 23%idan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |