qonuniyat bozor sari borayotgan Osiyo mamlakatlari uchun ham,
Yevropa mamlakatlari uchun
ham taalluqli. Barcha mintaqalarda iqtisodiy o‘sishning sabablari ko‘p jihatdan yangi
kompaniyalarning ochilishiga cheklashlarning bekor qilinganligi, ilgari qoloq hisoblangan -
xizmat ko‘rsatish, eksport ishlab chiqarishi sohalarining (Osiyo mamlakatlarida qishloq xo‘jalik
sohasining ham) gurillab rivojlanganligi bilan ham izohlanadi. Narx-navoning erkin belgilanishi
va erkin savdo, yordam puli (subsidiya) va imtiyozli kreditlarning
qisqartirilishi yetakchi
tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishning tiklanishiga yordam berishi mumkin, chunki bu hol
korxonalarni raqobat va budjetning qatyiy cheklanganligi sharoitiga solib, ularni o‘z ish
uslublarini o‘zgartirishga majburlaydi.
O‘tish davri iqtisodini boshidan kechirayotgan turli mamlakatlardagi bozor o‘zgarishlari,
sur’atlari, ko‘lamlari bir-biridan keskin farq qilib, har qaysi mamlakatdagi dastlabki shart-
sharoitlar, siyosiy vaziyatlar
iqtisodiy siyosat uslubi, islohotlar strategiyasini belgilab beradi.
Polshada erkinlashtirish "rezolyutsion" yo‘l bilan amalga oshirildi: 1990 yilning yanvar oyida
narxlarning 90%i erkinlashtirildi, tashqi savdodagi cheklashlarning ko‘p qismi olib tashlandi,
savdoda davlat monopoliyasi bekor qilindi, joriy operatsiyalar uchun valutaning erkin
ayirboshlanishi ta’minlandi.
1992 yilning yanvar oyida Rossiyada narxlar va import operatsiyalar
sohasida kuchli
(chuqur) erkinlashtirish amalga oshirildi.
Polsha va ma’lum darajada Rossiya tajribasi shuni ko‘rsatdiki, falaj qilib davolash
strategiyasida asosiy urg‘u bozorda muvozanatga erishish vositasi sifatida moliyaviy-iqtisodiy
barqarorlashtirish, davlat budjetini balanslashtirishga qaratildi.
Barqarorlashtirish tadbirlari aholi va korxonalarning ortiqcha pul mikdorlari (mavjud
tovar massasiga nisbatan) ko‘rinishidagi inflatsiya bo‘lishini bartaraf qilishga qaratiladi.
Shuning uchun narxlar ustidan davlat nazoratining bekor qilinishi, shu tufayli narxlar
bilan ish haqining o‘sish sur’atlari o‘rtasida keskin tafovut paydo bo‘lishi (ish haqining amalda
deyarli o‘zgarmay qolishi oqibatida) tez orada narxlarni yanada oshirish imkonini yo‘qqa
chiqarishi lozim, chunki aholining to‘lov imkoniyatlari pasayib ketadi.
Davlat budjeti taqchilligini yo‘qotish yoki hech bo‘lmaganda
keskin kamaytirish, ssuda
foizini inflatsiya darajasidan oshirish (bu hol joriy talabni qo‘shimcha ravishda qisqartirishga
olib keladi) tadbirlari ham inflatsiyaning pasayishiga, bozorning barqarorlashishiga yordam
beradi.
Ko‘rilgan barcha tadbirlar haqiqiy talabni aks etgiradigan ayrim tovarlar bo‘yicha
ratsionalroq narxlar nisbatini ta’minlashga imkon beradi.
Falaj qilib davolash davrida iqtisodiy tizimda yuz bergan muhim institutsional
o‘zgarishlar:
- Narxlarni erkinlashtirish (Polshada 1990 yil yanvaridan 90% tovarlar
uchun narxlar bozor
asosida belgilandi, 5% tovarlar uchun narxlar davlat tomonidan ma’muriy tarzda tartibga solindi,
qolgan 5% tovarlar uchun narxlarni o‘zgartirishga davlat organlarining ruxsati talab qilindi).
- monopoliyaga qarshi qonunlarning qabul qilinishi va bir kdtor tarmoqlarda davlat
korxonalarining
Do'stlaringiz bilan baham: